O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 159.5 Kb.
|
Zairov Mirkomil Web dasturlash kurs ishi Amaliy dasturiy taminot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Tizimli dasturlar va ularning turlari
Amaliy daraja. Amaliy darajadagi dasturiy taminot malum ish ornida aniq topshiriqlar bajaruvchi amaliy dasturlar majmuasidan iborat. Bu topshiriqlarning spektori ishlab chiqarishdan to ijodiygacha va kongilochar topshiriqlargacha juda kengdir. Hisoblash texnikasining tadbiq qilinishi mumkin bolgan sohalarining ulkan funktsional (harakat) diapazoni turli xildagi faoliyat turlari uchun amaliy dasturlarning mavjudligi bilan bolangan.
1. Tizimli dasturlar va ularning turlari Dasturiy taminot deganda, hisoblash texnikasi vositalari bilan malumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi. Dasturiy taminot tomonidan bajariladigan funksiyalarga bogliq holda, uni ikki guruh: tizimli dasturiy taminot va amaliy dasturiy taminotga bolish mumkin. Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun meyordagi ish muhitini taminlaydi. Tizimli DT apparat vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni bazida kompyuterning bir qismi deb ham xisoblashadi. Amaliy DT foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun moljallangan. Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi: Operatsion tizimlar (OT) xabarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar ortasidagi ozaro aloqani taminlaydi. OTning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish - chiqish jarayonini avtomatlashtirish, foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarning bajarilishini boshqaradi. OT kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va unng bajarilishini kozatadi; togri hisoblashga halal beruvchi vaziyatlarni tahlil etadi, qiyinchiliklar paydo bolganda nima qilish zarurligi haqida korsatma beradi. Bajaradigan vazifalaridan kelib chiqib, OTni uch guruhga bolish mumkin: -bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi); -kop vazifali (kop kishi foydalanuvchi); -tarmoqli. Bir vazifali OT bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq vazifani bajarish uchun moljallangan. Bunday operatsion tizimlarning tipik vakili MS DOS dir (uniMicrosoft firmasi ishlab chiqqan). Kop vazifali OT vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHMdan jamoa bolib foydalanishni taminlaydi (EHM xotirasida bir necha dastur vazifalar boladi va protsessor kompyuter resurslarini vazifalar ortasida taqsimlaydi). Bunday sinfdagi OTning tipik vakillari: IBM korporatsiyasining UNIX, OS2, Microsoft Windows 95, Microsoft Windows NT va boshqalardir. Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarni paydo bolishi bilan bogliq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslarga kirishni taminlash uchun mojallangan. Tarmoqli OTlarning tipik vakillari: Novell NetWare, Banyan Vines, IBM LAN, Sun firmasi mahsuloti Solaris dir. OTning sozlovchisi bolgan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi. Utilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bolib har biri oz vazifasni bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajariladi. Bunda ular oz vazifasini bajarishda OT dasturli va boshqa utilitalar bilan raqobatga kirishadi. Shu bois servis vositalar tavsifi oz vazifalari va tashkil etish usullariga kora ancha shartlidir.
Download 159.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling