O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik исхоков
87 XIV-XVI asr boshlarida arxiv ishi Rivojlangan o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda arxiv ishining qay tarzda yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Biroq mavjud qo‘lyozma asarlardagi daliliy materiallar asosida arxiv ishining tashkil qilinishi xususida bazi tasavvurlarga kelish mumkin. Ma’lumki, Temur va temuriylar davri davlatchiligi o‘zbek davlat- chiligi taraqqiyotida alohida o‘rin egallaydi. Davlat boshqaruvi tizimi va ish yuritish jarayoniga katta e’tibor qaratilgan. Bu davrda ilm-fan yuksak darajada rivojlangan. Arxiv hujjatlarining bizning davrimiz- gacha saqlanib qolmaganligi bois u to‘g‘rida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish qiyin. Ammo O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondlarida hujjatlar to‘plami saqlanayotgan bo‘lib, ularni arxiv ishi yuritilishining bir ko‘rinishi deyish mumkin. Masalan;, Amir Temur va temuriy hukmdorlarning qo‘shni davlat hukmdorlari bilan yozishmalari jamlanib to‘plam holiga keltirilgan va u “Maktuboti Temuriya” deb nomlanadi. “Maktuboti Temuriya” hozirgi kunda mazkur institut qo‘lyozmalar fondida 2278 raqam ostida saqlanayotgan maktublar majmuasining nomi- dir. Majmua 191 varaqdan iborat bo‘lib, XVI asrda kitobat qilingan. Eronlik olim Abulhusayn Navoiy mazkur majmuaga Eron, Turki- ya, Ozarbayjon va Fors hukmdorlarining xatlarini ham qo‘shib, 1991- yili “Isnod va maktuboti tarixi Eron (az Temur to shoh Ismoil)” nomi bilan nashr etgan. To‘plamga Temur va temuriylar (Shohrux, Sulton Husayn Boyqaro va boshqalar)ning Fors, Ozarbayjon, Iroq va Turkiya hukmdorlari bilan yozishmalari jamlangan. To‘plamga kiritilgan maktublar Amir Temur va temuriylarning mazkur mamlakatlar bilan bo‘lgan siyosiy munosabatlari tarixini o‘r- ganishga, jumladan, Amir Temurning 1381-1404- yillari Eron, Iroq, Ozarbayjon, Suriya va Turkiya ustiga qilgan harbiy yurishlarining saboqlarini to‘g‘ri anglashga yordam beradi. “Maktuboti Temuriya” xurosonlik mashhur shayx, Amir Temur- ning pirlaridan biri Zayniddin Abubakr Tayobodiy (1395 yili vafot etgan)ning o‘z muridi Amir Temurga yo‘llagan bir tarixiy maktubi bilan boshlanadi. Amir Temur bu maktubni “Temur tuzuklari”ning “Tadbirlar va kengashlar”deb atalgan birinchi maqolasida keltirgan. “Tuzuklar”da keltirilgan mazkur maktub haqida, xususan, mana bular- ni o‘qiymiz: “Pirim Zayniddin Abubakr Tayobodiy menga yozmish- 88 larkim, “Abulmansur Temur saltanat yumushlarida to‘rt ishni qo‘l- lasin, ya’ni 1) kengash; 2) mashvaratu maslahat; 3) hushyorligu mulo- hazakorlik; 4) ehtiyotkorlik. Chunki, kengash va mashvaratsiz salta- natning barcha qilgan ishlari va (podshohning) aytgan gaplari xato bo‘lgan. Unday podshohni johil odamga qiyoslash mumkin. Uning so‘zlari va qilmishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltirgan. Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbir bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo‘lma- gaysan. Yana shuni ham bilginkim, saltanat ishlarining bir qismi esa bilib bilmaslikka, ko‘rib-ko‘rmaslikka solish bilan bitur. (Xullas) tad- birlardan ogoh qilingandan keyin shuni ham aytish joizdirkim, qat’iy- lik, sabr-toqat, chidamlilik, hushyorlik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilgay. Vassalom”. Amir Temur pirining bu o‘gitlariga umr bo‘yi, butun faoliyati davomida amal qildi. “Bu mak- tub, - deb yozadi hazrat sohibqiron, - menga yo‘l boshlovchi yang‘lig‘ rahnomalik qildi. U menga saltanat ishlarining to‘qqiz ulushini mashvarat, tadbir va kengash bilan, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirilishni anglatadi”. “Maktuboti Temuriya”da Amir Temurning Eron, Ozarbayjon va Turkiya davlatlariga nisbatan 1381-1404- yillarda olib borgan siyosa- tini va yuqorida nomlari zikr etilgan mamlakat hukmdorlarining Amir Temurga qarshi harbiy ittifoq tuzish xususida olib borgan siyosatini tushunishda yordam beradi. Quyida to‘plamga kiritilgan maktublardan bir nechtasini misol keltiramiz: Iroq hukmdori Sulton Ahmad Jaloir (1382-1410)ning Fors hukm- dori Muzaffariy Shoh Shujo‘ (1359-1384)ga yozgan maktubi; Ozarbayjon hukmdori Qora Yusuf (1389-1420)ning Yildirim Boyazid I (1389-1402)ga yo‘llagan maktubi; Yildirim Boyazid I ning Qora Yusufga javob maktubi; Amir Temur ko‘ragonning Gilon hokimi Mir Said Aliga maktubi; Sultoni A’zam Amir Temur ko‘ragonning Sayyid Ali Qiyo bu- zurgga (Gilon) yuborgan xati. Amir Temur ko‘ragonning Bog‘dod podshosi Sulton Ahmad Jaloirga yo‘llagan maktubi; Bag‘dod podshosi Sulton Ahmad Jaloirning hazrat Amir Temurga javob maktubi; 89 Qora Yusuf Qoraqo‘yunluning Yildirim Boyazid I ga yo‘llagan nomasi; Amir Temurning Yildirim Boyazid I ga yo‘llagan birinchi maktubi; Sulton Boyazid I ning Amir Temurga do‘stona javob xati; Amir Temurning Rum qaysariga yozgan ikkinchi maktubi; Rum podshosi Yildirim Boyazid I ning Amir Temurga yozgan javob xati Amir Temurning Rum qaysari Yildirim Boyazid I ga yo‘llagan uchinchi maktubi; Yildirim Boyazid I ning Amir Temurga javob maktubi; Amir Temurning Sulton Boyazidga yo‘llagan to‘rtinchi maktubi; Sulton Yildirim Boyazid I ning hazrat Amir Temurga yo‘llagan javob maktubi; Amir Temurning Yildirim Boyazid I ga sulh taklif qilib Marog‘adan jo‘natgan maktubi; Sulton Boyazidning Amir Temurga yuborgan javob xati; “Maktuboti Allomiy” – “Maktuboti Abulfazl”, “Inshoyi Abul- fazl” (“Abulfazl (Allomiy) tarafidan bitilgan va (ko‘chirilgan) mak- tublar”) deb ham ataladi. Maktublarning asosiy qismi Boburiylar sal- tanati (1526-1858)ning atoqli podshohlaridan Jaloliddin Akbar (1556- 1605) nomidan, bir qismi vazir va yirik tarixchi olim Abulfazl ibn Muborak Allomiyning shaxsiy mazmundagi maktublaridan iborat. To‘plam uch qismga bo‘lingan. Undan bizga uchdan ikki qismi, ya’ni ikkita daftar yetib kelgan, xolos. U Allomiyning qarindoshi Abdusa- mad ibn Afzal Muhammad tomonidan tuzilgan. “Maktuboti Allomiy”da 1586-1596-yillarda Buxoro va Balx xonliklari bilan Boburiylar davlati (Hindiston) o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar haqida o‘ta qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. Ma’- lumki, o‘sha yillari Hindistonning nafaqat Buxoro va Balx xonliklari, balki Eron bilan ham munosabatlari jiddiy tus olgan edi. Agar Bobu- riylar bilan Shayboniylar davlatlari o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar Badaxshon tufayli, to‘g‘risi Badaxshonni o‘z hukmronligiga kiritib olish xususida bir qadar buzilgan bo‘lsa, Safaviylar Eroni bilan Hin- diston o‘rtasidagi munosabatlar katta siyosiy-strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Qandahor xususida birmuncha buzilib qolgan edi. To‘plamdagi maktublarda mana shu chigal masalalarning mohiya- tini tushuntirib bera oladigan daliliy ma’lumotlar ko‘p. Bu jihatdan Akbarning Abdullaxonga yo‘llagan uchta maktubi va Abdullaxonning mavlono Mir Quraysh, Ahmad otaliq boshchiligida Hindistonga yubor- 90 gan elchiligi va Buxoro elchisi olib borgan maktub va Akbarning Balx bilan Buxoroga xo‘ja Afzal, Hakim Humom va Mir Sadrijahon boshchi- ligida yo‘llagan elchiliklari xususida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Maktublarning birida kelgusida tutiladigan siyosat xususida ikki davlat – Boburiylar davlati va Buxoro xonligi hukumdorlarining max- sus uchrashuvini uyushtirish masalasi ko‘tariladi. “Maktuboti Allomiy” majmuasining yaxshi bir qo‘lyozma nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik insti- tutining qo‘lyozmalar fondida № 290 raqam bilan saqlanmoqda. Maj- mua 154 varaqdan iborat. Yana shunday to‘plamlardan biri “Muraqqayi Mir Alisher” yoki “Majmua’yi murosilot (“Maktublar to‘plami”)” bo‘lib, u o‘z davrining nufuzli ruhoniylari – Abdurahmon Jomiy (1414-1492), xo‘ja Ubaydul- la Axror (1404-1492), xo’ja Axrorning o‘g‘li xo’ja Muhammad Yaxyo (1500 yili o‘ldirilgan), xo‘ja Axrorning safdoshi va kuyovi Mir Abdulavval Nishopuriy (1495-yili vafot etgan) va boshqalarning Sulton Abu Said Mirzo (1451-1469), Sulton Husayn Mirzo va Alisher Navoiyga yo‘llagan maktublarini o‘z ichiga oladi. Mazkur to‘plam Alisher Navoiy tomonidan tuzilgani uchun “Mu- raqqayi Mir Alisher” yoki “Navoiy albomi” nomi bilan ham ataladi. To‘plam XIX asrning yirik ziyolilaridan biri Buxoro qozi kaloni Sharifjon Mahdum sadri Ziyo kutubxonasida saqlangan va undan Alisher Navoiy nomidagi Xalq kutubxonasining Sharq qo‘lyozmalari bo‘limiga va undan keyin 1943-yili O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondiga o‘tkazil- gan. U 2178 tartib raqami bilan saqlanmoqda. To‘plamga Abdurahmon Jomiyning 334 ta xatlari kiritilgan bo‘lib, ular shaxsiy mazmunda bitilgan xatlar hisoblanadi. Ularning ko‘pchiligi har xil iltimosnomalardan iborat. Ularda soliq va jarimalarning og‘irligi va soliq yig‘uvchilarning zulmu bedodligi, Temuriyzodalarning o‘zaro nizosi tufayli mamlakat va xalq ahvolining og‘irlashgani, shuningdek madrasa talabalariga yordam berish to‘g‘risidagi Alisher Navoiy, Sulton Husaynga iltimosnomalardan iborat. Xo‘ja Axrorning maktublariga kelsak, ular 128 ta bo‘lib, mazmunan Abdurahmon Jomiy xatlariga o‘xshashdir. Ularda Movarounnahr va Xurosonning XV asrning II yarmidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, Samar- qand hokimi Sulton Abu Said Mirzo va Xuroson podshosi Sulton Husayn Mirzo (1469-1506) o‘rtasidagi og‘ir munosabatlar, soliq va 91 jarimalar, xususan tamg‘a solig‘ining og‘irligi va uni imkoni bo‘lsa, bekor qilish masalalari ko‘tariladi. Tinimsiz harbiy yurishlar va o‘zaro urushlarning pirovardida fojeaga olib kelishini Temuriylarga uqtirishga harakat qilinadi. Masalan;, Xo‘ja Axror Sulton Abu Said yo‘llagan bir maktubida uni Ozarbayjon ustiga, uning hukmdori Qora Yusuf ustiga qilmoqchi bo‘lgan yurishiga qarshi chiqadi. Maktubda, “Hargiz az Marv maguzarid” (“Hargiz Marvdan nariga o‘tmasinlar”) deb ochiq ogohlan- tirgani yozilgan. Ma’lumki, o‘sha yurish natijasi Sulton Abu Said uchun fojea bilan tugadi. 1469 yilgi jangda u halok bo‘ldi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Temur va temuriylar davrida dav- lat mahkama ishini yuritishi yuqori darajada tashkil qilingan. Afsuski, bu davr arxivi bizning kunimizgacha yetib kelmagan 56 . Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling