Portfolio


Download 114.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi114.52 Kb.
#1017938
  1   2   3   4   5
Bog'liq
jahon bbb



DUDUQLANISH — SABABLARI, 
ALOMATLARI, TASHXISLASH, 
DAVOLASH, OLDINI OLISH, ASORATLARI
Duduqlanish (tutilib gapirish) — ko’pincha 
nutqning boshida (kam holalrda, o’rtasida) 
paydo bo’ladigan artikulyatsion va hiqildoq 
mushaklarining spazmatik (toritishishli) 
harakatlaridir, natijada bemor bir tovushda 
(yoki tovushlar guruhida) tutilib qolishga 
majbur bo’ladi. Duduqlanishning ushbu 
alomatlari klonik va tonik spazmlar bilan juda 
o’xshash. Klonik duduqlanishda so’z, bo’g’in 
va ohanglarni takroriy shakllanishi kuzatiladi. 
Tonik duduqlanish tovush chiqarish to’xtashi 
bemor boshqa tovushni artikulyatsiya 
qilishga o’tishiga imkon bermaydi.


2
TASNIFI
Duduqlanishning nevrotik va nevrozga 
o’xshash shakli mavjud. Nevrotik 
duduqlanish sog’lom bolalarda 
stress
va 
nevroz
natijasida paydo bo’ladi. 
Nevrozga o’xshash duduqlanish 
asab tizimi kasalliklariga
chalingan 
bolalarga xosdir (ham tug’ma, ham 
orttirilgan, masalan bolalar serebral 
falajligi).
Boshqa manbalarda duduqlanishning 
yuqorida 
aytilgan tonik va klonik shakllari 
ajratiladi.
Sinonimlari: logonevroz, lalonevroz, 
logokloniya, battarizm, balbutsio.


3
ETIOLOGIYA VA PATOGENEZI
Duduqlanishning ikki sababi bor: turki bo’luvchi va provokatsiyalovchi. Duduqlanish 
rivojlanishiga turtki bo’luvchi sabablar orasida quyidagilarni ajratish kerak:
1.Irsiy moyillik;
2.Ensefalopatik oqibatlarga olib keladigan kasalliklar;
3.Bachadon ichida, tug’ilish davomidagi jarohatlar;
4.Asab tizimining ortiqcha ishlashi va charchashi (yuqumli kasalliklar natijasida).
Duduqlanish paydo bo’lishiga yordam beradigan shart-sharoitlar:
1.Motorika rivojlanishi va ritm hissining buzilishi;
2.Emotsional rivojlanishning yetishmasligi;
3.Atrofdagilar bilan munosabatlarning anormalligi sababli reaktivlikning oshishi;
4.Yashirin ruhiy kasalliklar.


4
Yuqorida keltirilgan shartlarning aqalli bittasi mavjudligi asab buzilishi uchun yetarli bo’ladi va 
natijada duduqlanish rivojlanadi. Duduqlanish kelib chiqishini provokatsiyalovchi sabablar: bir 
vaqtli ruhiy travma (qo’rquv); oilada ikki yoki undan ortiq tilda so’zlashish; taxilaliya (tez gapirish).
Duduqlanishning patogenezi subkortikal dizartriya mexanizmiga o’xshaydi. Uning tarkibi — nafas 
olish jarayoni, artikulyatsiya va ovoz chiqarishni boshqarish koordinatsiyasining buzilishi. Shu 
bois, duduqlanish ko’pincha dizritmitik dizartriya deb ham ataladi. Miya po’stlog’i va subkortikal 
tuzilmalarning induktsion o’zaro ta’sirining buzilishi po’stloq regulyatsiyasi buzilishiga olib keladi. 
Shu sabab, harakat uchun»oldindan tayyorgarlik»ga mas’ul bo’lgan striopallidal tizimning 
faoliyatida o’zgarishlar sodir bo’ladi.
Harakatda ikki guruh mushaklari ishtirok etadi — biri qisqaradi, boshqalari — yoziladi. Mushak 
tonusining to’g’ri va izchil qayta taqsimlanishi orqali tez, aniq va qat’iy farqlanuvchi harakatlarni 
amalga oshirish mumkin. Mushaklar tonusini oqilona qayta taqsimlanishini boshqarish 
striopallidar tizimga to’g’ri keladi. Emotsional giperqo’zg’alish yoki miyaning anatomo-patologik 
shikastlanishlari natijasida striopallidar regulyatorini bloklanishi klonik takrorlash (tutilish) yoki 
tonik spazmga olib keladi.


5

Download 114.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling