O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

 
U (XUDO), YaGONADIR! 
Hukmi oliy sodir bo‘ldiki, Tobon degan yerdagi lahyak yer Mu-
hammad Zamon xo‘janing mulki va o‘g‘li Changakning meros mulki 
bo‘lganligi, shu kunlarda Chakchak vafot etganligini e’tiborga olib, 
yuqorida zikr etilgan yerni yuqorida ismi sharifi tilga olingan shaxsga 
(Muhammad Zamon xo‘jaga – B.A.) in’om qildik. 
Devon xizmatchilari ushbu yerni daftarga, Muhammad Zamon 
xo’ja nomiga yozib qo‘ysinlar va mazkur inoyatnomaga hurmatsizlik 
qilmasinlar. 
Imomquli Bahodirxon 
Hijriy 1036 yil
74
 
(HUKMNOMA) 
Hu, Olloh al-musta’in! 
Abulmuzaffar va-l-Mansur Ubaydulla Baxodirxon so‘zimiz! 
Buxoroning Poyariq (tumani) hokimlari, omillari
75
, kadxudolari
76

ellikboshilari, o‘nboshilari shuningdek Shohmuhammad qishlog‘ining 
kadxudolariga ma’lum bo‘lsinki, Rabotag qishlog‘idagi 46 tanob yer 
mulla Mir Shofe’ga taalluqli ekanligi haqida berilgan sha’riy chekka 
asosan uch qismga bo‘lingan edi. Shu kunlarda u vafot etgan. (Shu-
ning uchun) mazkur yerlar meros sifatida uning o‘g‘li O‘zbekxo‘jaga 
                                                 
70
 Mulki xurri xolis – soliq va boshqa to‘lovlardan ozod etilgan yer-suv. 
71
 Amlok – mulkning ko‘pligi, nufuzli va boy-badavlat shaxs qo‘lida to‘plangan 
katta yer-suv. Bir qismi alohida xizmatlari uchun hukumat tarafidan in’om 
qilingan bo‘lishi ham mumkin.
 
72
 Ixrojot – saroyning kundalik xarajatlari uchun raiyatdan to‘planadigan maxsus 
yig‘im. 
73
 Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари.    
74
 Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари. –Б.87-88. 
75
 Omil – qishloq oqsoqoli. 
76
 Kadxudo – oila boshlig‘i. 


 
102
taalluqli deb topilgan va uning tarafidan tasarruf qilinmoqda va ham-
ma soliqlardan ozod etilgan. Shuning uchun biron vajh bilan dirham
yoki dinor to‘lamagan. 
Shu sababdan buyuramiz. Ushbu yerlarni qadimdan mulki xurri 
xolis hisoblab, undan tanobana, avarizot va boshqa oliq-soliq talab 
qilinmasin. Aytilganlardan tashqariga chiqilmasinlar va undan yangi 
hujjat talab qilmasinlar
77
.  
U, OLLOH! 
(Hijriy) 1131- yil safar oyining (1718- yil dekabr oyining...) oliy-
janob va shuhrat topgan Yormuhammad qorovulbegi marhum Tilov-
biy o‘g‘li mana bu e’tiborli (hujjat)ni taqdim etdi: 
“Unda bunday deyilgan: Kesh viloyatiga qarashli Ulug‘ o‘g‘il 
degan joydagi davlatga qarashli yobisalarni
78
 o‘z ichiga olgan yerlarni, 
bu yerlar g‘arb tomondan qisman qora batqoq bilan va qisman Tug‘i 
degan yer bilan, shimol tarafdan Qashqadaryo bilan, sharq tarafdan 
qisman Xosiyor va qisman Balxiyon bilan, janub tarafdan Xo’jakent 
bilan tutash, (oralaridagi) masofa har tarafdan aniqlangan yobisa yer-
larni yobisa sifatida oliyjanob, g‘oziylik rutbasi bilan sharaflagan va 
Olloh tarafidan mag‘firatlangan G‘ozi Chuxra oqosi
79
 Sher  chuxro 
oqosi o‘g‘liga, u yerdagi barcha chorpolar
80
 va uch g‘aram qilingan 
bichan bilan, uning mulki deb hisoblanadi. 
Bundan buyon ushbu yobisaga bizning dahlimiz yo‘qdir. O‘sha kuni va o‘shal 
soatda buni yuqorida tilga olingan G‘ozi chuxra oqosi ham ishonchli guvohlar 
huzurida tasdiqladi. 
Ushbu kelishuvda ishtirok etgan guvohlar: 
Oliyjanob oxund mulla Muhammad o‘g‘li; 
Qodirberdi udaychi
81

Tursunxo‘ja sadr
82

Mirza Abdulla chuhra boshi
Niyoz arbob va b.q. Hammasi 16 kishi”
83

                                                 
77
 Аҳмедов Б. O‘sha asar. –Б. 88.
 
78
 Yobisa – qo‘riq yer. 
79
 Chuhra oqosi – xon qo‘riqchilari boshlig‘i. 
80
 Chorpo – to‘rt oyoqli jonvorlar 
81
 Udaychi – urush paytida navkar va qo‘shinning to‘g‘ri taqsimlanishi bilan 
shug‘ullangan 
82
 Sadr – Buxoroi sharifning ichkari qismida joylashgan vaqflarning hisob-kitobi 
bilavn shug‘ullanuvchi mansabdor. 


 
103

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling