Turli fondlardan yig‘ib olingan hujjatlar. O‘zbekiston Respub-
likasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi-
da, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy tarix arxivida, Buxoro o‘lkashu-
noslik muzeyi va Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro kutubxonasida
saqlanayotgan hujjatlar: farmonlar, hukmnomalar, inoyatnomalar, vasi-
qalar, oldi-sotdi haqidagi hujjatlar va ajrimlardan iborat hujjatlarni yuqo-
rida nomi tilga olingan O.D.Chexovich tarafidan 51 nafarini tanlab
olingan va rus tiliga tarjima qilib, matni bilan qo‘shib, 1954-yili “Доку-
менты к истории аграрных отношений в Бухарском ханстве XVII-
XIX вв.” nomi bilan alohida kitob qilib chop etilgan.
Kitobda keltirilgan hujjatlar ashtarxoniy hukmdorlardan Imomquli-
xon (1611-1642) bilan Ubaydullaxon II (1702-1711), mang‘it amirlari-
dan Haydar, Amir Muzaffar va Nasrullaxonlarning farmonlari (hukm-
nomalari) XVII asrda o‘tgan yirik yer va mulk egalari bo‘lmish Yalang-
to‘shibiy, Olloyor devonbegi, Odina Muhmmadjonlarga tegishlidir.
Hujjatlar yer-suvni soliqlar va jarimalardan ozod qilish, yerni so-
tish, garovga qo‘yish (vasiqai joiz), yerni sotib olish va uni imtiyozli
mulkka aylantirish (vasiqai mubodila), yerni in’om qilish (vasiqai
baxshish), tanhoh, mulkni ijaraga berish (vasiqai ijara), ma’lumot yet-
kazish (ariza) va boshqa masalalar haqidadir. Ularning alohida xiroj
olinadigan va davlat yerlarini mulki hurri-xolisga aylantirish ya’ni
soliqlardan xolis etish hollari ham uchraydi.
XVII-XIX asrlarda “Buxoro xonligidagi agrar munosabatlar tari-
xiga doir hujjatlar” deb atalgan ushbu to‘plam o‘sha davrdagi ijtimo-
iy-iqtisodiy tarixini o‘rganishda muhim manba vazifasini o‘taydi.
Quyida mazkur to‘plamdan misollar keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |