1.5. Boshqa ishlab chiqarish sarflari – bularga oldin qayd etilgan
moddalarga kirmagan sarflar kiradi – soliqlar, to‗lovlar, maxsus fondlarga
to‗lanadigan ajratmalar, kreditlar bo‗yicha to‗lovlar (belgilangan stavkalar,
chegarasida), komandirovkalar bo‗yicha xarajatlar, aloqa xizmati va boshqa ishlab
chiqarish jarayonini ta‘minlash bo‗yicha sarflar kiradi.
Mahsulot tannarxiga qo‗shilish usuliga qarab ishlab chiqarish xarajatlari 2
guruxga bo‗linadi:
1.
Bevosita (to‟g„ri) xarajatlar.
2.
Bilvosita (yondosh) xarajatlar.
Bevosita (to‗g‗ri) xarajatlar deb tegishli kalkulyasiya ob‘ektining
tannarxiga to‗ppa-to‗gri, ya‘ni bevosita o‗tkaziladigan xarajatlarga aytiladi.
Masalan, texnologik maqsadda sarflangan xom ashyo va asosiy materiallar, ishlab
chiqarishda band bo‗lgan ishchilarning asosiy ish haqi va hokazo.
Yondosh xarajatlar bir necha xil mahsulogni tayyorlash bilan bog‗liq
(energiya, suv, bug‗ va hokazolar sarfi), shuning uchun ular mazkur mahsulot
turlari o‗rtasida taqsimotning aniq bazalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotning miqdoriga bog‗liqligiga qarab
xarajatlar ikki guruhga bo‗linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |