O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana08.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#252132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Soyibov Abdumalik Kurs ishi

Xulosa

 :

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

Kirish: 

Byudjet  tizimida  amalga  oshirilayotgan  isloxotlar  byudjet  tashkiloti  hisob 

tizimini takomillashtirishga o’z ta’sirini ko’rsatdi. 

Muhtaram  Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyev  2018  yilning  asosiy  yakunlari  va 

2019 

yilda 


O’zbekistonni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  ustuvor 

yo’nalishlariga  bag’ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  ma’ruzasida: 

“Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy 

o‘sishning  yuqori  sur’atlarini  saqlab  qolish,  jumladan,  Davlat  byudjeti  barcha 

darajada  mutanosib,  milliy  valyuta  va  ichki  bozordagi  narx  darajasi  barqaror 

bo‘lishini  ta’minlash  –  eng  muhim  ustuvor  vazifamizdir.”

1

-deb  takidlaganlari 



barchamizga birdek masuliyat yuklaydi. 

Prezident  9.12.2019  yildagi  “2020  yil  uchun  Oʻzbekiston  Respublikasining 

Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-589-son Qonunni imzoladi.  

“Bu  kabi  hujjat  Oʻzbekistonda  birincha  marta  qabul  qilinmoqda.  U  barcha 

darajadagi davlat boshqaruvi sektorlarining byudjet javobgarligini oshirish, byudjet 

ijro  intizomini  mustahkamlash,  byurokratiyani  qisqartirish  imkonini  beradi, 

shuningdek mahalliy hokimiyatlarga koʻproq erkinlik beradi. 

Byudjet tizimi barqarorligini kafolatlaydigan harakatlar rejasi belgilandi. Agar 

byudjet tizimi byudjetlarining 6 oylik yakunlari boʻyicha daromad prognozlarining 

bajarilmagan  va  joriy  moliya  yilining  oхirigacha  ularning  kelib  tushishiga  doir 

yetarli asoslar mavjud boʻlmagan hollardada, хarajatlar qisqartiriladi. 

Davlat  (Hukumat)  nomidan  yoki  kafolati  ostida  olinadigan  tashqi  qarzning 

cheklangan hajmlari 2020 yil davomida $4mlrd ni tashkil etib, ulardan $1,5 mlrd – 

oʻzlashtirish (хarajatlar). 

Davlat  byudjeti  ijrosi,  ajratilayotgan  byudjet  mablagʻlaridan  foydalanish  va 

erishilgan natijalar toʻgʻrisida hisobot berish meхanizmi joriy etilmoqda.  

Bundan  tashqari,  Byudjet  kodeksi,  “Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

Qonunchilik palatasining reglamenti toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy 

 

1

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil yakunlari va 2019-yilga mo‘ljallangan  



iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasi. http://uz.fundamental-  

economic.uz 




 

Majlisi  Senatining  reglamenti  toʻgʻrisida”,  “Parlament  nazorati  toʻgʻrisida”gi 

Qonunlarga tuzatishlar toʻplami qabul qilindi, ular yuqorida bayon etilgan barcha 

yangiliklarni aks ettiradi va qonun hujjatlarini Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunga 

muvofiqlashtiradi.”

2

 



Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil va keying yillarda iqtisodiyot sohasida 

amalga oshirilishi zarur bo’lgan dasturiy va maqsadli vazifalar to’g’risidagi nutqida 

shunday  deb  takidlagan  edi:  “Byudjet  mablag’larining  maqsadli  va  oqilona 

sarflanishi ustidan, nazoratni yanada kuchaytirish zarur. 

Joriy yilda davlat tashqi qarzining yuqori chegarasini belgiladik. Bundan buyon 

xalqaro  moliya  tashkilotlaridan  olinadigan  mablag’larni  qaytarish  imkoniyati  va 

ularning natijadorligiga jiddiy e’tibor qaratiladi.”

3

 



O’zbekiston 

Respublikasi 

Prezidenti 

Sh.Mirziyoyev 

tomonidan 

“Makroiqtisodiy  barqarorlikni  yanada  mustahkamlash  va  iqtisodiy  o’sishning 

yuqori  sur’atlarini  saqlab  qolish,  jumladan,  Davlat  byudjeti  barcha  darajada 

mutanosib,  milliy  valyuta  va  ichki  bozordagi  narx  darajasi  barqaror  bo’lishini 

ta’minlash  –  eng  muhim  ustuvor  vazifamizdir”

4

,  shuningdek,  “Davlat  byudjeti 



o’lchovsiz emas, mablag’larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona 

ishlatishni  ta’minlash  zarur.  Bu  –  hammaga  ravshan  va  rad  etib  bo’lmaydigan 

xaqiqat”

5

  deb  ta’kidlanishi,  davlat  byudjeti  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari 



byudjetining samarali ijrosini ta’minlashning g’oyat dolzarbligini belgilab beradi.  

O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  ustuvor  vazifalarini  bajarish, 

iqtisodiyotni  barqaror  rivojlantirish,  xalqimizning  hayot  darajasi  va  farovonligini 

yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirish sharoitida 

davlat  byudjetining  amal  qilish  mexanizmlarini  puxta  o‘rganish  har  qachongidan 

ham dolzarbdir. 

 

2

  Prezident  9.12.2019  yildagi  “2020  yil  uchun  Oʻzbekiston  Respublikasining  Davlat  byudjeti  toʻgʻrisida”gi 



OʻRQ-589-son Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 10.12.2019 yildan kuchga kirdi. 

 

3



 www.gazeta.uz  

4

 Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar  



faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. 8-b. 

5

 Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar  



faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. 31-b.  


 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling