O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana08.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#252132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Soyibov Abdumalik Kurs ishi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

Xulosa: 

Byudjet  tashkilotlarida  tovar  moddiy  zaxiralar  hisobini  o’rganib,  bu  borada 

bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning mazmun mohiyatini ochib berishga 

harakat  qildik,  xulosa  qilib  aytadigan  bo‘lsak,  aniqlangan  tovar-moddiy  zaxiralar 

kamomad  o‘rniga  moddiy  javobgar  shaxsning  tashkilot  ixtiyoriga  bergan  tovar- 

moddiy zaxiralarining qiymati kamomad chiqqan tovar-moddiy zaxiralar qiymatiga 

teng  yoki  kam  bo‘lsa,  ushbu  tovar-moddiy  zaxiralar  belgilangan  tartibda  bozor 

qiymatida kirim qilinishi maqsadga muvofiqdir.  

Mavzuni  yoritish  jarayonida  shunday  xulosaga  keldikki,  Tovar  moddiy 

zaxiralari  nazoratining  maqsadi  –  tashkilotlarda  bunday  zaxiralar  xajmini  asosli 

tashkil qilinganligi, ya’ni umumiy mablag’lar tarkibidagi ularning ulushi miqdorini 

to’g’riligini  aniqlash,  bunday  mablag’larning  saqlanishi,  sarflanishi  va  harakatini 

buxgalteriya hisobida to’g’ri va aniq aks ettirilishini tekshirishdan iborat.  

Yuqoridagi maqsadni sifatli amalga oshirish uchun bunday nazorat ma’lum bir 

ketma-ketlikda tashkil qilinishi zarur degan xulosaga keldik, ya’ni:  

-  tovar  moddiy  zaxiralariining  funktsional  vazifasiga  qarab  ularni  to’g’ri 

sinflashtirilishi va iqtisodiy guruhlashtirilishini aniqlash;  

- iqtisodiy asoslangan va rotsional holda baholanishi;  

-  xom-ashyo  va  materiallarni  saqlanishi  va  sarflanishida  progressiv  texnik- 

iqtisodiy me’yorlar tizimining qo’llanishi;  

- tovar moddiy zaxiralarii nomenklaturlarini belgilashda aniq kodlar tizimining 

qo’llanilishi;  

- aniq va asosli moddiy javobgarlik tizimining qo’llanilishi. 

Bu  maqsadlarga  erishish  uchun  quyidagi  ustuvor  vazifalarni  amalga  oshirish 

talab etiladi.  

Birinchidan,  biz  makroiqtisodiy  barqarorlikni  va  yuqori  iqtisodiy  oʻsish 

surʼatlarini  taʼminlashimiz  shart.  Byudjet  mablagʻlaridan  samarali  foydalanish 

tizimini yanada takomillashtirish zarur.  




 

Byudjet  hisobidan  mablagʻ  ajratiladigan  har  qanday  dastur  yoki  loyihaning 

sifat  va  miqdor  koʻrsatkichlaridan  iborat,  natijaga  yoʻnaltirilgan  indikatorlari 

boʻlishi kerak. 

Byudjet tashkilotlarini byudjetdan tashqari manbalar hisobidan mustahkamlash 

yo‘llarini tadqiq qilib, byudjet amaliyotida byudjetdan tashqari markazlashgan va 

markazlashmagan  manbalardan  foydalanish  imkoniyatlari  va  shart-sharoitlarini 

o‘rganib  chiqib,  quyidagi  xulosalarni  shakllantirishga  muvaffaq  bo‘ldik.  Mening 

fikrimizcha,  davlat,  mamlakatdagi  bozor  munosabatlarining  qay  darajada 

shakllangan  va  rivojlangan  bo‘lishiga  qaramay,  ijtimoiy  sohalarni  boshqarish, 

ularning faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishda ishtirok etishi zarur, ularning 

normal darajada faoliyat qilishi uchun davlat barcha huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy 

shart- sharoitlarni yaratib berishi shart: 

-byudjetdan  moliyalanadigan  sohalarga  mablag‘larni  to‘liq  hajmda  safarbar 

etish  imkoniyatini  ta’minlash  maqsadida  davlat  daromadlarining  barqarorligini 

ta’minlash va xarajatlarning aniq hisob-kitobini olib borish lozim; 

 -  ijtimoiy  sohalardagi  ta’lim,  sog‘liqni  saqlash  muassasalari  tomonidan 

ko‘rsatilayotgan  xizmatlarning  sifat  standartlarini  o‘rnatish  va  ularga  amal 

qilinishini nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish lozim, aks xolda xizmatlar narxining oshib 

borishi bilan ularning sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik uzilib bormoqda, malakali xizmat 

qimmat  turishi  bilan  birga,  sifat  standartiga  ham  javob  berishi  kerak,  deb 

hisoblayman; 

 - aholining nochor, ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlariga bepul xizmatlar 

ko‘rsatilishini  davlat  bundan  keyin  ham  o‘z  zimmasiga  olishi,  bu  xizmatlarning 

to‘liq moliyalashtirilishiga erishishi lozim

 -  byudjet  tashkilotlarining  byudjetdan  tashqari  mablag‘larni  jalb  qilishga 

bo‘lgan  harakati  ularning  asosiy  faoliyatiga,  tashkilotning  missiyasini  bajarishga 

putur etkazmasligi kerak, shuni unutmaslik lozimki, byudjet tashkiloti notijorat 67 

asosida  faoliyat  yurituvchi  muassasa,  shuning  uchun  unda  marketing  masalalari 

o‘ylab, jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hal etilishi kerak; 




 

 -  aksariyat  aholi  ongida  ta’lim,  va  ayniqsa,  sog‘liqni  saqlash  xizmatlarining 

bepul  taqdim  etilishi  kerak,  degan  stereotiplar  mustahkam  o‘rnashgan,  bu  esa 

byudjet  tashkilotlarini  pullik  asosga  o‘tkazish  jarayonida  aholi  tomonidan 

noroziliklarga olib kelmoqda, lekin bozor iqtisodiyoti talablari, qolaversa, “pullik 

narsa  qadrli  bo‘ladi”  degan  naqldan  kelib  chiqib,  byudjetning  chegaralanganligi 

sharoitida  byudjet  tashkilotlarining  ortib  borayotgan  ehtiyojlarini  faqat  davlat 

mablag‘lari hisobiga qoplashning ob’ektiv tarzda imkoni yo‘qligini tushunib etish 

vaqti keldi; 

 -  hozirgi  kunda  byudjet  tashkilotlarining  barcha  byudjetdan  tashqari 

daromadlari barcha soliqlar va majburiy to‘lovlardan ozod etilganligini e’tirof etgan 

holda,  byudjet  tashkilotlarining  tijorat  faoliyatlarini  davlat  bundan  keyin 

hamrag‘batlantirib borishi maqsadga muvofiq;  

-  byudjet  tashkilotida  shunday  muhitni  yaratish  kerakki,  byudjet  tashkiloti 

tomonidan  ko‘rsatilayotgan  xizmatlar  natijasidan  unda  ishlayotgan  ko‘p  sonli 

xodimlarning shaxsiy manfaatlari emas, tashkilot manfaatlari ustuvor bo‘lishi lozim, 

deb hisoblayman. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

                       




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling