O`zbekistonning yoqilg`i-energetika kompleksi. Mustaqillik yillarida
Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan
yangilanish va o‘zgarishlar sanoat tarmoqlariga "Yashil iqtisodiyot" tizimini joriy
qilish,
innovasion
taraqqiyotni
jadallashtirish,
tabiiy
yoqilg‘i-energiya
resurslaridan oqilona foydalanishga qaratildi.
Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish
orqali iqtisodiyotning barcha sohalarini hamda aholini energiya resurslari bilan
barqaror ta‘minlash mamlakatimiz energetika siyosatining bosh maqsadi etib
belgilandi.
O`zbekiston yoqilg`i sanoati 3 tarmoqdan iborat:
1. Neft sanoati;
2. Gaz sanoati;
3. Ko`mir sanoati.
O`zbekiston yoqilg`i-energetika resurslariga boy mamlakat hisoblanadi.
Ayniqsa, gaz va neft zaxiralari ulkan: 160 dan ortiq neft va gaz konlari mavjud
bo`lib, O`zbekistonda sanoat zaxiralariga ega bo`lgan 86 neft koni ochilgan.
Neft qazib chiqarish 63 konda amalga oshirilmoqda va neft hozirgi darajada
qazib olinsa, neft zaxiralari Respublika ehtiyojlarini 30 yildan oshiqroq
ta`minlaydi. Umumiy zaxiralari 185 mln.tonna bo`lgan 14 ta neft konida xozir
razvedka ishlari olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |