2.2. MDH mamlakatlarida yoqilg`i-energetika sanoati istiqbollari
Xulosa
Foydalanilganadabiyotlarro`yxati
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Insoniyat o`z rivojlanishi uchun doimo energiya
mahsulotlari va manbalariga ehtiyoj sezgan va taraqqiyotning hozirgi post-
industrial bosqichida ushbu ehtiyoj har doimgidanda yuqori hisoblanadi. Hozirgi
iqtisodiy globalizatsiya va modernizatsiya jarayonida yoqilg`i-energetika sanoati
mamlakatlar
iqtisodiyotining
dinamik
o`sishi
ta`minlovchi
hamdaraqobatbardoshlik darajasini oshirishga xizmat qiluvchi ustuvor sohalardan
biri hisoblanadi. Yoqilg`i-energetika majmui xalq xo`jaligining bazaviy tarmog`i,
iqtisodiyot va texnika taraqqiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi va YaIM
shakllanishida, sanoat markazlari va hududlarini vujudga kelishida katta ahamiyat
kasb etadi. Har qanday mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi u
ishlab chiqarayotgan va iste`mol qilayotgan yoqilg`i-energiya miqdoriga bog`liq
bo`ladi.
Yoqilg`i-energetika sanoatining ustuvor sohalardan biri ekanligini
Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi fikrlari tasdiqlaydi: "Yoqilg‘i-
energetika kompleksi - bu nafaqat mustaqilligimizning asosi, poydevori, balki
eksport va valyutaning muhim manbaidir".
1
MDH
mamlakatlari
jahon
yoqilg`i-energetika
tizimining
asosiy
bo`g`inlaridanbo`lib, yoqilg`i-energetikaning yirik eksportyori hisoblanadi. MDH
mamlakatlari hissasiga jahon neft zaxiralarining 8 foizi, gaz zahiralarining 30foizi
va ko`mir zaxiralarining 26 foizidan ortig`i tog`ri keldi.
2
MDH mamlakatlarida yoqilg`i-energetika sohasida ro`y berayotgan
o`zgarishlar nafaqat ushbu mintaqa, balki jahon iqtisodiyotining rivojlanish
tendensiyalariga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir qiladi.Shu bois ham, ilmiy doiralar va
mutaxassislar uchun MDH mamlakatlarida yoqilg`i-energetika sanoatini tadbiq
qilish,
unda
alohida
mamlakatlarning
o`rnini
o`rganish,
kelajakdagi
tendensiyalarini tahlil qilish dolzarb mavzulardan biri bo`lib qolmoqda.
1
Karimov I.A. ―O`zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo`lmaydi‖ 13-jild.-T.:‖O`zbekiston‖, 2005
2
Е.А.Козловский «Страны СНГ: исследование недр – стратегическая проблема»