2.1. MDH mamlakatlarida yoqilg`i-energetika sanoati muammolari
So`nggi yillarda jahon xo`jaligida tabiiy resurslarni qazib olish, qayta ishlash,
eksport va import qilish bilan bog`liq ko`plab muammolar yuzaga kelmoqda. Eng
asosiysi bu muammolarnafaqat iqtisodiy, balki siyosiy omillarga ham bog`liq
bo`lib qolmoqda.
MDH mamlakatlarida yoqilg`i-energetika sanoati sohasida yuzaga kelayotgan
muammolarning eng asosiylari aniqlangan yoqilg`i-energetika resurslari
zaxiralarining allaqachon iste`mol qilinayotgani, mavjud zaxiralar sifatining
yomonlashayotgani, yangi aniqlangan zahiralarning noqulay joylarda joylashgani
va qazib chiqarish xarajatlarining yuqoriligi, hom-ashyo zaxiralarini topish bilan
bog`liq geologik qidiruv ishlarining samarasiz olib borilayotgani va MDH
tarkibiga kiruvchi Rossiyaga nisbatan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH
tomonidan qo`yilgan sanksiyalar bilan xarakterlanadi.
MDH yoqilg`i-energetika sanoatida yuz berayotgan bu kabi muammolarning
asosiy sabablari quyidagilar hisoblanadi:
Zamonaviy texnologiyalarning yetishmasligi;
Geologik qidiruv ishlarining sustligi va zahiralarni aniqlashga
kattamablag` talab etilishi;
MDH mamlakatlari geologik qidiruv xizmatlari hamkorligining sustligi;
Yuqori malakali kadrlarning yetishmasligi;
Xorijiy mamlakatlar strategik mineral xom-ashyo resurslari to`g`risida
yetarlicha axborotga ega emaslik va boshqalar.
41
Do'stlaringiz bilan baham: