Ozarbayjonda
yoqilg`i-energetika
sanoati
muammolaridan
biri,
mamlakatda gaz qazib chiqarish hajmi o`sishi bilan ya`ni gazni eksport qilish
uchun yangi bozorlarni qidirish bilan bog`liqdir. 2012 yili qurilishni boshlagan
―Nabukko‖ gaz quvirining eng asosiy foydalanvchilaridan biri Ozarbayjon
hisoblandi. Dastavval, ―Nabukko‖ orqali Ozarbayjon va Turkmaniston Yevropa
mamlakatlariga gaz yetkazib berishi rejalashtirilgan edi. Ammo, bundan bir necha
yil avval Turkmanistonning gaz potensiali notog`ri prognoz qilingani
aniqlangandan so`ng ―Nabukko‖ gaz quvuriningsamarali faoliyat olib borishi
shubxa ostida qoldi. Mutaxassislar fikricha agar mamlakatda neft qazib chiqarish
hajmi shu tempda davom ettirilsa, 2025 yilga kelib mamlakat yiliga 8
mln.tonnadan ortiq neft qazib chiqara olmaydigan darajaga kelib qoladi. Bu esa
faqatgina ichki talabni qondirishga yetishi va mamlakat iqtisodiyoti uchun katta
moliyaviy zarar keltirishi mumkin.
Yoqilg`i sanoatining boshqa bir yirik muammosi- neftni qayta ishlash
bazasining past rivojlanganligidir.Hozirgi kunda neft mahsulotlari Bakudagi
umumiy quvvati 20-22 mln.t.neftni qayta ishlashga mo`ljallangan ikta neftni qayta
ishlash zavodlarida ishlab chiqariladi.Ushbu zavodlarda qayta ishlangan mahsulot
sifati Yevropada allaqachon rad etilgan euro-2 standartiga to`g`ri keladi.
42
Do'stlaringiz bilan baham: |