O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

Podsho va ko„ylak 
Bir  vaqtda  bir  podsho  benihoyatt  qattig„  kasal  bo„ldi  va  aytdiki: 
“Har kimsa mening dardimg„a davo tobsa, anga mamlakatim yarimini 
berurman”,  deb.  Ko„p  dono  tabiblar  va  olimlar  har  joydan  kelishub, 
maslahat qildilarki: “Qandoq doru darmon qilurmiz?” deb. Hech qaysi 
ilojini  topolmadilar.  Anda  bir  hakim  dono  aytdi:  “Podsho  tuzaladur, 
basharti  bu  dunyodagi  odamlardan  eng  baxtlik  odamni  topib,  ustidan 
ko„ynakini  yechib  olib,  podshoga  kiydursalar”,  deb.  Podsho  dunyoi 
olamga  elchilar  yuborib  izlatdurdi,  hech  bir  joydan  baxtlik  odamni 
topolmadilar. Bir nechaning davlati bo„lsa ham, o„zi kasal. Tani sihat 
bo„lsa, mol-dunyosi yo„q. O„zi ham sihat, davlati ham bor, lekin bola-
si yo„q. Bular ham bo„lsa, xotuni yomon, uyi notinch. Xulosai kalom, 
bir  narsasi  kamlik  qilib,  noroziligi  bor.  Bir  kuni  kechqurun  podsho-
ning  o„g„li  bir  uychani  yonidan  o„tib  borayotsa,  qulog„iga  ovoz 
keldiki: “Xudoga shukur, ishimni ishladim, qornim to„ydi, emdi dam 
olurman,  manga  mundan  boshqa  hech  narsa  darkor  emasdur”,  deb. 
Podshoni  o„g„li  ushbuni  eshitib  ko„p  xursand  bo„lub,  buyurdiki: 
“Ko„ylakini  yechib  olib,  qancha  desa  ham  pulini  berib,  ko„ylakni 
podshoga  olib  borgil”.  Yuborgan  odamlari  baxtlik,  o„zidan  xursand, 
muhtoj  emas  odamga  kelib,  aning  ko„ynakini  yechmoqchi  bo„lsalar, 
ko„rdilar: shundoq kambag„al ekanki, ustida ko„ynaki ham yo„q ekan. 
Maqol: kambag„alning to„ygani – boy bo„lgani. 
 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling