O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
XAYRULLA HAMIDOV, SADOQAT ERGASHEVA
TARJIMA TARIXI
(O„quv qo„llanma)
Toshkent-2017
2
Hamidov Xayrulla, Ergasheva Sadoqat. Tarjima tarixi (o„quv
qo„llanma). − Toshkent, 2017. − 180 b.
Ushbu o„quv qo„llanma Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
5120200 – “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (sharq tillari bo„yicha)”
bakalavr yo„nalishi talabalari uchun “Tarjima tarixi” fani o„quv dastu-
riga muvofiq ishlab chiqildi. G„arb mamlakatlari va yurtimizda nashr
etilgan o„quv va ilmiy adabiyotlar asosida yaratilgan ushbu qo„llanma-
da g„arb va sharq tarjima tarixining asosiy bosqichlari va taraqqiyoti
bilan bog„liq mavzular yoritilgan. Shuningdek, o„quv qo„llanma
so„nggida rus tilidan tarjima qilingan matnlar ilova qilingan va fanga
oid terminlarning kengaytirilgan lug„ati (glossariy) ham keltirilgan.
ToshDSHIda bajarilayotgan “A-1-180 “Tarjima va madaniyat-
lararo muloqot masalalariga oid o„quv qo„llanmalari yaratish”
mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida yaratilgan mazkur
qo„llanma ikki bo„limdan iborat bo„lib, 1-bo„limi “Tarjima nazariyasi
va amaliyoti” kafedrasi o„qituvchisi Sadoqat Ergasheva, 2-bo„limi
kafedraning katta o„qituvchisi Xayrulla Hamidov tomonidan
tayyorlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |