O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

 
2.2. Tarjima tarixida Rim 
Erik  Yakobson  tarjima  Rim  ixtirosi  ekanligini  qat‟iy  ta‟kidlaydi, 
va  bu  hatto  tanqidiy  giperbolaning  bir  qismi  deb  hisoblansa-da, 
rimliklar  uchun  esa  tarjimaning  o„rni  va  vazifasi  nima  ekanligini 
aniqlashtiradigan boshlang„ich nuqta hisoblanadi.  
Sitseron va Horatsiy
1
ning tarjima haqidagi qarashlari  mohir tarji-
monlar avlodiga kuchli ta‟sir qilgan bo„lishi kerak edi. Ikkisi ham tar-
jimani keng miqiyosda umuminsoniy mas‟uliyatni his qilish, ilm-fanni 
targ„ib  etish  va  maxsus  she‟r  yozish  mahoratiga  ega  bo„lishni  asosiy 
vazifa deb hisoblagan. 
Taxminan  milodiy  I  asrlargacha  yunonliklarni  mustaqil  ravishda 
o„zlari  badiiy  asar  yatilmaganligi  sababli  yunon  adabiyotida  tarjima 
asarlar alohida o„rin egallagan. 
E‟tibor  greklarning  ijodiy  tasavvuriga  nisbatan  yunonlarning 
amaliy  qarashlariga  tushgan  bo„lib,  yunonlarning  grek  modellarini 
ko„klarga ko„tarishi ularning o„ziga xosligi yo„qligidan dalolat beradi 
deb  hisoblangan.  Biroq  bunday  umumlashtirib  keskin  baholash 
noto„g„ri edi.  
Yunonlar  o„zini  grek  an‟anasini  davomchisi  sifatida  tan  olishdi, 
yunon  adabiy  tanqidchilari  esa  grek  matnlarini  har  holda  tormozlan-
tiruvchi  omil  hisoblanmish  matn  tilini  ko„rmasdan  muhokama 
qilishgan.    
Yunon  adabiy  tizimi  lingvistik  chegarlarga  bo„ysunmas  matn  va 
mualliflarning iyerarxiyasini o„rnatadi va o„sha tizim asta-sekin yunon 
iyerarxik  idealiga  ta‟sir  qiladi.  Asliyatdagi  ideal  matn  tarjimada 
ko„chirilishi kerak. Sitseron mazkur farqni yaxshi tushuntiradi: “Agar 
men so„zma-so„z tarjima qilsam, natija beo„xshov bo„lib chiqadi, agar 
men  ehtiyojga  ko„ra  usul  yoki  uslubda  o„zgartirish  kiritishga  majbur 
bo„lsam,  fikrimcha,  tarjimonlik  kasbidan  voz  kechishimga  to„g„ri 
keladi. 
                                                 
1
  Horace.  On  the  Art  of  Poetry,  in  Classical  Literary  Criticism.  – 
Harmondsworth: Penguin Books, 1965. pp. 77–97. 


 
18 
Horatsiy va Sitseron ikkisi o„zlarining tarjima haqidagi mulohaza-
larida  so„zma-so„z  tarjima  bilan  ma‟noviy  (obrazli)  tarjima  orasidagi 
muhim bir farqni aniqlashadi. 
Boshqa  qat‟iy  “aniqlik”  tushunchalariga  qaraganda,  ona  tili  va 
adabiyotini tarjima vositasida boyitishning asosiy tamoyili tarjima tili-
dagi mahsulotning estetik mezonlariga bosim o„tkazadi. 
Horatsiy  o„zining  “She‟riyat  san‟ati”  asarida  asliyat  shaklini 
soxtalashtirishdan juda ehtiyot bo„lish kerak deb ogohlantiradi. 
Demak,  so„z  o„zlashtirish  yo  yangi  so„z  yaratish  an‟anasi  keng 
tarqalgan,  biroq  Horatsiy  bo„lajak  yozuvchi  (tarjimon)ga  shunday 
maslahat beradi: “Qopqonlar “(nomustaqil) itoatkor tarjimon”ni o„rab 
turadi deydi, shuning uchun yangi so„zlardan me‟yorida foydalanishni 
tavsiya qiladi.  
U yangi so„zlarning qo„shilishi va boshqa so„zlarning istemoldan 
chiqishini, bahor va kuzda barglarni almashinishiga qiyoslaydi. Ushbu 
tarjima  orqali  boyishining  ikki  holati  tabiiy  va  ifodaviy  jarayonini 
ko„rib, yozuvchi qo„llagan amaliyotni taqdim qiladi. 
Horatsiy va Sitseronga ko„ra, tarjimon mahorati asliyatdagi matni 
ongli  ravishda  interpretatsiya  qilish,  go„yo  tarjima  tilidagi  matnni 
“non verbum de verbo, sed sensum  exprimere de sensu”, ya‟ni  so„z-
ma-so„z  emas,  balki  ma‟nosini  ifoda  qilish  tamoyiliga  asoslangan 
bo„lishi va tarjimani o„qiydigan kitobxon uchun mas‟uliyatni zimma-
siga olishida ekanini ta‟kidlaydi.  
Biroq  bu  yerda  ham  yunon  conseptining  tarjima  vositasida  boyi-
shiga  greklarning  madaniyat  o„chog„i  sifatida  yuqori  pog„onani  egal-
lashi  va  ma‟lumotli  yunonlarning  asliyat  tilida  matnlarni  o„qiy  olish 
qobiliyatini qo„shimcha ravishda ta‟kidlab o„tish kerak. 
Bu omillar hisobga olingandan so„ng tarjimon va kitobxon ikkisi-
ning  o„rni  almashadi.Yunon  kitobxoni  umuman  olganda  tarjimani, 
xuddi  metamatn  bilan  asliyat  munosabatini  bilgandek  tahlil  qilishga 
qodir. Ko„p tilli kitobxon faqatgina asliyatdagi matnga tarjima orqali 
yaqinlasha olgan, undan farqli o„laroq tarjima  matni asliyatdagi  matn 
orqali  o„qilgan.  Yunon  tarjimonlari  uchun  matnni  u  tildan  bu  tilga 
o„girish  go„yo  qiyosiy  uslubshunoslikdagi  mashqlar  kabi  odat  tusiga 
kirgan. 
Yaxshi  tarjimon  kitobxonni  asliyat  matni  bilan  tanish  ekanligini 
taxmin qiladi va shu bilan chegaralanadi, uning tarjimonlik mahorati-


 
19 
ga  berilgan  har  qanday  baho  uning  ijodiy  yondashuvi,  o„z  uslubini 
yarata olishiga asoslanadi. 
Yunon  tarjimasi  mukammal  qoidalarga  asoslangan  lingvistik 
me‟yorlar orqali yagona adabiy mahsulotning ko„rinishi sifatida paydo 
bo„lgan bo„lishi mumkin.  
Bundan tashqari, shuni ham unutmaslik kerakki, Rim imperiyasi-
ning  kengayishi  natijasida  bilingvizm  va  trilingvizm  oddiy  holatga 
aylanib  qoldi,  og„zaki  va  adabiy  (yozma)  lotin  tili  o„rtasidagi  jarlik 
yanada kengaydi. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling