O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
3.3. XVIII asr
Drayden va Popning tarjima konsepsiyalari negizida boshqa ele- ment, ya‟ni aniqlik va tushirib qoldirish muammosi o„rasidagi torti- shuvdan tashqari, tarjimonning o„quvchi oldidagi ma‟naviy vazifasi haqidagi masala namoyon bo„ladi. Matn ruhini bir xilda saqlab qolishga bo„lgan turtki, zamonaviy talablarga javob beradigan matn tili va ma‟no uyg„unligini qayta yara- tish talabi, keng miqiyosda ancha oldingi matnlarni qayta ko„chirishga sabab bo„ldi. XVIII asr tarjimalaridagi muhim unsur har bir shaxsga o„zining individual atamasi va o„z doirasida munosib murojaat shakli o„ziga xoslik konsepsiyasi o„zgarishi bilan bog„liq. Pope misol sifatida Homerning tarjimalariga ma‟lum munosaba- tini quyidagi “The Iliad” asarining Chapman tarjimasidan bir lavha keltirib qiyoslaydi. 1 Pope A. The Iliad of Homer. ed. Maynard Mack. – London: Methuen, 1967. 30 Asarda keltirilgan misollarni qiyoslaganda Pope Andramaxi azob chekib, tushkunlikka tushsa, Chapman Andramaxi esa o„z haq-huquq- larini himoya qilgan jangchi sifatida namoyon bo„ladi. Chapmanning to„g„ri fe‟llardan foydalanishi sahna asariga drammatik bo„yoq beradi. Ayni paytda Popning lotinlashtirilgan tarjimasida kutilayotgan o„lim sahnasidagi vahima hissi oson qabul qilishnishiga urg„u beriladi Hattoki, qo„rquv sahnasi ham farqli ravishda taqdim etiladi. Popning “Xudo yarlaqagan Hektori” tasviri Chapmanning qahramon o„tinishi sahnasining uzoq tasvirlanishi bilan solishtiriladi. She spoke; and furious, with distracted Pace, Fears in her Heart and Anguish in her Face, Flies through the Dome, (the maids her steps pursue) And mounts the walls, and sends around her view. Too soon her Eyes the killing Object found, The god-like Hector dragg„d along the ground. A sudden Darkness shades her swimming Eyes: She faints, she falls; her Breath, her colour flies. (Pope) Thus fury-like she went, Two women, as she will‟d, at hand; and made her quick ascent Up to the tower and press of men, her spirit in uproar. Round She cast her greedy eye, and saw her Hector slain, and bound T‟Achilles chariot, manlessly dragg„d to the Grecian fleet, Black night strook through her, under her trance took away her feet. (Chapman) XVIII asr tarjimon taqlidchi yoki rassom sifatidagi asliyat va kitobxon oldidagi m‟anaviy burchi konsepti keng tarqalgan, biroq bir qancha muhim o„zgarishlarga uchragan badiiy asar o„zgartirilishi jarayonini tasniflaydi va tasvirlaydi. Gyote (1749-1832) har qanday adabiyot, tarjimaning uch bosqi- chini bosib o„tishi lozim, garchi bosqichlar doimiy ravishda takrorlan- sa-da, yagona til tizimida bir paytning o„zida joy olishi mumkin, deydi. Ilk davr “bizni bizning sharoitda xorijiy mamlakatlar bilan tanish- tiradi”. Bu yerda Gyote Lyuterning nemischa Injilidan bir parchani ushbu tendensiyaga misol tariqasida keltiradi. Ikkinchi bosqich shun- dan iboratki, so„zlarning o„rni almashtirilib o„zlashtiriladi, bu yerda 31 tarjimon xorijiy matnni o„ziga qabul qilib oladi va uni o„z atamlari bilan qayta ishlaydi. Bu yerda Gyote Vilandning fransuz tarjima an‟a- nalarini keltiradi (nemis nazariyotchilari tomonidan mazkur an‟anaga past nazar bilan qaralgan). Uchinchi bosqichni u eng yuqori bosqich deb hisoblaydi. Bu asliyat va tarjima matni orasidagi umumiylikka eri- shishga harakat qiluvchi bosqichdir. Bunga erishish asliyatning yangi shakl va mazmun orasida yangi “manera”ni yaratish orqali amalga oshadi. Gyote Homerni tarjima qilgan Voss ishiga iqtibos keltirib, uni yu- qori darajaga erishgan tarjimon sifatida ta‟riflaydi. Gyote tarjimadagi yangi orginallik konseptsiyasi bilan birga tarjimon chuqur unversal stukturalar ko„rinishini bilishga intilishi kerak deb ta‟kidlaydi. Bunday qarashning muammoli tomoni shundan iboratki, notarjimaviylik naza- riyasi tomon xafvli yaqinlashib boradi. XVIII asrning oxirlari, ya‟ni 1791-yilda Aleksandr Freyzer Taytler ingliz tilidagi tarjima jarayonlarining ilk sistematik tadqiqiga doir bir tomli “The Principles of Translation” asarini nashr qildirdi. Tytler tomondan uchta asosiy tamoyil belgilab olindi: 1) tarjima orginal asar g„oyasining to„liq stenogrammasini aks ettirishi lozim; 2) tarjima shakl va mazmuni asliyat bilan bir xil xususiyatga ega bo„lishi lozim. 3) tarjima asliyat kabi to„liq erkinlikka ega bo„lishi kerak. Taytler tarjima jarayoniga aniqlik kiritish uchun tushirib qoldirish yoki orttirish tarjimonning burchi deb hisoblasa-da, “parafraza” tu- shunchasi erkin tarjimalar ko„payib ketishiga olib kelishini ta‟kidlab, Drayden 1 ning ta‟sir xususiyatiga o„z munosabatini bildiradi. U XVIII asr andozalari asosidagi tarjimon-rasson solishtirishidan foydalanadi, biroq farq shundaki, tarjimon asliyatdagi bir xil ranglar- dan foydalana olmaydi, shunga qaramay, uning tasvirida asliyatdagi ta‟sir kuchi aks etishi talab qilinadi. Tarjimon muallifning “qalbidagi eng nozik qirralarni his qila bili- shi kerak”, ya‟ni muallif tilidan gapirish kerak. Draydendan Taytlergacha bo„lgan tarjima nazariyasi san‟at asari- ning muhim ruhi, qalbi va tabiatini qayta yaratish muammosi bilan bog„langan. 1 Dryden J. The Aeneid, IV. – London: Oxford University Press, 1961. – p. 212. 32 Biroq formal struktura va o„ziga xos qalb o„rtasidagi ilgarigi dix- tonomik (qarama-qarshi g„oya orasidagi farq) ishonch yozuvchi sifati- da oson qabul qilinadi. Davomiy ravishda ularning e‟tiborini tasavvur nazariyasi muhokamasiga qaratadi. Oldingi fikrdan farqli o„laroq, ijodkorning ma‟naviy vazifasi Kolorij tarjimani “noo„rin ko„chirish” ya‟ni “tarjima yangi hayot emas, balki nusxa yaratish” deb tasvirlaydi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling