O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
3.5. Post-Romantizm Fridrix Shleyrmaxer (1768-1834) tarjima adabiyotida foydalanish uchun alohida til sub-hisoblarini taklif etdi, bu paytda esa Dante Gabriyel Rozetti (1828-1882) asliyat tili va shakllariga nisbatan tarji- mon laganbardorlik qilishni e‟lon qildi. Bu ikka taklif ham o„zida qiyinchiliklarni yengib o„tish imkonini mujassamlashtirgan, Shelliy o„zining she‟riyat himoyasida ifodalaganidek ogohlantirgan: “Bu xuddi binafshani og„irlikka tashashdek bir gap, uning hidi va rangini aniqlash uchun qilayotgan harakatingiz yozuvchi ijodini bir tildan ikkinchi tilga o„girish uchun qilinayotgan harakatga o„xshaydi. O„simlik yana qayta urug„idan tortib gullashi kerak, aks holda u gulga aylanmaydi - bu esa Bobil la‟nati deyiladi”. Nyuman tarjimon asliyatdagi har bir o„ziga xoslikni saqlashi kerak, xorijiy til bo„lgani uchun yanada ehtiyot bo„lish kerak, deydi. Vilyam Morris (1834-96) judayam ko„p matnlarni tarjima qilib ulgurgan. Oskar Uvayld Odissey haqida yozarkan: “Morris haqiqiy san‟at mahsulini ifodalangan bo„lib, nafaqat bir tildan boshqa tilga, balki she‟riyatni she‟riyatdek ko„rsatib bera oldi” deydi. Morrisning tarjimalari sezilarli darajada arxaik, unda tilning o„qib bo„lmas va tushunish qiyin bo„lgan o„ziga xosliklarga boy ekanligi nazarda tutilgan. Morrisning uslubini Ayneydning VI kitobi olingan quyidagi parchada, ko„rish mumkin: Xudo, ey Palinure, shuning uchun seni tortib olib edi bizdan Sening do„stlaring va suv o„rtasida seni o„limga g„arq qilishgay Chiqib gapiring! Ko„rguvchi Apollon uchun hech bir aybsz payg„ambar topilmadi, shu javob bilan mening qalbimda sen emizgan umid yotar; Kim chuqurlikdan xavfsizlikda kuyladi va kengayib maydon sohasida va adolatli Ausonia: bu tarzda u o„zining bu so„zini ushlab qolur! Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling