O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
Mas‟ul muharrir:
Shoira Usmanova, filologiya fanlari doktori, professor Taqrizchilar: Xolida Alimova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ergash Ochilov, filologiya fanlari nomzodi O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligining 2017-yil 24-avgustdagi 603-sonli buyrug„iga asosan nashrga tavsiya etilgan. O„quv qo„llanma Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Kengashining 2017-yil 30-martdagi 8-sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. 3 © Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2017. 4 KIRISH Inson hayotining barcha jabhalarida keskin o„zgarishlar ro„y berayotgan hozirgi davrda dunyo xalqlarining tillari, adabiyotlari va ma‟naviy madaniyatlarini o„rganish, ularning tarixini tadqiq etish har jihatdan dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu vazifani hal etish uchun har tomonlama yetuk, intellektual salohiyati yuqori, yuksak ma‟naviyatli, ona tili, xorijiy tillar va madaniyatlarni mukammal egallagan malakali mutaxassislarni tayyorlash lozim bo„ladi. O„zbekiston Respublikasi hukumatining adabiyot va san‟at, xususan, tarjimaga berayotgan alohida e‟tibori samarasi bo„lgan ushbu kitobning yuzaga kelishiga O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ„ibot qilish bo„yicha komissiya tuzish to„g„risida”gi farmoyishida mamlakatimizda “…milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta o„ylangan tizim asosida tashkil etilmagan”i, “…jahon adabiyotining eng sara namunalarini o„zbek tiliga va o„zbek adabiyotining eng yaxshi asarlarini chet tillariga tarjima qilish ishlarining tanqidiy tahlili” amalga oshirilishi zarurligi 1 alohida ta‟kidlangani bir turtki bo„ldi. Farmoyishda “…ta‟lim muassa- salarida sinfdan tashqari o„qish uchun tavsiya etilgan o„zbek va chet el adiblarining mumtoz va zamonaviy asarlarini tanlab, xrestomatiya adabiyotlari ro„yxatlarini qayta ko„rib chiqish va o„quv jarayoniga mutolaa etilgan asarlar asosida insho yozish tizimini joriy etish, adabiyot to„garaklari faoliyatini moddiy qo„llab-quvvatlash tizimini qayta ko„rib chiqish” kerakligiga alohida urg„u beriladi 2 . Tarjima har doim adabiyot bilan uzviy bog„liqlikda taraqqiy etib kelgan. Tarjima vositasida dunyo adabiyoti namunalarining xalqlar madaniy hayotiga kirib kelishi bir xalqning boshqa xalq ma‟naviy ha- yoti, urf-odatlari bilan yaqindan tanishishiga ko„mak bergan. Dunyo 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 12 январдаги “Китоб маҳсулотларини чоп этиш ва тарқатиш тизимини ривожлантириш, китоб мутолааси ва китобхонлик маданиятини ошириш ҳамда тарғибот қилиш бўйича комиссия тузиш тўғрисида”ги фармойиши (“Халқ сўзи” газетаси, 2017 йил 13 январь) 2 O„sha farmoyishdan. 5 adabiyotining hayotimizga kirib kelishi va xalqlarning ma‟naviy jihatdan yaqinlashishida tarjimaning o„rni beqiyosdir. Shundan kelib chiqqan holda, 5120200 – “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (sharq tillari bo„yicha)” bakalavr ta‟lim yo„nalishining o„quv rejasiga “Tarjima tarixi” fani kiritilgan. XX asrning 60-yillarida tarjimashunoslikning “tarjima nazariyasi” bilan bir paytda “tarjima tarixi” degan yangi akademik fan ham yuzaga keldi. Ana shu yangi fanni o„qitish maqsadida ToshDSHIning “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi katta o„qituvchisi X.Hamidov va o„qituvchi S.Ergashevalar tomonidan taniqli tarjima- shunos olim, ijodkor Jumaniyoz Sharipovning O„zbekistonda tarjima tarixining asosiy masalalari ilmiy tahlil qilingan 1965-yilda nashr etilgan “O„zbekistonda tarjima tarixidan” kitobi va tarjimaning asosiy muammolarini qamrab olgan Qadimgi Rim davridan boshlab XX asr- gacha bo„lgan bosqichni o„z ichiga olgan tarjima nazariyasi tarixi masalalar ilmiy o„rganilgan, matnlar chuqur tahlil qilinib, badiiy tarjimaning spesifik muammolari tadqiq etilgan, Varvik universiteti Qiyosiy madaniyatshunoslik markazi, qiyosiy adabiyotshunoslik soha- si bo„yicha professor Susan Bassnetning “Translation Studies” nomli kitoblari asosida ushbu o„quv qo„llanma tayyorlandi. “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” ta‟lim yo„nalishi talabalari, “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” mutaxassisligi maqistrantlari va bu sohada tadqiqotlar olib borayotgan tadqiqotchi, izlanuvchilar ushbu kitob orqali O„zbekistonda XX asrning 20- yillarigacha o„tgan davr orasida arab, fors-tojik, rus va turkiy xalqlar tillaridan o„zbek tiliga qilingan asosiy ilmiy, badiiy va publisistik asarlar tarjimasi tarixi, madaniyatimiz tarixining bu sohasida zahmat chekib ishlagan juda ko„p tarjimonlarning biografiyasi va ilmiy, badi- iy faoliyati bilan tanishishlari mumkin. O„zbek tarjima tarixi sohasida ilk bor tayyorlangan mazkur o„quv qo„llanma kirish, ikki qism, ilova shaklida berilgan matnlar va tarjima tarixiga oid terminlar lug„atidan iborat. I qismda G„arb tarjima tarixi, II qism Sharq tarjima tarixiga bag„ishlangan. Unda arab va fors-tojik tillaridan tarjima qilingan badiiy, ilmiy, shu jumladan tarixiy, falsafiy asarlar, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida toshbosmada nashr qilin- gan tarjima asarlari va tarjimonlar haqida so„z yuritilib, Mahmud Koshg„ariy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy- dan boshlab, XIX asr oxirlarigacha ijod qilgan mashhur o„zbek shoir 6 va ma‟rifatparvarlarining asarlari va badiiy tarjimalariga alohida e‟tibor qaratiladi. Shuningdek, ushbu qismda XX asrning 20-yillariga qadar rus tilidan qilingan va tosh bosma-litografiyalarda bosilgan tarix, jo„g„rofiya, falsafa, axloq va tibbiyotga doir ilmiy kitoblar, darsliklarning tarjimalariga e‟tibor qaratiladi. Kitob so‟ngida keltiril- gan ilovada XX asrning 20-yillariga qadar rus tilidan qilingan nodir tarjimalar (Sattorxon tarjimalari) beriladiki, bu talabalar uchun yangilik bo„ladi, deb o„ylaymiz. Qo„llanmada mavzular zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yoritishga harakat qilingan. Har mavzuning so„nggida nazorat uchun savollar va adabiyotlar ro„yxati berilgan. Shuningdek, o„quv qo„llanma oxiridan joy olgan tarjima tarixi faniga oid terminlar alohida lug„ati keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling