O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Tarjimashunoslikning rivoji
I BO„LIM. G„ARB TARJIMA TARIXI
1-MA‟RUZA TARJIMASHUNOSLIKNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Reja: 1. Tarjimashunoslikning XX asrdagi taraqqiyot davri 2. G„arb olimlarining tarjimashunoslikka oid yondashuvlari 3. Tarjimaning madaniy aspektlari 4. Tarjimashunoslik rivojlanishining asosiy bosqichlari Tayanch so„z va iboralar: tilshunoslik va tarjimashunoslik, kompyuter tarjimasi, tarjimashunoslikka oid yondashuvlar, madaniyatlararo muloqot 1.1. Tarjimashunoslikning rivoji 1980-yillar tarjimashunoshlik deb atalgan va tez qanot yoyib borayotgan fan uchun taraqqiyot davri bo„ldi 1 . 1970-yillarning oxirla- rida dunyo sahnasida paydo bo„lgan ushbu fan jiddiy qabul qilina boshlandi va tarjima nazariyasi va amaliyoti faniga bo„lgan qiziqish oshib bordi. Keyinroq 1990-yillarda tarjimashunoslik fani, nihoyat, tamomila o„z o„rnini topdi. Qachonlardir ahamiyatsiz faoliyat deb qabul qilingan tarjimashunoslik endi insonlar o„rtasidagi almashinuv- ning fundamental akti sifatida qarala boshlandi. Bugungi kunda bu sohaga qiziqish har qachongidan nihoyatda yuqori bo„lib, tarjimaning amaliy ahamiyati butun dunyo bo„ylab o„sib bormoqda. 1990-yillardagi elektronika vositalari sohasidagi “portlash” va uning globalizatsiya jarayoniga jalb etilishi madaniyatlararo muloqot- ning alohida e‟tiborga molik nashrlarining chiqishiga olib keldi. Irland tarjimoni va olimi Maykl Kronin 2 ning ko„rsatishicha, tarjimon sayo- hatchi ham bo„lib, kimdir bir manbadan ikkinchisiga sayohat qilishga majbur qiladi. Yigirma birinchi asr, so„zsiz, sayohatlar uchun ulkan 1 Bassnett S. Translation Studies. Taylor & Francis Group. - London and New York, 2002. 2 Cronin M. Across the Lines: travel, language, translation. - Cork: Cork University Press, 2000. 8 imkoniyatlar davrini, nafaqat koinot bo„ylab, balki zamon oralab sayohatlarni va‟da qiladi. Ahamiyatlisi shundan iboratki, tarjimashu- noslikning asosiy rivojlanish bosqichlari 1970-yillardan boshlab tarji- ma tarixi bilan bir qatorda tadqiq etildi. Xususan, o„tmishda tarjima qanday qilib bizning bilimlarimizni shakllantirishga yordam berganli- gini o„rganish bizning kelajagimizni shakllantirish uchun eng yaxshi vositalar bilan ta‟minladi. Tarjimashunoslik faniga qiziqish dunyoning barch mamlakatlarida oshib bormoqda. Keyingi 20 yil ichida tarjima sohasiga oid juda ko„p kitoblar nashr etildi, tarjimashunoslik bo„yicha ko„pgina yangi jurnal- lar ta‟sis etildi. Yevropa Tarjima Jamiyati kabi xalqaro professional tarjimonlar tashkiloti vujudga keldi. Gong Kongdan Braziliyagacha, Monrealdan Venagacha universitetlar tarjima bo„yicha yangi kurslarni tashkil etishdi. 1980-yillar mobaynida Ernst-August Gutning relevantlik nazari- yasi, Katerina Reys va Hans Vermerlarning kuzatuvchanlik (Skopos) nazariyasi va Gideon Touriyning psevdotarjimashunoshlik sohasidagi tadqiqoti tarjimaga yangicha yondashuv bo„ldi. Darhaqiqat, kompyu- ter tarjimasidagi tadqiqotga asos solinganidan bir muddat davr o„tib, tarjima va texnologiya orasidagi munosabat o„zining samarali daraja- siga yetdi va kelajakda ham tarjimashunoslik rivojlanishiga mustah- kam ishonch berdi. Kompyuter tarjimasi bo„yicha tadqiqotlarga tamal toshi qo„yilgan davrdan keyin tarjimashunoslik va yangi texnologiya o„rtasidagi alo- qaning ahamiyati ko„tarildi va, hattoki, kelajakda uning ahamiyati yanada ko„tarilishining alomatlarini namoyon etdi. Shunday bo„lsa-da, keyingi paytlarda qilingan yondashuvlar va metodlarning turli xilligi- ga qaramay, tarjimashunoslikdagi tadqiqotlarning asosiy umumiy xususiyati shundan iboratki, tarjima sohasi egallagan kontekst doirasi- dagi tarjimaning madaniy aspektlariga urg„u berilmoqda. Qachonlar- dir tilshunoslikning tarkibidagi bir tarmoq deb qaralgan tarjimashu- noslik bugungi kunda ta‟limning fanlararo sohasi deb qabul qilinmoq- da hamda til va hayot yo„li orasidagi ajratib bo„lmas aloqa ilm ahli- ning diqqat markazida turgan muhim qarashlardan biriga aylanib ulgurdi. 1980-yillargacha amalga oshirilgan tarjima sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning xarakterlovchi, madaniyat va tilshunoslik nuqtayi nazardan yondashishlardagi tafovut yo„q bo„ldi. Tarjimashunoslik endigina asos solingan yillarning boshlarida uning tarafdorlari o„zlari- 9 ni ham tilshunoslar, ham adabiyotshunoslarga qarshi nuqtayi nazarni egallashdi. Ular tilshunoslar kontekstual o„lcham chegaralari kengligi- ni hisobga olishda adashganliklarini va adabiyotshunoslar xayolini esa ma‟nisiz baho beruvchi hukmlar qamrab olgan, degan fikrlarini dalil- lashdi. Tarjimashunoslik fanini qiyosiy adabiyot yoki amaliy tilshu- noslik soyasi ostidan ajratib olish muhim ekanligi qo„llab-quvvatlandi. Tarjimashunoslikni “avtonom” soha sifatida qabul qilishga qaratilgan kuchli munozaralar ham umumiy bo„ldi. Bugungi kunga kelib, bunday fanatik darajadagi yondashuv g„ayriodatiy ravishda “modadan chiq- qan” ko„rinadi, tarjimashunoslik hozirda boshqa fan sohalarining usul- laridan va texnikalaridan o„zlashtirib, ularni tatbiq etib, erkin rivojla- nib kelmoqda. Tarjimashunoslarning bu sohadagi tilshunoslikka asos- langan muhim ishlaridan Mona Beyker, Rogjer Bel, Beyzil Hatim, lan Meyson, Kirsten Malmkjayer, Katarina Reys, Hans Vermer hamda Volfram Uilslarini olish mumkin, ammo bir qancha taniqli olimlar fanlar orasidagi chegaralarni “buzish”, tarjimashunoslikni konfrontat- siya pozitsiyasidan ajratish bo„yicha katta ishlarni amalga oshirishdi. Shuningdek, J.K.Katford, Mixael Halliday, Piter Nyumark va Yevge- niy Nida kabi olimlarning ishlari tarjimashunoslikning fan sifatida rivojlanishidan oldingi davrlardagi me‟yoriy rivojlanish yo„liga te- gishli bo„ldi. Adabiyotshunoslik ham tarjimaga ilk elitar qarashdan cheklana boshladi. Nazariyachilar olimlar yaxshi va yomonni ajratish- da hal qiluvchi kompleks dasturga ega bo„lib, tarjimon uchun ochiq- oydin ko„rinib turgan turli imkoniyatlarni tanlash, masalan, madaniy, ijtimoiy va tarixiy kontekstga murojaat qilib, ularni o„zgartirish usuli- ni tanlashga qiziqishadi. Keyingi paytlarda tarjimashunoslik sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari soni ortmoqda. Ular kompleks dasturni ifoda etmoqda. Tarixiy ma‟lumotlar yanada erkin va bemalol bo„lib qolganligi sababli adabiyot qonunlarining shakllanishidagi tarji- maning roli, tarjimonlar tomonidan qo„llaniladigan strategiyalar, faoli- yat me‟yorlari, tarjimonlar diskursi, tarjimalarning impulsini o„lchash masalalari, tarjima etikasini belgilash muammolariga oid muhim sa- vollar yechim topmoqda. Ehtimol, aytib o„tilganlarning eng hayajonga soluvchi yangi yo„nalishi tarjimashunoslik fanining o„rganilish ko„la- mi kengayishi Yevropa chegarasidan tashqaridagi mamlakatlarga ham yoyilganligida ko„rinadi. Kanada, Hindiston, Gong Kong, Xitoy, Afrika, Braziliya va Lotin Amerikasida olimlar va tarjimonlarning bu boradagi mushohadalari yevropaliklarnikidan tubdan farq qiladi. 10 Gayatri Chakravorty Spivak, Teyasvini Niranyana va Erik Cheyfitz kabi olimlarning fikricha, o„tmishda tarjima mustamlakachilikka asos- langan ustunlikning quroli sifatida foydalanilgan va mustamlaka qilin- gan mamlakatlarning aholisini o„z ovozidan mosuvo qilish vositasi sifatida qo„llanilganligini dalillab, ko„proq urg„uni tarjima munosabat- larining farqli ekanligiga qaratadi. Mustamlakachilik modelida bir madaniyat ustun bo„ladi, boshqalari tobe bo„ladi, shu bois, tarjima iyerarxiyaning qudratini mustahkamlashda qo„llanilgan. Anuradha Dingvaneyni aytib o„tganidek, tarjima jarayoni zo„ravonlik darajasini o„zgartirish orqali boshqa madaniyatni yaqqol aktga aylantirishga jalb etilgan, ayniqsa, madaniyat boshqa madaniyat vakillariga tarjima yor- dam berishni o„rniga tarjima etilayotgan mamlakat madaniyati bosh- qasiniki bilan aralashib ketishga olib kelingan edi. 1990-yillarda tarjimonning ikkita kontrast qiyofasi paydo bo„ldi. Tarjimonning roliga oid bir ma‟ruzaga ko„ra, tarjimon yaxshilikka yetaklovchi kuch, zamonlar va koinot osha yozma adabiyotni uzoq yashab qolishini ta‟minlovchi ijodkor san‟atkor, madaniyatlararo vosi- tachi va sharhlovchi bo„lib, u madaniyatni keng tarqalishi va yaxlitli- gini ta‟minlashda qo„shgan muhim hissasini o„lchab bo„lmaydigan inson sifatida namoyon bo„ladi. Aksincha, boshqa izohga ko„ra, tarji- ma yuqori darajada shubhali faoliyat bo„lib, unda kuchli munosabat- ning farqi (iqtisodiyot, siyosat, gender geografiya o„rtasidagi farqlar) matniy mahsulot mexanikasida aks etadi. Mahasvita Senguptaning fikricha, tarjima “nishon” qilib olingan madaniyat tomonidan yaratil- gan obrazlarning asosiy kuchi taqdimotiga aylandi. G„arbda Hindiston va uning madaniyati namunalari sifatida sotilayotgan narsalarning yuzaki qarashi manzarani birlashtiruvchi kuchining boy dalillarini ta‟minlaydi, biz tarjima qilingan matn orqali yaratilgan va tarbiyalan- gan madaniy streotiplar “qopqon”ida qolamiz. Yangi ming yillikda tarjimashunos olimlar tarjima jarayoni sifatida xarakterlanadigan teng huquqli bo„lmagan qudratli munosabatlarga urg„u berishda davom etadi. Hind, xitoy va kanadalik tarjimashunoslarning bu sohadagi ish- lari bilan hamohang ravishda Oktavio Paz, Karlos Fuentes va Haroldo hamda Augusto de Kampos kabi yozuvhilar tarjimashunoslikning yan- gi ta‟rifini talab etmoqda. Ahamiyatlisi shunadn iboratki, barcha mana shu yozuvchilar o„z o„tmishlarini qaytadan ko„rib chiqib, baholash bilan mashg„ul bo„lgan koloniyayalar asoschisi joylashgan Janubiy Amerika mintaqasidagi mamlakatlardan kelib chiqqan. Tarjima fani- 11 ning mazmuni va roli haqida qayta fikr yuritishni dalillash orqali ular mustamlakachilik tajribasi o„rtasida parallel chiziq chizadi. Faqat mustamlakachilikning modeli sifatida ustun turgan madaniyatning quyi turgan madaniyatga egalik qilishi g„oyasi singari asliyat ham doim uning “nusxa”siga qaraganda ustun deb qaraladi. Shunday qilib, tarjima ham olingan manba matniga hurmat bilan quyi pozitsiyada mavjud bo„lishga mahkum. Hozirda asl matn ham, tarjima matni ham har ikkalasi yozuvchi va tarjimonning teng qiymatli ijod mahsuli sifa- tida qabul qilinadi, shunday bo„lsa-da, Pazning fikricha, bu ikkalasi- ning vazifalari farqlanadi. Idealni so„zga biriktirish va o„zgarmas shaklda jilolantirish yozuvchining bosh vazifasi bo„lsa, tarjimonning vazifasi esa bu so„zlarni asliyat tili chegarasidan ozod qilish va so„zlarni tarjima qilingan tilda yana yashashiga imkoniyat ato etishdan iborat. Natijada asliyatga sodiq qolish zarurligi haqidagi eski dalillar yo„qola boshladi. Braziliyada ilk marotaba 1920-yillarda taklif etilgan, matn “iste‟moli”ning gannibalcha nazariyasi tarjimonning roli bo„yi- cha alternativ istiqbollarni taklif etish uchun zamonaviylashtirildi. Unga ko„ra, tarjima jarayoni tarjimonning ijodiy yondashuvi va mus- taqilligiga katta e‟tibor beriladi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling