O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


G„arb olimlarining tarjimashunoslikka oid yondashuvlari


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

1.2. G„arb olimlarining tarjimashunoslikka oid yondashuvlari 
Bugungi kunda insonlarning dunyo bo„ylab ko„chib yurishi aynan 
o„sha  tarjima  jarayonining  ko„zgusida  aks  etishi  mumkin,  tarjima 
uchun matnlarning bir tildan boshqa tilga o„tishi emas, balki madani-
yatlar  va  matnlar  o„rtasidagi  muhokama  jarayoni,  tarjimon  shaxsi 
vositachiligi  orqali  barcha  turdagi  ishlar  bajariladigan  jarayon  deb 
to„g„ri qabul qilinmoqda. Ahamiyatlisi shundan iboratki, Homi Bhab-
ha
1
 “tarjima” terminini matn va tillar orasidagi ish deb emas, balki bir 
joydan  boshqasiga  olib  o„tiladigan  etimologik  “hissiyot”  deb  ta‟rif-
lagan. U hozirgi dunyoning shart-sharoitlarini, millionlab odamlar yer 
sharining  bir  nuqtasidan  boshqasiga  tinimsiz  ko„chib  yuradigan,  ya-
shash  joylarini  har  kuni  o„zgartiradigan  dunyoni  tavsiflash  uchun 
majoziy ma‟noda tarjimadan foydalanadi.  
Yevropalik bo„lmagan yozuvchilar tomonidan ilgari surilgan, tar-
jima bir qator nazariyalarining markazida uchta qaytariluvchi “ayyor-
                                                 
1
 Bhabha H. The Location of Culture. - London and New York: Routledge, 1994 
- p. 38. 


 
12 
lik”  kuzatiladi:  muqobillik  va  sodiqlik  terminologiyasining  takroran 
ta‟riflanishi, tarjimon obrazi yorqinligining muhimligi,  tarjimani qay-
tadan  ijodkorona  yozish  faoliyati  sifatida  ko„rsatadigan  emfazaning 
o„zgarishi.  
Tarjimon  “xaloskor”,  manba  matnga  unchalik  tobe  bo„lmagan 
asliyat  shaklining  o„zgarmas  ramzlaridan  ozod  qiluvchi,  asliyat 
muallifi  va  matn  hamda  imkoniy  tarjima  tili  kitobxonlari  doirasi 
o„rtasidagi  jarlikka  ko„prik  o„rnatishga  aniq  harakat  qiluvchi  shaxs 
sifatida namoyon bo„ladi 
Bu  keyingi  aytilgan  va  qayta  ko„rilgan  mulohaza  tarjimaning 
ijokorligiga urg„u beradi. Avvalgi tarjimonni yorqin obrazlarda “o„z-
lashtiruvchi”, “bostirib kiruvchi” va yoki “bosib oluvchi” sifatida tav-
siflagan  modellarga  qarganda  do„stona  munosabat  bilan  qabul  qilish 
ko„rinadi. Tarjimaga post mustamlaka tarzida yondashish lisoniy fikr 
almashinuvlarni  ma‟noli  suhbat  tarzida,  na  manba  va  na  asliyatga 
to„laligicha tegishli bo„lmagan makonda ro„y berayotgan jarayon sifa-
tida  ko„rishdan  iborat.  Vanamala  Visvanata  va  Shery  Simonlarning
1
 
ta‟kidlashicha,  tarjimalar  muskamlaka  va  post-kolonial  kontekstida 
madaniy shakllanishining dinamikasini fosh etuvchi birlamchi nuqtayi 
nazarni ta‟minlab beradi.  
1980-yillarning oxirlarigacha tarjimashunoslik Itamar Even-Zohar 
va  Gideon  Touriy  tomonidan  birinchi  bo„lib  ilgari  surilgan  tizimli 
yondashuvga  asoslangan.  Polisistem  nazariya  radikal  rivojlanishda 
bo„ldi, chunki u diqqat e‟tiborni muqobillik va matnga sodiqlik haqi-
dagi  quruq  muhokamalardan  tarjima  qilingan  matnning  yangi  kon-
tekstdagi rolini o„rganishga e‟tibor qaratadi. Ahamiyatli jihati shunda-
ki, bu narsa tarjimaning tarixi bo„yicha kelgusida tarjimaning ahami-
yatini  qayta  baholashni  adabiyot  tarixidagi  o„zgarishlar  va  innovatsi-
yalarni  amalga  oshiruvchi  kuch  sifatida  yo„naltiruvchi  tadqiqotlar 
uchun yo„l ochdi.   
1995-yilda  Gideon  Touriy  “Descriptive  Translation  Studies  and 
Beyond” kitobini nashr ettirdi. Polisistem yondashuvni qayta ko„tarib 
chiqqan  bu  kitob  tarjima  tizimiga  ortiqcha  urg„u  berilganligi  uchun 
                                                 
1
  Viswanatha  V.,  Simon  Sh.  „Shifting  Grounds  of  Exchange‟:  B.M.Srikantaiah 
and Kannada Translation, in Susan Bassnettand Harish Trivedi eds. Postcolonial 
Translation: Theory and Practice. - London and New York: Routledge, 1999. - 
p. 162. 


 
13 
ayrim  olimlar  tomonidan  ijobiy  baholanmadi.  Touriyning  tarjima 
avvalboshda  birlamchi  o„rinda  “nishon”  bo„lgan  madaniyatning  ehti-
yojlarini qondirishga mo„ljallangan bo„lib, tadqiqotning obyekti sifati-
da ushbu tizimni olish mantiqqa to„g„ri keladi, degan qarashni qo„llab 
quvvatlaydi.  U,  shunigdek,  tarjima  me‟yorlarini  shakllantiruvchi  va 
ularning qanday qo„llanilishini ko„rsatuvchi yo„llarni o„rganish uchun 
tarjimaga  xos  bo„lgan  xatti-harakatlar  qonuniyatlari  namunalarini 
aniqlash zarurligini ko„rsatib o„tadi. U tarjima nazariyasining obyekti 
tarjima sifatini ko„tarish degan har qanday firkga qarshi chiqadi: ama-
liyotchilar turli javobgarliklarni zimmalariga olgan paytda, nazariyot-
chilar bitta dastur, rejaga ega bo„lishadi, deb fikrini dalillaydi u. Gar-
chi Touriyning qarashlari umum tomonidan qabul qilinmagan bo„lsa-
da,  bu  fikrlari  keng  omma  tomonidan  hurmat  bilan  qaralgan.  1990-
yillar davomida, tarjima me‟yorlari borasida juda ulkan ilmiy tadqiqot 
hisoblandi va tarjimani o„rganish yuzasidan buyuk ilmiy da‟vat bo„ldi.  
Hozirgi XX asrda siyosiy, geografik va madaniy chegaralar ancha 
o„zgaruvchanki, yaqin tarixning istalgan paytida insonlarning bu che-
garalardan  o„tishi  kuchayadi.  Shu  tariqa  dunyo,  tarjimon  roli  yanada 
katta ahamiyat kasb etadi. Bu holat tarjimaning nima uchun bu qadar 
ko„p muhokama qilinishi va nima uchun tarjimaga talabning yuqorili-
gi  sababidir.  Biz  faqat  World  Wide  Web  kengayishi  bilan  tarjima 
potensialini  tasavvur  qila  boshlaymiz.  Elektron  tarjima  ancha  soxta-
lasha  borgan  paytda  tarjimashunoslik  taraqqiyotga  muhtoj.  Bu  oldin-
dan  aytish  mumkin  bo„lgan  kelajakda  amalga  oshiriladigan  vazifa 
ko„rinadi. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling