O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
2.5. Ilk nazariyotchilar
O„n beshinchi asrda chop etish uskunalarining kashf etilishi tarjima hajmini yanada oshirdi. Shu bilan birga, tarjima nazariyasini shakllantrishga bo„lgan jiddiy urinishlar ham qilindi. Tarjimaning vazifasi uni o„rganish bilan birgalikda o„zgarib bordi. Tarjima nazariyasini shakllantirgan birinchi yozuvchilardan biri fransuz gumanisti Etiyen Dolet (1509-1546) edi. U keyinchalik Pla- tonning mangu hayotga ishonchsizlik ma‟nosidagi diologining no- to„g„ri tarjimasi uchun qatl qilingan. 1540-yilda Dolet tarjima prinsp- lari bo„yicha qisqa ma‟lumotlarni “La maniere de bien traduire d‟une langue en aultre” (“Qanday qilib bir tildan boshqa tilga yaxshi tarjima qilish mumkin”) nomi ostida nashrdan chiqardi va tarjimonlar uchun beshta prinspni belgilab berdi: 1) tarjimon muallifning hissiyot va ma‟nosini to„la tushunishi kerak, garchi u noma‟lumliklarga aniqlik kiritish huquqiga ega bo„l- gan bo„lsa-da; 2) tarjimon ham, asliyat tili ham tarjima tili bo„yicha mukammal bilimga ega bo„lishi kerak; 3) tarjimon so„zma-so„z renderlardan qochishi kerak; 4) tarjimon umumiy qo„llaniladigan muloqot shakllaridan foyda- lanish kerak; 5) tarjimon munosib ohang ishlab chiqarishda so„zlarni to„g„ri tanlashi kerak. Doletning tamoyillari aniq tartibda keltirilgan deya baholaniladi va tarjima tilini tushunishga jiddiy e‟tibor berish kerak. Tarjimon lingvistdan ko„ra ancha chuqur bilimga ega bo„lmog„i lozim. Tarjima asar tiliga ilmiy va hissiy yondashuvni talab etadi. 24 Doletning qarashlari Jorj Chapman 1 (1559-1634) tomonidan “Homer buyuk tarjimon” kitobida takrorlandi. U o„zining “İlliada” tarjimasidagi “kitobxonlarga maktubi”da bu nazariyani takrorlaydi. Maktubda Chapman tarjimon quyidagilarni bajarish kerakligini ta‟kidlaydi: 1) so„zma-so„z renderlardan qochish; 2) original “ruhi”ni berishga erishish uchun harakat; 3) so„zlar va boshqa variantlar ustida ilmiy tahlil orqali tarjimada yo„qotishlardan qochishga intilish. She‟riyatning ilohiy ilhomlantiruvchi Platonik ta‟limoti tarjimon uchun aks sadodir. Unda orginal “ruh” va “ohang”ni boshqa madaniy kontekstda qayta yaratish faraz qilinadi. Shuning uchun tarjimon har ikkala texnik va metafizik darajada orginalga yaqinlashgan matn uchn muallif va auditoriya oldida burch va mas'uliyatga ega. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling