2.4. Kurs ishini rasmiylashtirishning umumiy talablari
Tanlangan mavzu bo‘yicha bajarilgan kurs ishining to‘g’ri rasmiylashtirilishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Kurs ishi belgilangan talablar doirasida rasmiylashtirilishiga hamda
kurs ishida ko‘chirmachilik holatiga yo‘l qo‘yilmasligiga talabaning shaxsan o‘zi
javobgar hisoblanadi.
Kurs ishi Davlat Ta’lim Standartlarida talab etilganidek, tartibli rasmiylashtirilgan,
xatosiz, aniq va tushunarli tilda ravon yozilgan bo‘lishi kerak.
Kurs ishi qo‘lyozma yoki elektron tarzida rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.
Shuningdek, kurs ishi qo‘lyozma tarzida rasmiylashtirilayotganda quyidagi talablarga
javob berishi lozim. Kurs ishi A4 o‘lchamdagi oq qog’ozning bir tomonida, ko‘k rangli
ruchkada yozilishi talab qilinadi, boshqa rang (qora, qizil, yashil va boshqalar)dagi
ruchkalarni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bo‘limlar, jadvallar, rasmlar raqamini va nomlarini ham boshqa rangli ruchkada
yozishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ishda keltiriluvchi jadvallar, diagrammalar, rasmlar
11
kompyuterda tayyorlanib, printerda chop etilgan (qog’oz A4 (210*297mm) shaklda)
holda kiritilishi mumkin.
Kurs ishi kompyuterda tayyorlanganda quyidagi talablarga javob berishi lozim.
Elektron shakldagi kurs ishi loyihasi Times New Roman 14 shriftda, 1,5 intervalda
bo‘lishi lozim.
Kurs ishini yozishda varaqning chap tarafida 3 sm, pastda 2 sm, tepada 2 sm,
Do'stlaringiz bilan baham: |