O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 357.27 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishini yozish bo'yicha qo'llanma Moliyaviy boshqaruv
2.2. Kurs ishini yozish tartibi Talaba tomonidan tanlangan mavzu doirasidagi kurs ishining umumiy hajmi elektron tarzda 25-30 varaqdan yoki qo‘lyozmada 30-40 varaqdan kam bo‘lmasligi kerak. Ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kirmaydi. Kurs ishining titul varag’i belgilangan shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi (5-ilovaga qarang). Kurs ishida me’yoriy hujjatlar va orfografik qoidalar
6 bo‘yicha qabul qilingan shartli qisqartirishlar kiritishga ruxsat beriladi. Masalan: y.-yil, yy.-yillar, m.s- ming so‘m, mln. s. - million so‘m, mak -maksimal va boshqalar. Lekin "Moliya" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kurs ishi yozilar ekan moliyaviy, iqtisodiy terminlar va so‘zlarda kamdan-kam holda qisqartma so‘zlar ishlatiladi. Ushbu holatni inobatga olib, kurs ishida qisqartma so‘zlarni kamroq ishlatish tavsiya etiladi. Shuningdek, kurs ishida ba’zi bir so‘z birikmalari qayta-qayta kelishi ko‘zda tutilsa, ushbu so‘z birikmalarini birinchi yozilishida to‘liq yozish va so‘z birikmasi tugashi bilan qavs ochib, ushbu so‘z birikmasining qisqartma ko‘rinishlarini keltirish kerak. So‘ng, ushbu so‘z birikmasi qaytarilsa, qisqartma ko‘rinishini yozish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti (Departament).
O‘zbekiston Respublikasi Turizm
rivojlantirish Davlat
qo‘mitasi(Qo‘mita). Reja kurs ishi tuzilishini belgilab beruvchi birlamchi qism bo‘lib, uning boshlanish qismida keltiriladi va kurs ishi tarkibidagi kirish, asosiy qism va savollar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, xulosa va ilovalar ko‘rsatiladi. Kurs ishi rejasini talaba asosiy adabiyotlar bilan tanishib chiqqandan keyin tuzishi maqsadga muvofiq. Reja mavzuning mohiyatini ochib beruvchi savollardan tashkil topishi kerak. U kurs ishi rahbari bilan kelishilgan holda tuzilishi maqsadga muvofiqdir. Kurs ishi rejasini tuzishda yagona shakl bo‘lishi mumkin emas, lekin uslubiy qo‘llanmada ma’lum bir mavzu bo‘yicha taxminiy rejani 1-rasmda keltirishni lozim deb topdik.
Download 357.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling