Sirtqi fakulteti decani farmoyishi asosida kurs ishiga rahbar etib belgilangan
pedagog-xodim kurs ishiga ilmiy rahbar hisoblanadi. Kurs ishiga rahbarlik kafedraning
asosiy va o‘rindosh shtatidagi pedagog-xodim tomonidan o‘quv yilidagi umumiy o‘quv
yuklamasi doirasida amalga oshiriladi. “Moliya” kafedrasi pedagog-xodimlari “Moliya”
10
ta’lim yo‘nalishi talabalarining kurs ishlarini o‘rnatilgan talablar asosida bajarilishini
nazorat qiladi va maslahat hamda ko‘rsatmalar berib boradilar.
Ilmiy rahbarlar har haftada ikki marta talabalar bilan telefon, elektron pochta,
“HEMIS” elektron platformasi, shuningdek, telegram ijtimoiy tarmog‘i, Zoom elektron
videoaloqa dasturi va boshqa vositalar orqali muloqotda bo‘lib, kurs ishining yozilishi
va rasmiylashtirilishi yuzasidan maslahatlar beradi, yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: