O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish
17
www.uzse.uz 18 www.uzse.uz 57
normativ hujjatlarda qimmatli qog’ozlar bozorida har qanday funksiyalarni bajarish uchun biron-bir cheklashlar yo’q. Demak banklar emitent, investor, investitsiya muassasasi sifatida ham ish olib borishlari mumkin. Banklarning barqaror moliyaviy ahvoli va bank operatsiyalarining yuksak darajadagi daromadliligi banklarga katta hajmdagi resurslarni qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarga yo’naltirish imkonini beradi. An’anaviy bank operatsiyalari bo’yicha daromadlilik darajasi pasayishi banklarni boshqa muqobil daromad manbalari ustida yanada faolroq ishlashga majbur qilmoqda. Mijozlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati to’g’risida keng ko’lamli axborotga ega bo’lgan banklar yirik emitentlar sifatidagina emas, ayni paytda yirik investorlar sifatida ham faoliyat yuritmoqda. Banklar o’z salohiyatidan faol tarzda foydalanib, qimmatli qog’ozlar bozorida bevosita ishtirokchi va shu bilan birga umuman qimmatli qog’ozlar bilan savdo-sotiqni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yuzaga keltiradigan fond bozori infratuzilmasining muhim yordamchi muassasasi sifatida ham tobora kattaroq ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Banklarda o’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish asosida o’zlarining ustav va aylanma jamg’armalariga qo’shimcha resurslarni jalb etish ehtiyoji borligi qimmatli qog’ozlar bozorida banklarni faollashtirishning eng muhim omillaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi fond bozori faoliyat yuritib kelayotgan davr mobaynida mamlakat tijorat banklari uning faol ishtirokchilari bo’libgina qolmasdan, bozor infratuzilmasini shakllantirishga doir vazifalarning bir qismini ham o’z zimmalariga oldilar. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki haqli ravishda etakchi o’rinlardan birini egallab turibdi. Respublikadagi eng katta universal bank hisoblanuvchi O’zmilliybank fond bozorida avvalo investor sifatida ishlamoqda. Bunda u korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga qaratilgan milliy investitsiya dasturiga tayanib ish ko’rayapti. O’zR Prezidentining “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2008 yil 18 58
noyabrdagi PF-4053 sonli Farmonini bajarish, shuningdek O’zbekiston Respublikasida qimmatli qog’ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Bank tomonidan ikki boshqaruvchi kompaniya – “NBU INVEST GROUP” OAJ va “NBU Investment” OAJ tashkil etildi. Bu kompaniyalarning ustavida belgilangan asosiy vazifalar xorijiy investitsiyalarni, investitsiya fondlarini tashkil qilish, konsalting, anderrayting, depozitar xizmatlar ko’rsatish hamda iqtisodiy nochor korxonalarning mulki negizida tashkil etilgan shu’ba korxonalarning aktivlarini samarali boshqarishdan iboratdir. Qimmatli qog’ozlar bozoridagi bank operatsiyalari bo’yicha asosiy moliya vositalari quyidagilardan iborat: • davlat qimmatli qog’ozlari va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari; • depozit sertifikatlari va depozit (jamg’arma) sertifikatlari; • korporativ obligatsiyalar; • aktsiyalar. Bank qimmatli qog’ozlardan dividendlar, foizlar, kurs (bozor) qiymati o’sishi ko’rinishida, shuningdek yangi mijozlarni hisobiga faoliyat sohasi kengayishidan daromad olish istiqbollari mavjud bo’lgan hollarda, aktivlar likvidligi talablarini hisobga olgan holda, qimmatli qog’ozlarga mablag’larni investitsiyalaydi. Bankning o’z mablag’lari mamlakat iqtisodiyoti va/yoki Bank uchun strategik ahamiyatga ega bo’lgan emitentlarning qimmatli qog’ozlariga ham yo’naltirilishi mumkin. |
ma'muriyatiga murojaat qiling