O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
III BOB. TIJORAT BANKLARINI INVESTITSION FAOLIYATINI
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish
III BOB. TIJORAT BANKLARINI INVESTITSION FAOLIYATINI
TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI Xususan mamlakatimiz prezidentining 2010 yil 16 noyabrdagi “ 2011- 2015 yillarda respublika moliya – bank tizimini yanada isloh va barqarorlashtirishni oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatgichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi PQ – 1438 sonli Qaroriga muvofiq moliya bank barqarorligini baholash tizimini barqarorlashtirish, tijorat banklar investitsion faolligini oshirish, mamlakatning kredit reytingi aniqlash uslubiyatlarini takomillashtirish, qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish, banklarning xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi rolini oshirish borasida bir qator ishlarga erishildi. Jahon tajribasidan ma’lumki, tijorat banklarning investitsion jarayonlarida faol qatnashishi iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda va mamlakatning iqtisodiy salohiyotini yuksaltirishda muhim o’rin tutadi. Ya’ni, “Barchamiz oddiy bir haqiqatni anglab olishimiz darkor - investitsiyalarsiz modernizatsiya ham, yangilanish ham bo’lmaydi. Bu o’rinda nafaqat korxonalar tomonidan investitsiya loyihalarini oshirish jadallashtirishni, balki bundan tijorat banklari qanchalik manfaatdor ekani va ular bu loyihalarni o’z kredit resuruslari bilan nechog’lik faol ishtirok etayotganligini ham ko’zda tutamiz. Buning uchun tijorat banklar yetarli kapitalga ega, moliyaviy barqaror bo’lishi lozim., bir so’z bilan aytganda ular yirik investitsiya institutlariga aylanishi darkor ” 19 . Tijorat banklarning yirik investitsiya institutlariga aylanishi o’z navbatida, iqtisodiy barqarorlikkaa erishish muhim o’rin tutadi. Tijorat banklari tomonidan investitsion faoliyat olib borishdan asosiy maqsad ularning daromadligi va likvidligini taminlashdan iborat. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti tijorat banklar investitsion siyosati bank faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi va banklarning likvidligini taminlashda asosiy rol o’ynaydi. Banklarning investitsion faoliyati turli xil qimmatli qog’ozlar:
19 Krimov.I.A Asosi maqsadimiz- vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish. Toshkent “O’zbekiston” 2010-B. 57
60
oddiy va imtiyozli aksiyalar, obligatsiyalar, dipozit serfikatlari h.k mablag’larni qo’yish orqali amalga oshiriladi. Qimmatli qog’ozlar bozori zamonaviy bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi sifatida, bo’sh moliyaviy resurslarni foydali joylashtirishni xohlovchi investorlarning hamda investitsiyalarga ehtiyoj sezgan va jozibali investitsiya loyihalarga ega bo’lgan emitentlarning manfaatlarini uyg’unlashtirishga yordam beradi. Bank tizimi va qimmatli qog’ozlar bozori milliy iqtisodiyotning yetakchi sohalaridan hisoblanib, davlat tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar, farmonlar, qarorlar va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari ushbu sohalarni rivojlantirishga qaratilgan. Qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishda davlat tomonidan amalga oshirilgan asosiy chora tadbirlardan biri, bir qator qonunlar qabul qilinishi bilan qimmatli qog’ozlar bozorining davlat boshqaruvidagi vakolatli nazorat idorasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Respublika Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk Qo’mitasi huzurida qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining tashkil etilishi hisoblanadi. Markaz O’zbekiston Respublikasi Prezident Farmoni va Respublika Vazirlar Maxkamasining qaroriga asosan tasdiqlangan Nizomiga binoan Respublikada qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirishi, rivojlantirish, nazorat qilish va boshqarish sohasida davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirib kelmoqda. Tijorat banklarining eng muhim vazifalari an’anaviy tarzda quyidagilardan iboratdir:
Vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari jamg’armalar va yig’malarni mujassamlashtirish; hisob-kitob to’lov mexanizmi faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, xalq xo’jaligida hisob-kitobni amalga oshirish va tashkil etish, to’lov muomalasini yo’lga qo’yish; 61
Alohida xo’jalik birikmalari, yuridik va jismoniy shaxslarni kreditlash, ichki va tashqi xo’jalik aylanmasiga kredit-moliya xizmati ko’rsatish;
Moliyaviy va moddiy boyliklarni saqlash; Mijozlarning mulkini ishonchli tarzda boshqarish ( trast operatsiyalari) . Tijorat banklari tobora o’zlariga xos bo’lmagan operatsiyalarini amalga oshira borib banklar uchun noan’anaviy hisoblangan moliya tadbirkorligini joriy etmoqda, jumladan, qimmatli qog’ozlar operatsiyasi, lizing va faktoring hamda kredit-moliya xizmatining boshqa turlari bilan shug’ullanmoqda, taqdim etiladigan xizmatlar doirasini tinmay kengaytirib, sifatini yaxshilamoqda, Yangi istiqbolli mijozlarni jalb qilish uchun raqobatlashmoqda. O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklarining faoliyat mexanizmlari va ularni tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi tahliliy natijalarga kelindi;
muvofiqlashtirish institutlari tomonidan tartibga solish tizimining takomillashtirish darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir;
banklar qimmatli qog’ozlar bozorida passiv va aktiv operatsiyalarni sust olib bormoqdalar;
dividend siyosatlari talab darajasida emas;
banklar qimmatli qog’ozlar bozorida professional ishtiroksi sifatida sust faoliyat yuritmoqda; banklarda korporativ boshqaruv va menejment masalalari passiv hal etilmoqda; 62
banklarning kredit va qimmatli qog’ozlar bozoridagi siyosatlari balansi past samara bermoqda. Yuqorida ko’rsatilgan tadbirlar natijasida O’zbekistonda tijorat banklari faoliyatini qimmatli qog’ozlar bozorida faollashtirishda asosiy e’tibor quyidagi yo’nalishlarga qaratilishi maqsadga muvofiq.
huquqiy va me’yoriy asoslarini takomillashtirish;
o’z-o’zini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarning roli va vazifasini takomillashtirish ; tijorat banklarida korporativ boshqarish va menejmentni yaxshilash. Ushbu yo’nalishlarni amaliyotga chuqurroq tadbiq etilishi qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklari investitsion faoliyatini yanada jadallashtirishga olib kelishi mumkin. Hozirda
banklarning investitsion faoliyatini samarali amalga oshirishda quyidagi muammolar mavjud: Banklarning ustav fondidagi davlatning ulushi kattaligi emissiya qilingan aksiyalarning 79% past aksiyalar taklifi, muomalada faqatgina emissiya qilingan aksiyalarning 13% mavjud. Aksiyalarni kichik lotlar bilan joylashtirilmaydi, bu esa aksiyalarni yoyilishiga yo’l qo’ymaydi va ikkilamchi bozorda banklarning investitsiya faoliyatini rivojlanishiga halaqit beradi. Qimmatli qog’ozlar likvidliligini yo’qligi banklarning investitsion faoliyatini yuritishda riskning yuqori ekanligini bildiradi. Emitentlar faoliyatini shaffof emasligi banklarning faol investitsion faoliyat yuritish o’rniga qimmatli qog’ozlar bozorida passivligiga olib keladi. Listingni rivojlanmasligi va banklarni bozor kotirovkasida manfaat yo’qligi bildiradi. Banklarning qimmatli qog’ozlar bozorida investitsion va emission siyosatining sifatini pastligi va ularda qimmatli qog’ozlar bozorida vositachilik 63
faoliyatini rivojlantirish bo’yicha strategiyani yo’qligi. O’zbekistonda banklarning investitsion faoliyatini rivojlanish istiqbollari quyidagicha:
banklarning investitsion riskini sug’urtalash tizimini ishlab chiqish va qo’llash, investitsiya va risklarni sug’urtalash fondini tashkil etish; Market – meyker institutini rivojlanishiga soliq imtiyozlarini yaratish qimmatli qog’ozlar likvidliligini va bozor kotirovkasini ta’minlaydi, bu esa fond bozorida banklarning investitsion faolligini oshiradi.
ishlab chiqish va qo’llash. Qimmatli qog’ozlar bozorida banklar va sug’urta kompaniyalarning investitsion faoliyatini faollashtirish. Milliy qimmatli qog’ozlar bozorini xalqaro fond birjalar bilan integratsiyalashuvini ta’minlash, bu esa banklarning investitsion faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Respublika qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklarining investitsion faoliyatini rivojlantirish va istiqbollarini belgilashda davlat tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan bank tizimini shakllantirish, banklarni moliya bozorlarida, jumladan qimmatli qog’ozlar bozoridagi rolini faollashtirish, ularning faoliyatini Jahon banklari amaliyotiga yaqinlashtirish va pirovard natijada, banklarning ichki va xalqaro moliyaviy bozorlarda raqobatbardoshligini yuqori darajasiga erishish davlat tomonidan bank tizimininig isloh qilishning strategik maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun, banklarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, tijorat banklarini yanada aksiyadorlashtirish, banklarga rahbarlik qilishda aksiyadorlarning rolini oshirish yo’li bilan korporativ boshqarish tizimini mustahkamlash lozim. O’zbekiston Respublikasida qimmatli qog’ozlar bozoridagi tijorat banklarining investitsiya faoliyatini jadallashtirish yo’lidagi asosiy vazifalardan biri – bu bozorning axborot shaffofligi darajasini oshirishdan iboratdir, ya’ni
64
tegishli axborotga qiziqishi paydo bo’lgan shaxslar uni olishda teng huquqqa ega bo’lishlaridir. Ushbu masalani yechishda qimmatli qog’ozlar bozoriga oid axborot shaffoflik tizimini yaratish muhim ahamiyatga ega. Investorlar tomonidan qo’yilgan asosiy shartlardan biri bo’lib emitentlar va ularning qimmatli qog’ozlar haqidagi axborot sifat darajasining oshishidir. Har bir investor qimmatli qog’ozlarga mablag’ ajratishdan oldin emitent va qimmatli qog’ozlar harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni tahlil qilib riskga baho beradi. O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasi qoshidagi qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi faoliyati aynan shunga qaratilgan. Tijorat banklari investitsiya faoliyatining indikatorlari quyidalar hisoblanadi 20 :
investitsion resuruslar real qiymati indeksi; bank investitsiyalar hajmi;
banklar umumiy aktivlarining investitsion qo’yilmalarning ulushi;
ob’yektlar bo’yicha bank investitsiyalar tarkibiy ko’rsatgichlari;
banklar ivvestitsion faoliyatining samaradorlik ko’rsatgichlari, jumladan investitsiya hajmi hisobiga aktivlar va foydaning qo’shimcha ulushi;
foydaning moliyaviy aktivlarga kapital qo’yilmalar bilan ishlab chiqarish tarmoqlariga investitsiyalashni taqqoslash daromadlik ko’rsatkichlar.
o’sishini ta’minlash maqsadida quyidagilarni amalga oshirishni shakillantirish (rivojlantirish) lozim: investorlar emitent-zayom oluvchining taxminiy loyihasidan bo’lgan risk va investitsiya rejalarini to’liq yoritib beruvchi asosiy hujjat bo’lmish qimmatli qog’ozlar emissiyasining standartlashtirilishi;
20
A.V. Belikova. Metodicheskiy jurnal «investitsionniy banking» №3(3)/2006
65
investorlarga emitent-zayom oluvchi tomonidan jamg’armalarni boshqarish samaradorligi va investitsiya daromadliligini istiqbollarining ishonchliligini nazorat qilish borasida emitentlarning joriy hisobotini standartlashtirish. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ- 1438-sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi Qaroriga ko’ra 2011 yilda respublika bank tizimi barqarorligini ta’minlash va iqtisodiyotning yuqori o’sish sur’atlarini rag’batlantirishga qaratilgan quyidagi qator muhim chora-tadbirlar: Iqtisodiyotga yo’naltirilgan kreditlar hajmini oshirish va banklarning investitsion jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish borasida: iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo’yicha investitsion loyihalarini, jumladan hududlarni rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni kreditlash hajmlarini yil mobaynida 30 foizga ko’paytirish; investitsiya maqsadlari uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish mexanizmlarini yanada takomillashtirish;
O’zbekiston banklar assotsiatsiyasi qoshida tijorat banklari bilan hamkorlikda investitsiya loyihalari bo’yicha loyiha hujjatlari tayyorlashni moliyalashtirish jamg’armasini tashkil qilish;
tijorat banklarining ustav kapitaliga yo’naltirilgan maqsadli mablag’lar hisobidan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini imtiyozli kreditlash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni davom ettirish; "Inqirozga qarshi choralar dasturi"da 2012 yil uchun belgilangan chora- tadbirlarni to’liq amalga oshirish, xususan:
to’lanmay qolgan qarzlari tufayli banklarning balansiga o’tkazilgan bankrot korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish, ishlab chiqarish faoliyatini tiklash, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va zamonaviy
66
boshqaruv usullarini tadbiq etish hamda ularni yangi investorlarga sotish bilan bog’liq ishlarni davom ettirish; barqaror eksport salohiyatiga ega korxonalarni imtiyozli kreditlar ajratish yo’li bilan moliyaviy qo’llab-quvvatlashga doir ishlar amalga oshiriladi. Respublikamizda investitsiyalar hajmining o’sishi va
ularni moliyalashtirish manbalari tarkibidagi o’zgarishlar sifat jihatdan istiqbolini belgilash hamda rivojlanishini belgilab beradi. Banklar tomonidan bankrot korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish va qayta tiklash, ularni texnik va texnologik jihatdan monidernizatsiyalash hamda qayta jihozlashni taminlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish ishlar etish bo’yicha 2013 yilning 1-sentabr holatiga ko’ra tijorat banklar tomonidan korxonada modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash uchun banklar tomonidan 442,6 mlr.so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi. Iqtisodiy nochor korxonalarni sog’lomlashtirish mexanizmi yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, yangi ish o’rinlarini yaratish bozorida, bankrotlik tufayli xizmatchilarga o’z vaqtida berilmagan oylik ish haqlarini, ta’til pullarini qoplashdek muhim iqtisodiy vazifani ham bajaradi. Yuqoridagi ko’rsatgichlarga asosan xulosa qilish mumkinki, tijorat banklarning sanoat korxonalarning moliyaviy jihatdan qo’llab – quvvatlash jarayonida faol ishtirok etayotganligi, iqtisodiy nochor korxonalar banklar balansiga olgan holda ular faoliyatini tiklayotganligi nafaqat investitsion faollikning oshishiga, balki yuqori sifatli va raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish hamda yangi ish o’rinlari yaratilishi muhim o’rin tutmoqda. 67
Xulosa Tijorat banklarida investitsiya jarayoni asosan quyidagi 3 yo’nalishda amalga oshiriladi: Investitsiya maqsadida mablag’lar mobilizatsiyasini amalga oshirish (jamlash); Investitsion hususiyatga ega bo’lgan kreditlar taqdim etish; Mablag’larni qimmatli qog’ozlarga joylashtirish (ham bank hisobidan, ham mijoz topshirig’iga ko’ra); Banklar tomonidan loyihaviy moliyalashtirish bu investitsiya loyihalarini kreditlashtirishning bir turi bo’lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan bog’liq risklarni qisman yoki to’liq o’z zimmasiga oladi. Agar banklarning oddiy kredit operatsiyalarida eng avvalo qarzdorning kreditga qobiliyatliligini o’rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini, shuningdek garov sifatida foydalanadigan mol mulklarni baholashga asosiy ahamiyat berilsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa loyihaviy tahlilga asosiy e’tibor qaratiladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, hozirda tijorat banklaridan iqtisodiyot tarmoqlari va biznes sohalari bo’yicha keng investitsiya imkoniyatlari tadqiqotlarini o’tkazish, ularning natijasiga asosan tarmoqlar va biznes sohalari bo’yicha investitsiyalarni yo’naltirish talab etilmoqda. Hukumatimiz tomonidan yaratilib berilayotgan imtiyozlar banklarning investitsion faoliyatini yanada rivojlantirishga imkon yaratmoqda. Sababi, banklarning likvid qimmatli qog’ozlarga qilgan investitsiyalari bank ichki boshqaruvida bir qator muhim funktsiyalarni bajarishga va uning faoliyatini yaxshilashga katta rol o’ynamoqda. Bu qimmatli qog’ozlar, kreditlardan farqli ravishda, qo’shimcha daromad manbaini tashkil qilmoqda. Bu esa bank va aktsionerlar uchun juda muhimdir. Shuningdek bu operatsiya yuqorida aytib o’tilganidek, bank likvidligini ushlab turishini ta’minlaydi va o’z vaqtida bankning moliyaviy mablag’larga bo’lgan talabini qondiradi. Bu operatsiyaning yana bir hususiyati shundaki, soliqdan ozod qilingan qimmatli qog’ozlarga investitsiyalash orqali bankning soliq majburiyatlarini kamaytirishga hizmat qiladi. 68
Tijorat banki qimmatli qog’ozlarni sotib olishda, albatta, ayrim faktorlarni inobatga olishi zarur. Bu omillarga kutilayotgan daromad me’yori, bankning soliq majburiyatlari, foiz riski, kredit riski, likvidlilik riski, inflyatsiya riski va boshqalar mansubdir. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi investitsiya faoliyatini takomillashtirishdagi muammolardan biri - portfelni boshqarishdan ko’zlangan maqsadni aniqlash hisoblanadi. Ushbu muammo portfelni shakllantirish statistik ma’lumotlardan, portfelni boshqarishdan dinamik masalalarga o’tish jarayonida ba`zi modellarini modifikatsiyalash zarurligi bilan bog’liq. Bank amaliyoti ko’rsatishicha, shartnomaning amal qilish muddati bo’yicha mijoz o’z investitsiya manfaatlarini o’zgartira olmaydi. Ushbu vazifani amalga oshirish investitsiya portfeli prognozini aniqlash imkonini beradi. Maqsadlarga ko’ra, banklarning investitsiya faoliyati aktivlar o’rtasida portfel investitsiyalarini samarali taqsimlanishidan iboratdir. Ushbu portfel shakllanishida xavfsizlik, daromadlilik kabi jihatlarga e’tibor qaratish lozim. Investitsiya nazorati portfelining ikki turini, ya’ni daromad va o’sish portfelini alohida ajratish lozim. Ushbu portfellar asosida daromad shakllanadi. Har bir portfel kam risklilik, yuqori likvidlilik va daromadlilik tamoyillariga asosan shakllanadi. Investitsiya portfeli jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo’lgan qimmatli qog’ozlar majmui hisoblanadi. Ushbu portfelni boshqarishdan maqsad portfelning investitsiya xususiyatini saqlab qolishdir. Portfelli investitsiyani boshqarishda investor o’zi uchun shart - sharoit yaratishi, banklar esa, qimmatli qog’ozlarni optimal tuzulmasini aniqlashi zarur.
Demak, yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqib, banklarning investitsion faoliyatining samaradorligini oshirish uchun quyidagi takliflarni keltirish mumkin: 1. Tijorat banklarining investitsiya faoliyati kengaytirilishini yanada rag’batlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va 69
texnologik qayta jihozlashga yo’naltirilgan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalash hajmlarini oshirish uchun ularning resurs bazasini mustahkamlash;
2. Tijorat banklarida investitsion portfelni diversifikatsiyasini yanada takomillashtirish lozim. 3. Banklarimiz uzoq muddatli resurlarini ko’paytirish vositasida uzoq muddatli samarador loyihalarga investitsiyalarni yo’naltirish lozim. Uzoq muddatli resurslarni ko’paytirish uchun avvalambor, banklarni kapitallashuv darajasini oshirish, keyin banklar tomonidan uzoq muddatli depozit sertifikatlarini chiqarish, aholi va yuridik shaxslarning muddatsiz depozitlari o’rniga uzoq muddatli depozitlarini ko’proq jalb qilish lozim. Bunga har xil imtiyozlarni joriy qilish, jozibador omonat turlarini tashkil qilish orqali erishish mumkin.
4. Xorijiy
banklarda investitsion risklarni boshqarishda keng qo’llaniladigan usullardan foydalanishni mahalliy banklar amaliyotida joriy etish maqsadga muvofiq. 6. Tijorat banklarida qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni kengaytirish lozim, xususan, ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorida. Jami aktivlarda qimmatli qog’ozlarning ulushi 1 foizga ham etmaydi. Vaholanki, rivojlangan mamlakatlarda uning ulushi kreditlardan so’ng ikkinchi o’rinda turadi va ulushi 20-30 foizni tashkil etadi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling