O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
I BOB. TIJORAT BANKLARINING INVESTITSION FAOLIYATI VA
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish
I BOB. TIJORAT BANKLARINING INVESTITSION FAOLIYATI VA
UNING AHAMIYATI 1.1 Banklarning investitsion faoliyatining nazariy-huquqiy asoslari Investitsiyalar zamonaviy iqtisodiyotda nihoyatda muhim rol o’ynaydi, chunki investitsiyalar bo’sh moliyaviy resurslarga ega bo’lgan bozor sub’ektlari uchun foyda olish maqsadida jamg’armani samarali joylashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni kengaytirish, aholini ishsiz qatlamlarini ushbu tarmoq korxonalarining ish bilan ta’minlash hamda shu orqali aholi farovonligiga erishishga yordam beradi.
qog’ozlarlariga uzoq muddatli qo’yilgan mablag’lardir. Tijorat banklari krediti investitsiyadan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: Birinchidan, bank krediti, bank mablag’larini nisbatan qisqa vaqt ichida foydalanishga beradi va kredit summasini hamda u bo’yicha foiz stavkasini o’z vaqtida qaytarishni talab qiladi. Investitsiyada esa qo’yilgan mablag’lar (qo’yilmalar) hali o’z egasiga qaytarib kelishidan oldin uzoq davr mobaynida bankka daromad olib kelishini bildiradi. Ikkinchidan, bank kreditida kredit munosabatlarini yuzaga keltirish bo’yicha tashabbus qarz oluvchi tomonidan o’rtaga tashlanadigan bo’lsa, investitsiya esa qimmatli qog’ozlar bozorida aktivlarni sotib olishga intiluvchi tijorat banki tashabbus ko’rsatadi. Uchinchidan , bankning kredit shartnomasida bank kam miqdordagi kreditorlar orasida asosiydir. Investitsion shartnomalar esa tijorat banki ko’plab kreditorlardan biridir. To’rtinchidan, bank kreditida bank va qarz oluvchi bevosita kredit shartnoma orqali bog’langan bo’lib, ularning faoliyatiga hech kim aralashmaydi.
8
Investitsiya esa turli xil qimmatli qog’ozlar orqali korxona, tashkilotlarning faoliyati bilan bankning faoliyati bog’lanib ketadi 3 .
maqsad ularning daromadliligi va likvidliligini (bankning faoliyati bo’yicha majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olish qobiliyati) ta’minlashdan iborat. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida tijorat banklarining investitsiya siyosati bank faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi va banklarning likvidliligini ta’minlaydi. Banklarning investitsion faoliyati turli xil qimmatbaho qog’ozlar: oddiy va imtiyozli aksiyalar, obligatsiyalar, davlat qarzdorlik majburiyatlari, depozit sertifikatlari, veksel va boshqalarga mablag’larini qo’yish orqali amalga oshiradilar. Alohida olingan davlatlarda banklar tizimining rivojlanishi va banklar o’tkazadigan opearatsiyalarning turlari va ko’lamiga qarab ularning investitsion faoliyati turli yo’nalishlarga qaratilgan bo’lishi va shu operatsiyalar turlari bo’yicha olinadigan daromad solig’i ham turli xil bo’lishi mumkin. Masalan, Amerika banklari amaliyotida davlatning qisqa muddatli qarz majburiyatlarini ifodalovchi qimmatli qog’ozlariga investitsiya qilish odatda kam daromad keltiradi, ammo ular yuqori likvidlilikka ega va ular bo’yicha to’lanmaslik riski nolga teng bo’lib, bozor stavkasining o’zgarish riski ham kichik bo’lgan qimmatli qog’ozlar hisoblanadi. Uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar yuqori daromad keltiradi, shuning uchun banklar ularni muddati tugaguncha saqlashadi. Banklar o’z mablag’larini munitsipalitetlarning qimmatbaho qog’ozlariga ham qo’yishadi, chunki ular bo’yicha to’lanadigan foiz soliqqa tortilmaydi. O’z likvidliligini ta’minlash maqsadida banklar uncha katta bo’lmagan summani boshqa qimmatli qog’ozlar: bank aktseptlari, qimmatli qog’ozlar bozoridagi tijorat qog’ozlari, brokerlik ssudalar va tovar-kredit korporatsiyalari sertifikatlariga qo’yishadi. Daromadlikni ta’minlash maqsadida, lekin likvidligini xavf ostida qo’ygan holda banklar o’z mablag’larini ba’zi bir
3 Imomov Hamdulla”Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” T: 2011 yil 27 - b. 9
hukumat muassasalari obligatsiyalari va korporatsilarning birinchi darajali obligatsiyalariga investitsiya qiladilar. Hozirgi sharoitda ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati va umuman mamlakat iqtisodiyoti investitsiyalarni amalga oshirish hajmi va shakliga hal qiluvchi darajada bog’liq. Mamlakatda investitsiya faoliyati qonunlar tizimi bilan birga shuningdek, mamlakat Prezidenti I.A.Karimovning Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib turiladi. O’zbekiston Respublikasida investitsiya munosabatlarini tartibga solish o’zagini 1998 yil 24 dekabrdagi 719-I – sonli “Investitsiya faoliyati to’g’risida”, 1998 yil 30 apreldagi “Xorijiy investitsiyalar to’g’risida”, 1998 yil 30 apreldagi “ Kafolatlar va xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish choralari to’g’risida”gi Qonunlar tashkil etadi. Shuningdek “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ 2009 yil 28 iyulda qabul qilinishi. “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunda belgilab berilganidek: “Investitsiyalar – iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga sarflanadigan moddiy va nomoddiy ne’matlar va ularga egalik qilish huquqidir” (O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunning 2-moddasi). Investitsiyalar moliya bozorining kategoriyasidir, ya’ni, iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari o’rtasida mablag’larni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonidagina yashashi va amalga oshirilishi mumkin. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, tijorat banklarining investitsion faoliyati deganimizda ularning ko’p qirrali faoliyati tushuniladi va bu faoliyat moddiy va moliyaviy boyliklarni yaratadigan ob’ektlarga sarflanadigan moliyaviy resurslar tushuniladi. Investitsiyalash va iqtisodiy munosabatlar turli qatnashchilarining jamg’armalari sabablari makromuhit va mikromuhit omillari bilan belgilanadi. Makromuhit omillariga iqtisodiy (inflyatsiya, soliq darajalari, mamlakatda amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati), siyosiy (mamlakatda siyosiy 10
barqarorlik, qonun bazasining mavjudligi, davlat boshqaruvining barqarorligi va h.k.), ilmiy-texnikaviy (fan va texnika taraqqiyoti darajasi, sanoat qudrati, mamlakatda amalga oshirilayotgan sanoat siyosati va h.k.) sabablar kiradi. Mikromuhit omillari jumlasiga mamlakatda raqobat darajasi, investitsiyalash vositalaridan foydalanish imkoniyatlari va boshqalar kiradi. “...bugungi kunda bank tizimini isloh qilish borasida eng muhim vazifalar banklarning o’z ustav kapitalini ko’paytirish, aholi, tadbirkorlik su’ektlari va sarmoya kiritish mumkin bo’lgan investorlar, shu jumlajan, xorijiy investitsiyalarning bo’sh pul mablag’larini jalb qilish uchun aksiyalar chiqarish va ularni fond bozorlarida faol joylashtirish kabi kompleks choralarni amalga oshirishdan iborat bo’lmog’i lozim...” deb ta’kidlab o’tganligi bejiz emas. 4
Aynan shu bozor iqtisodiyoti tamoyillarini amalga oshirish mexanizmlarining eng kuchlisiga aylanishi kerak. O’zbekiston milliy iqtisodiyotini o’ziga xosligini aks ettiradigan bozor xo’jaligining samarali modeli yaratilishida faol qatnashib tijorat banklari qimmatli qog’ozlar mahalliy bozorini shakllantirishga katta e’tibor beradilar. O’zbekiston qimmatli qog’ozlar bozorida birinchi bo’lib tijorat banklarining aksiyalari paydo bo’lgan. Shu o’rinda aytish joizki, so’nggi yillarda banklarni e’tibori investitsiya faoliyatining quyidagi nufuzli yo’nalishlariga qaratilgan: yirik aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini boshqarish, investitsiya va xususiylashtirish fondlari bilan ishlash. Bizning fikrimizcha investitsiyalarning funktsional tuzilmasi 1- rasmga muvofiq barcha mablag’larni o’z ichiga olishi zarur. Bunda, ularni qayta ishlab chiqarish tuzilmasini, texnologik, mulk shakllarini, tarmoqlarini mintaqaviy va hududiy, moliyaviy, iqtisodiy, moliyalashtirish manbalari va jamg’arma qo’yilmalari hududiy tuzilmasini o’z ichiga olishi zarur. Mana shu holda investitsiyalarning funktsional tuzilmasi to’liq shallangan bo’ladi. Bu tuzilmaning to’g’ri tashkil etilishi banklarning investitsiya portfelining to’g’ri tashkil etish imkonini beradi.
4 Karimov.I.A.“Demokratik huquqiy davlat, erkin iqtisodiyot talablarini to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati asoslarini qurish – farovon hayotimiz garovidir” - T.: “O’zbekiston” NMIU, 2007. 43 b.
11
Bank samarali investitsiya faoliyatining asosiy maqsadi, eng samarali va xatarsiz moliyaviy dastaklarni tanlab olish orqali investitsiya strategiyasining amalga oshirilishini ta’minlash hisoblanadi. Asosiy maqsaddan kelib chiqib, tanlab olingan strategiya hamda uning amaliy investitsiya faoliyatini amalga oshirish xususiyatlarini hisobga olib,
bank investitsiya portfelini shakllantirishning aniq maqsadlari tizimi quriladi.
Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling