O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
Tijonrat banklarida investitsion faoliyatni amalga oshirish
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish
1.2. Tijonrat banklarida investitsion faoliyatni amalga oshirish mezonlari Investitsion loyihalarni moliyaviy tahlil etish ularning samaradorligi ko’rsatkichlariga baho berishda asosiy o’rin egallaydi. Moliyaviy tahlil investitsion loyihani amalga oshirishdan keladigan samara, uning har bir ishtirokchisi maqsadlaridan kelib chiqqan holda, loyihani amalga oshirishda erishilishi lozim bo’lgan natijalarni qo’lga kiritish imkoniyatlarini ochib beradi. Bozor islohotlarigacha bo’lgan davrda, ya’ni markazlashtirilgan rejalashtirish tizimi amal qilgan paytda kapital qo’yilmalarning samaradorligini baholashda tarmoq me’yor koeffitsienti yordamida taqqoslama iqtisodiy samaradorlikni hisoblash yo’li bilan absolyut va nisbiy ko’rinishlardagi ularning qoplanishini hisoblash usullari yotardi. Investitsiyalash variantlarini tanlashda ham ushbu uslublarning o’ziga xos o’rni bor edi, lekin ular qattiq dogmatik andozalar tizimi bilan chegaralangandi. Shuning uchun ushbu uslublarda zarur bo’lgan ko’rsatmalar yo’q edi, ya’ni bular: bozor iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan investitsion loyihalarni amalga oshirishdagi noaniqliklar va risklar, inflyatsiya sharoitidagi real va nominal qiymatlarini baholash va shu kabilardir. Shuningdek kapital quyilmalarining samaradorligini aniqlashda, baholashda iqtisodiy, ijtimoiy va ayniqsa, marketing jihatlari hamda loyiha ishtirokchilarining manfaatlari etarlicha hisobga olinmas edi, pul oqimi tahlili, balans tahlili, amortizatsiya hisobi va boshqalarga bo’lgan e’tibor uning uchun xos emasdi. Yuqoridagi holatlarni hisobga olmaslik ma’muriy boshqarish davriga mos keladi, chunki unda davlat mulki hukmron hisoblanar va bu borada undan boshqa manfaatdorlar yo’q edi. Bundan tashqari, har bir loyiha davlat tomonidan belgilangan dasturlar orqali moliyalashtirilar, loyihalarning samaradorligi, kreditning qaytarilishi kabi omillar unchalik ahamiyat kasb etmasdi. Shuningdek xususiy tadbirkorlikning mavjud bo’lmaganligi, insonlarni mustaqil bir ish qilishlariga va faoliyat olib borishlariga yo’l bermas edi. 22
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, investitsion loyiha, eng avvalo, ma’lum bir maqsadni ko’zlagan holda ko’pchilikning manfaatlarini e’tiborga olish bilan amalga oshirilishi lozim. Hozirgi iqtisodiy vaziyat, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishidagi vazifalar, investitsion loyihalarni amalga oshirishda bir necha manfaatlarning o’zaro to’qnash kelishi jahon iqtisodiyotidagi eng etuk tajribalarni O’zbekiston iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy etish barcha sohalardagi kabi investitsion loyihalar tahlilida ham uslubiy o’zgarishlarga erishishni taqozo etdi va uni muhim vazifa sifatida qo’ydi. Ushbu vazifani echishda mualliflar V.V.Berens va P.M.Xavraneklarning investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda «YuNIDO» uslubiyoti keng tadqiq etilgan bo’lib, bu uslubiyot loyihalarni tahlil etishda ahamiyatli o’rin tutadi. Ushbu uslubda u yoki bu loyihani moliyalashtirishda qarorlar qabul qilish, shuningdek investitsiya oldi tadqiqotlari uchun mo’ljallangan kapital quyilmalari samaradorligini baholashning jahon tajribasida batafsil yoritib berilgan. Bularning barchasi bozor tahlilining jihatlariga, shuningdek texnik- iqtisodiy asoslashdagi savollarga, ya’ni xom ashyo bazasini baholash, qurilish maydonini tanlash, loyihalashtirish va texnologiyalarni tanlash, investitsion loyihalarni investorlarning o’z mablag’lari evaziga, shuningdek tashqi manbalar evaziga moliyalashtirishni ta’minlash, investitsion loyihalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash jarayonlariga tegishlidir. Investitsiyalarni baholash uchun sharoitlar mavjud bo’lganda, loyihani tayyorlash moliyaviy va iqtisodiy tahlillar talablariga muvofiq holda o’tkazilishi kerak.
Agar moliyaviy tahlilda mutaxassis texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqishning boshlang’ich bosqichlarida ushbu jarayonga qo’yilgan bo’lsagina, tegishli mutaxassis orqali moliyaviy tahlil loyiha ishlab chiqilishining boshidan boshlab kuzatib borish mumkin bo’ladi. Investitsiyalash moliyaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan kelgusida investitsiyalarning umumiy boshlang’ich qiymatini oshiruvchi sof foydani hosil 23
qilish va olish maqsadida barcha turdagi moliyaviy, iqtisodiy resurslarning uzoq muddatga qo’yilishi sifatida aniqlashi mumkin. Ushbu quyilmaning asosiy jihati – bu moliviy resurslarni investitsiyalar tomonidan ishlab chiqarish aktivlariga qo’yilgan asosiy va sof aylanma kapitalga aylantirishdan iboratdir. Kelgusida sof foydaga qiziqish loyihaga mablag’ soluvchi har bir ishtirokchi tomon uchun umumiy bo’lsada, kutilayotgan foyda yoki daromad har xil baholanishi va farq qilishi mumkin. YuNIDO uslubi bo’yicha moliyaviy tahlilning muhim jihatlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: investitsiya qarorlarining asosiy mezonlari;
qo’yilmalarni baholash va loyiha qaytimi; loyihaning hayotiylik davri va uni gorizont rejalashtirish; risk, noaniqliklar va boshqalar. Moliyaviy tahlilning maqsadlari va andozasi «investitsiyalash» so’zining mazmuni bilan ma’lum bir ahamiyat darajasida aniqlanadi. Investitsiyalash moliyaviy, iqtisodiy resurslarni kelgusida foyda olish yoki uni yaratish va ijtimoiy samaraga erishish maqsadida uzoq muddatga iqtisodiy resurslarni qo’yishdir. Ushbu qo’yilmaning asosiy jihati investorning o’z mablag’larini investitsiyalash asosida ishlab chiqarish aktivlariga, shuningdek ushbu resurslarni ishlatish bilan yangi likvidlikni hosil qilishga o’zlashtirishda namoyon bo’ladi. Yuqoridagilarni hisobga olish bilan «investitsiyalash» tushunchasi o’ziga xos aniqlik kasb etadi, moliyaviy tahlil va loyihani so’nggi baholash esa loyiha bo’yicha talab qilinadigan qo’yilmalarni, kutilayotgan natijani, shuningdek kelgusi sof foydani tahlil etish va baholashni (qiymatini) ko’zda tutadi. Ushbu maqsad uchun qo’llaniladigan usullar quyidagilardir: - loyihaning bashorat qilinish xususiyatlari haqqoniyligining tahlili;
24
- investitsiyaning amalga oshuvchanligiga sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi jiddiy o’zgarishlarni aniqlash bilan loyihalashtirilayotgan xarajat va daromadlarning tarkibi va ahamiyatligini tahlil etish; - investitsiyalardan keladigan daromad, ularning foydaliligi, samaradorligi orqali aks ettirilgan har yillik hosil qilingan va jamg’arilgan sof moliyaviy foydani aniqlik va baholash; - vaqt omilining kapital qiymati, baholar va noaniqlik sharoitida (aniq loyiha bilan bog’liq bo’lgan risklar) qabul qilinadigan qarorlar munosabatini hisobga olish. Shunday qilib, moliyaviy tahlilning maqsadi va andozasi shundan iboratki, u investitsiyalash va moliyalashtirishdagi barcha savollarning echimi bilan bog’liq omillarni, shuningdek loyihadagi barcha moliyaviy oqibatlarni tahlil qiladi va aniqlaydi. Moliyaviy tahlilning asosiy jihatlari quyidagichadir: Birinchidan, sanoat investitsiya loyihalarining moliyaviy tahlili – bu salohiyatli investorlar va loyiha yaratuvchilariga loyihadagi moliyaviy oqibatlarni ko’rsatish uchun yoki asosiysi texnik xarajatlarni yoki loyiha takliflarini tugallash uchun loyihani ishlab chiqarishning oxirgi bosqichlarida amalga oshiriladigan ajratiluvchi faoliyat emas. Moliyaviy tahlil texnologiya va ishlab
chiqarish quvvati, loyihalashtirilayotgan korxonaning joylashgan joyi, resurslar, loyiha andozasi, marketing strategiyalarning mohiyati jihatidan aniqlanuvchi loyiha strategiyalarini ishlab chiqish va turli xil muqobillarini ko’zda tutishi lozim. Ikkinchidan, moliyaviy tahlilni o’tkazish jarayonida qaror qabul qiluvchi shaxs investitsiyalarni baholash uchun turli xil mezonlarni qo’llashni ham hisobga olishi zarur. Bu analitikni shunday mezonlarni aniqlashga majbur qiladi va u investorlar talab qiladigan axborotlarni tayyorlash uchun unga muvofiq keluvchi usullarni tanlaydi. Masalan, investorlar past
rentabellikda tezlashtirilgan amortizatsiyani afzal ko’rishi mumkin yoki, hatto, kichik daromadlar sharoitida bosh raqobatchiga nisbatan bozordagi o’z ulushini
25
kengaytirishni xohlashi mumkin, bunda uning strategiyasi mavjud firmaning yuqori rentabelliligini ta’minlashga xizmat qilishi mumkin. Bu erda nafaqat ishtirok etuvchi tomonlarning, balki jamiyatning ham qiziqishini hisobga olish kerak. Jamiyatning qiziqishi shundaki, bunda ular investitsiya jarayonida cheklangan resurslarning samarali ishlatilishi va mamlakatning rivojlanishiga intiladilar. Qiziqishlarni nazorat qilish uchun turli xil ma’muriy va fiskal tadbirlar qo’llaniladi. Bu tadbirlar ham rag’batlantiruvchi, ham chegaralovchi bo’lib, loyihani baholash va moliyaviy tahlil jarayonlariga kiritilishi va aniqlanishi lozim.
Investitsion loyihalar tahlilida loyihalarni amalga oshirish ehtimoli jihatidan ularni bir xillashtirish, tekshirish, batafsil ko’rib chiqish, ma’qullash va kompleks ekspertizadan o’tkazish bosqichlarini nazarda tutadi. Kompleks ekspertiza investitsion loyiha mahsulotlariga erishish imkoniyatlarini izlashga, loyihani cheklangan resurslar bilan belgilangan vaqt mobaynida va makonda ta’minlash, shuningdek tegishli texnik vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Investitsion loyihalar ekspertizasi bosqichida uni tatbiq etilishining asoslari yaratiladi. Ekspertizaning vazifasi – jami ijobiy va salbiy oqibatlarni hisobga olgan holda loyihaga baho berishdan hamda tanlovdan iborat bo’ladi. Ekspertiza investitsion loyihaning bir necha muhim jihatlarini tahlil qilishni qamrab oladi. Investitsion loyiha ekspertizasining texnik tomoni g’oyat muhim, chunki loyiha muvozanatlangan muhandislik va texnik tamoyillarga asoslanishi kerak. Ekspertizaning bu bosqichida investitsion loyihaning tatbiq etish jarayonlari, loyiha uchun etkazib beriladigan materiallar, uskunalar va texnika tizimlarining ishonchliligi, loyihani joylashtirish o’rnining asoslanganligi, loyiha uchun zarur bo’lgan resurslarning mavjudligi va sifati, shu jumladan, ishchi kuchi va rahbar kaddrlar malakasi, loyiha uchun foydalaniladigan infratuzilmaning mavjudligi, shartnomalar tuzish tartiblari, ishlab chiqarish quvvatlari, xizmatlarni sotib olish usullari, loyihani amalga oshirish jadvali muddatlari, natijalari tahlil qilinadi.
26
Texnik ekspertizani o’tkazishda investitsion loyihalarda foydalaniladigan texnologiyaga alohida e’tibor qaratish kerak, bu esa o’z navbatida zamonaviy texnologiyalar haqidagi axborotlarni yig’ish usullarini izlab topishni talab etadi. Texnik ekspertiza investitsion loyihani joriy etishning ish rejasini tekshiradi va xarajatlarni tartibga solish tizimini beliglaydi. Yirik investitsion loyihalar ekspertizasi risklarni mukammal tahlil qilishni ham o’z ichiga olishi zarur. Loyihada risklar darajasini kamaytirishga xizmat qiladigan turli xil o’zgarishlar kiritish mumkinligi ko’rib chiqiladi va sug’urta qilish yo’li bilan ularni kamaytirish imkoniyatlari aniqlanadi. Loyiha ekspertizasining tijorat jihati zarur resurslar va xizmatlar ni sotib olish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bo’yicha chora-tadbirlarni o’z ichiga qamrab oladi.
6
Tijorat ekspertizasi resurslarni olish mumkinligi, sifati va ularning kelajakdagi narxlarini baholash, mahsulotga talab, marketing bo’yicha tadbirlar va mahsulotnig taxminiy narxi, loyihaning tijorat jihatining hayotiyligini aniqlash uchun daromadlar va xarajatlar yo’nalishlari bo’yicha tahlil o’tkazishni talab etadi. Investitsion loyihaning tabiatiga qarab,
uning samaradorligini ta’minlaydigan marketing tadbirlariga xaridorlar va sotuvchilar asosli qarorlar qabul qilish uchun talab, taklif, narx bo’yicha bozor holati to’g’risida axborot olish, sotib olishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlarning mavjudligi, mahsulotni tashish, saqlash va sotish tadbirlarini kiritish mumkin. Investitsion loyiha ekspertizasining moliyaviy jihatlari loyihaning moliya rejasini tahlil qilishdan iborat bo’lib, unda investitsion loyihaning rentabelligi, moliyaviy risklarni baholash, zaruriy tashkiliy o’zgarishlar kabi omillar hisobga olinadi. Moliyaviy ekspertizada yillik moliyaviy natijalar, loyihaga mas’ul bo’lgan tashkilotning prognoz bahosi, ta’mirlash xarajatlari, amortizatsiya ajratmalari, kreditlar bo’yicha foizlarlarga aniqliklar kiritiladi. Shu bilan birga
6 Брук Н. Банковское дело и финансирования инвестицией. Институт Экономического развития Всемирного банка, 1 том, 1,2 часть, 1995 г 27
moliyaviy ekspertizada naqd pul harakati prognozlarini belgilash maqsadlari ham nazarda tutiladi. Naqd pul harakati esa kapital qo’yilmalar, aylanma kapital, moliyalashtirish manbalarini ko’rsatadi. Moliyaviy ekspertizaning asosiy vazifalari moliyaviy prognozlarning qanchalik asoslanganligi, xarajatlarni kamaytirish yoki ishlab chiqarish faoliyati ko’rsatkichlarini yaxshilash mumkinligi, zarur aylanma kapital miqdori, qarzlar bo’yicha to’lovlar qoplanishining ta’minlanganligi, boshqa majburiyatlarning bajarilishini aniqlashdan iborat. Iqtisodiy ekspertiza investitsion loyihani tatbiq etishda milliy resurslardan foydalanish imkoniyatini aniqlaydi. Ushbu resurslardan foydalanishda, raqobat muhitining mavjudligini hisobga olgan holda, foydalanishning to’g’ri yoki noto’g’riligiga javob beradi. Shu bilan birga investitsion loyiha rejasini yaxshilash, uning samaradorligini ko’tarish imkoniyatlarini aniqlaydi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 7 iyundagi 110-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o’tkazish va tasdiqlash tartibi to’g’risidagi Nizom” talablari quyidagi investitsiya loyihalarida tadbiq etiladi: 1) markazlashtirilgan manbalar resurslari (Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari, ayrim tarmoqlar va korxonalarning hukumat qarorlari bilan tashkil etilgan maxsus jamg’armalari mablag’lari, O’zbekiston Respublikasi kafolati ostida yoki uning nomidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, O’zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari) hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalariga; 2) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari asosida soliqlar va boshqa
majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar berishnazarda tutilayotganinvestitsiya loyihalariga; 3) mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga; 28
4) ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan korxonalar tomonidan markazlashtirilmagan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan, qiymati 10 mln. AQSh dollaridan ortiq bo’lgan investitsiya loyihalariga; 5) moliyalashtirish manbalari va loyiha qiymatidan qat’iy nazar, engil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilishni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalariga; 6) moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar, strategik foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashni nazarda tutuvchi, qiymati 10 mln. AQSh dollaridan ortiq bo’lgan investitsiya loyihalariga. Kapital qo’yishda foyda investitsiya qarorlarining bosh mezoni bo’lsada, u sanoat investitsiyalarining birdan-bir yo’li hisoblanmaydi, chunki moliyaviy resurslarni turli xil qimmatli qog’ozlarga ham joylashtirish mumkin. Biroq sanoat loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlaridagi maqsadlar yo’lidagi investitsiyalash, nafaqat resurslarning uzoq muddatga qo’yilishi foyda olishga yo’naltirilganligi sifatida, balki likvidlilikning ishlab chiqarish aktivlarida o’zgartirilishi sifatida aniqlanadi. Sanoat investitsiyalari bo’yicha qabul kilinadigan har qanday qarorlar investitsion loyihalarning umumiy amalga oshirilishi bilan bog’liq bo’lgan quyidagi mezonlarga asoslanadi: 1. Ijtimoiy-iqtisodiy muhitga taalluqli loyihalarning asosiy maqsadi bilan rivojlantirish maqsadlari o’rtasida hozirgi va keyingi davr mobaynida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qarama-qarshilik mavjudmi? 2. Loyihaning maqsadiga erishish uchun taklif qilingan loyiha va marketing strategiyalari qanchalik muhimligi, nima uchun taklif qilingan strategiya tanlandi, muqobil strategiyalar ham e’tiborga olinganmi? 3. Loyihaning tarkibi, ya’ni loyiha andozasi marketing kontseptsiyasi, shuningdek korxona tanlagan joylashish joyi qanchalik loyiha strategiyasiga va talab qilingan resurslarning mavjudligiga mos keladi? 4. Loyiha iqtisodiy resurslarni ishlata oladimi, loyiha uchun talab qilinadigan asosiy resurslarni ishlatishning eng yaxshi variantlari bormi? 29
5. Loyihalashtirilayotgan barcha investitsion ishlab chiqarish va marketing xarajatlari ishonchlilik darajasidami va muvofiq keladigan chegaraga egami? 6. Loyiha hayotiyligining har qanday davrida to’lanadigan moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun milliy va xorijiy valyuta bilan etarlicha ta’minlanganmi - barcha investitsiya xarajatlari kapitalning mavjudligi bilan aniqlanuvchi moliyaviy chegaralarda yotadimi? 7. Jamg’arilgan har yillik va diskontlashtirilgan foyda gorizont rejalashtirishga loyiha tarkibi va ma’lumotlarni baholashdagi xatolarga, inflyatsiyaga, narxlarning nisbiy o’zgarishiga, shuningdek ishga aloqador muhitning o’zgarishiga (raqobatchilar, iste’molchilar, bozor, mol etkzib beruvchilar va jamoat siyosatiga) qanchalik sezgir, real pul kirim-chiqimlari va tegishli sof foyda tarkibi investorlar va moliyachilarning ko’zlagan maqsadlari minimal talablariga mos keladimi? 8. Risklar mavjud sharoitda ularni nazorat kilish yoki boshqarish uchun qanday strategiya amal qiladi? 9. Risklarning moliyaviy natijalari qanday, ya’ni ular o’zi bilan birga investitsion, marketing, ishlab chiqarish va moliyaviy xarajatlarga qo’shimcha xarajatlar olib keladimi yoki yo’qmi, yo bo’lmasa, kutilayotgan ishlab chiqarish, sotish hajmini, sotish narxlarini pasaytiradimi? Investitsion faoliyat sub’ektlari investitsiyalash haqida qarorlar qabul qilayotganda loyihalarning riskliligini, manbalarning joriy qiymatini, muqobil imkoniyatlarga ko’ra loyihaning jozibadorligini e’tiborga olishi lozim. U bunday qarorga riskning maqbul darajasida kutilayotgan daromadlilikning tahlili asosida keladi. Shu narsa muhimki, investitsiyalash haqida qaror qabul qilinar ekan, asosiy e’tibor risklarni va kelgusi investitsiya daromadliligini hisobga ola bilishga qaratilishi zarur. Investitsiyalash to’g’risida qaror qabul qilish uchun o’rganilayotgan ma’lumotlar majmuasi quyidagilardan tashkil topgan bo’lish lozim: Loyiha maqsadlari, uning mo’ljali, iqtisodiy muhit; 30
Marketing ma’lumotlari (sotish, raqobat muhiti, sotish dasturi va narx siyosati); Moddiy xarajatlar; Mehnat, ob-havo, ijtimoiy va boshka omillarni hisobga olgan holda korxonaning joylashuv joyi; Qurilish ishlari to’g’risida ma’lumot; Ishlab chiqarishni tashkil kilish va boshqarish; Kadrlar masalasi; Loyihani tashkil qilish jadvali; Loyihani amalga oshirish davri bo’yicha moliyalashtirish hajmi; loyihani samaradorligini baholash. Moliyaviy tahlil xarajatlar va daromadlar, aktivlar va passivlar bo’yicha tegishli tijorat ma’lumotlarni (shuningdek tegishli moliyaviy resurslar, xizmatlar va tovarlar oqimi haqidagi ma’lumotlarni) tizimli tasavvur etish va qayta ishlashga asoslanadi. Xo’jalik faoliyati tahlili tizimi har doim korxonaning moliyaviy holatini, ya’ni balans hisobotlaridagi aktiv va passivlari, xarajatlar, majburiyatlar (hisobot davridagi) va sof daromad bo’yicha hisobotda ko’rsatilgan daromadlarni aks ettiradi. Bundan tashqari, bu hisob tizimi ishlab chiqarish va marketing xarajatlarini aniqlash uchun ham muhimdir, ya’ni sof daromad bo’yicha hisobot tuzishda, shuningdek samarali moliyaviy rejalashtirish, mahsulotga bo’lgan narx kalkulyatsiyasi va xarajatlarni nazorat kilish uchun zarur. 7
Loyiha bo’yicha iste’mol etiladigan resurslar va ishlab chiqarilgan mahsulotlar fizik shaklga ega va bunda narxlar ularning qiymatlarini ko’rsatishda ishlatiladi. Umuman olganda, texnik-iqtisodiy asoslashdagi maqsadlar uchun narxlar barcha gorizont rejalashtirishdagi ishlab chiqariladigan mahsulot va iste’mol etiladigan resurslarning real iqtisodiy qiymatini ko’rsatib berishi lozim.
7 Жўраев А.С. ва бошқалар. Инвестиция лойиҳалари таҳлили. –Т.: Шарқ, 2003 й., - 256 б 31
Narxlar (baholar) turli xil yo’llar bilan aniqlanishi mumkin, bu quyidagilarga bog’liq holda yuz beradi: - bozor (aniq) yoki xufyona (noaniq) baholar bilan; -absolyut yoki nisbiy baholar bilan.; - joriy va doimiy baholar bilan; Bu narsalar nimani anglatadi va ular moliyaviy tahlilda qanday ishlatiladi? Bozor baholari yoki aniq narxlar – talab va taklif yoki davlat tomonidan aniqlanilishidan qat’iy nazar bozorda yuzaga chiqqan narxlar, boshqacha so’z bilan aytganda, bu shunday narxlarki, bunda korxona ishlatiladigan rusurslarni sotib oladi va mahsulotni sotadi. Moliyaviy tahlilda bozor narxlari ishlatiladi. Lekin xarajat va daromadlarni iqtisodiy tahlil etish bosqichida bozor narxlari ishlab chiqarilgan mahsulot va ishlatiladigan rusurslarning real iqtisodiy qiymatini aks ettira oladimi? Agar shunday bo’lmasa, ya’ni bozor narxlari buzib ko’rsatilgan bo’lsa, bunday holda iqtisodiy tahlil etish uchun xufyona (noaniq) narxlar ishlatiladi. Absolyut narxlar – bir mahsulot qiymatini absolyut pul miqdorida qo’rsatib beradi, bu vaqtda nisbiy narxrlar uning qiymati orqali boshqa mahsulotning qiymatini ko’rsatib beradi. Absolyut narx darajasi ishlab chiqaruvchanlikning o’zgarishi yoki inflatsiya natijasida loyihaning amal qilish muddati davomida o’zgarishi mumkin. Bu o’zgarish nisbiy narxning o’zgarishiga olib kelmasligi ham mumkin Boshqacha so’z bilan aytganda, nisbiy narxlar ayrim hollarda absolyut narxlar qzgarganda ham o’zgarishsiz qolishi mumkin. Moliyaviy tahlil uchun esa absolyut narxlar ham, nisbiy narxlar ham juda muhim. Joriy va doimiy narxlar inflyatsiya natijasida vaqt mobaynida o’zgaradi, bu esa iqtisodiyotdagi narx darajasining umumiy o’sish deb ham tushuniladi. Agar inflyatsiya resurslari qiymatiga bir qancha ahamiyatli ta’sir etsa va narxlar mahsulotlarga ta’sir etsa va narxlar mahsulotga ta’sir ko’rsatsa, bunday ta’sirni texnik-iqtisodiy asoslashda ko’zda tutilgan moliyaviy tahlilda ko’rib chiqish lozim bo’ladi. Agar absolyut narxlar keltirilayotgan resurslarga va mahsulotga nisbatan barqarorligicha qolsa, bunda doimiy naxlarda investitsiyalardan 32
keladigan daromad va foydani etarlicha aniq hisoblash mumkin bo’ladi. Agarda nisbiy narxlar o’zgarib tursa va mahsulot narxlariga nisbatan ishlab chiqarishga kiritilayotgan resurslar bahosi oshsa yoki aksincha bo’lsa, u holda ularning sof real pul oqimiga va foydaga tegishli ta’sirlari moliyaviy tahlilga kiritilishi mumkin. Inflyatsiya loyihani amalga oshirish fazasida, ayniqsa, yillik yirik miqdordagi inflyatsiya darajasini jilovlash maqsadida qo’shimcha aktsiyadorlik yoki qarz mablag’lari hisobiga moliyalashtirish talab etilishi mumkin bo’lgan sabablarda, xatto nisbiy baholar o’zgarmas bo’lib qolganda ham moliyaviy rejalashtirishda hisobga olinishi lozim bo’ladi. Aylanma kapitalni loyihalashtirishda mahalliy va import materiallarga, kommunal xizmatlarga, mehnat resurslariga va h.k.larga nisbatan turli xil risk darajalarini qo’llash mumkin. Sotish bashorati, istiqboli, sotish hajmining etarlicha loyihalashtirilmaganligiga kelsak, bunga narxlarning o’zgarishini oldindan ko’ra olmaslik sabab bo’ladi. Qaror qabul qiluvchi shaxs uchun loyihani gorizont rejalashtirishni o’zining loyiha bilan bog’liq xo’jalik faoliyati sohasini boshqarish va nazorat qilish bo’yicha qarorlar qabul qilish yoki o’zining investitsiya yoki moliyaviy faoliyatini yo’lga qo’yishga nisbatan vaqt oralig’i sifatida aniqlash mumkin. Qaror qabul qiluvchi shaxs tomonidan aniqlanadigan gorizont rejalashtirish loyiha xayotiyligini hamhisobga olishi lozim. Iqtisodiy hayot, ya’ni loyiha sof foydani yaratadigan davr, asosan korxonaning asosiy texnik va texnologik xayot tsikliga, ushbu sanoat tarmog’i va mahsulotning xayot tsikliga, shuningdek korxonaning o’z faoliyatida ishga aloqador muhitning o’zgarishiga moslashuvchanligiga bog’liqdir. Loyihaning iqtisodiy hayotiy davrini aniqlashda turli xil omillarni baholashga to’g’ri keladi, bular quyidagilardir: - Talabning davomiyligi; - xom ashyoni saqlash va etkazib berishning davomiyligi; - texnik yuksalish darajalari;
33
- bino va uskunalardan foydalanishningdavomiyligi; - muqobil investitsiyalash imkoniyatlari; - boshqaruvdagi chegaralanishlar; 8
Shu narsa ravshanki, loyihaning iqtisodiy hayoti xech qachon uning texnik va yuridik hayotidan ko’p bo’lmaydi, u bundan kam bo’lishi lozim yoki unga teng bo’lishi kerak. Loyihani rejalashtirishda faqat iqtisodiy hayoti ahamiyatli hisoblanadi. Investitsiya loyihalarini baholash jarayonida gorizont rejalashtirish bilan loyiha hayotiyligi o’rtasidagi aloqadorlik, albatta, hisobga olinishi lozim. Xulosa tarzida shuni qayd etish joizki, investitsion qarorlar qabul qilishda investitsiya loyihalarini baholash, tahlil qilish, tanlash va amalga oshirishning ilmiy asoslangan uslubiyotidan foydalanish muhim sanaladi.Shuningdek investitsiyalar xususida qarorlar qilinishida ularning moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash jarayonlarini shunday tashkil qilish kerakki, bunda ularning qiymatini minimallashtirish va joylashtiriladigan kapitalning foydaliligini oshirishga qodir manbalardan foydalanish yo’llarini baholash kerak bo’ladi. Investitsion qarorlarning qabul qilishi investitsiya kapitalining tuzilishi, uning muayyan vaqt davomida taqsimlanishi hamda pulning joriy qiymatini hisoblashga imkon beruvchi diskontlash koeffitsientlarini qo’llashni talab etadi.
8 Маматов Б., Носиров Э., Хўжамқулов Д., Шарифхўжаева К. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик лойиҳаларини молиялаштириш. Т.: “Иқтисод-молия”, 2007 й, 152 б |
ma'muriyatiga murojaat qiling