O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Toshkent Moliya instituti
Milliy iqtisodiyotda raqobatning muhitini shakllantirishning institutsional asoslari
Download 48.89 Kb.
|
Axror 52-2 kurs ishi
3. Milliy iqtisodiyotda raqobatning muhitini shakllantirishning institutsional asoslari
Nazariy izlanishlar va kop sonli empirik malumotlar shuni korsatadiki, yangi institutlarning paydo bolishi va, demak, xojalik birliklarining yangicha ozaro tasiri hamda ularni yangicha tashkil qilish shakllarining yuzaga kelishi bir-biriga chambarchas bogliq. Chunonchi, xojalik subektlarining ozaro tasir qilish tamoyillari va qoidalari ozgarganda ularni tashkil qilish shakllari ham transformatsiyalanadi (umuman iqtisodiyotning tashkiliy tuzilmasida va, xususan, uning alohida sektorlarida ham ozgarishlar kuzatiladi). Institutlarning tarkibiy ozgarishlardagi roli, avvalambor, shunda korinadiki, u yoki bu transaksiya (bitim) ishtirokchisi ozining maqsad va manfaatlariga ega boladi, tashkiliy shakllar esa ayni paytdagi jamoat manfaatlaridan kelib chiqqan holda ularni bir-biri bilan uygunlashtiradi. Mavjud iqtisodiy tuzilmalar ichida mulkchilik instituti, yani xojalik faoliyatining muayyan natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va tasarruf etish meyorlari va qoidalari yigindisi alohida orin tutadi. Buning sababi shundan iboratki, u samaradorlik mezonlari tizimini belgilaydi. Mulkchilik institutiga xos meyor va qoidalar bilan birga, ularning bajarilishini taminlaydigan tashkilotlarning ham zarurligi haqidagi xulosa mulkchilik huquqi nazariyasining muhim xulosasidir. Bunday tashkilotlarga davlat va uning boshqaruv organlari tizimi kiradi. Davlatning boshqa nazorat tuzilmalaridan farqi shundaki, u mulkchilik huquqlarining amalga oshirilishida tenglikni koproq taminlaydi. Xojalik yurituvchi tuzilmalarning yigindisi u yoki bu iqtisodiy tizimning institutsional muhitini shakllantiradi. Qanday iqtisodiy institutlar tashkil qilingani, ularning xojalik faoliyatida qabul qilingan qonun-qoidalar va tuzilmaviy chegaralar, oxir oqibat subektlar ortasidagi aloqalar va munosabatlarning qanday tusga egaligini belgilaydi. Ular ortasidagi ozaro tasir shakllarining turli-tumanligi muayyan iqtisodiy tizimning institutsional tuzilmasini tashkil qiladi, u esa, o`z navbatida, xojalik subektlari ortasidagi aloqa va munosabatlarni belgilab, iqtisodiy tuzilma shaklini yuzaga keltiradi. Yani, xojalik birliklari ortasidagi xojalik faoliyatining qoidalari va tuzilmaviy chegaralari tashkiliy tuzilmani: o`zaro tasir qanday shartlarda va shakllarda amal qilishini belgilab beradi. Shunday qilib, iqtisodiyotning institutsional tuzilmasi yoki uning alohida tarmogi har qanday davr oraligida quyidagi uchlik bilan tariflanadi: institutsional muhit (iqtisodiy institutlar yigindisi) - institutsional qurilma (ozaro tasir shakllari) - tashkiliy tuzilma (tashkiliy shakllar yigindisi). Bunda mazkur uchlik doirasidagi sabab-oqibati aloqalari teskari yonalishga ham ega. Institutsional nazariya asosiy qoidalarining qisqacha tahlili korilayotgan muammoga nisbatan muhim ilmiy ahamiyatga ega bolgan qator xulosalarni keltirib chiqardi, yani:
iqtisodiy institutlar, xojalik birliklarining ozaro tasir shakllari va ularning tuzilmasi ortasida ancha mustahkam ozaro aloqa va ozaro bogliqlik mavjud; mazkur nazariya doirasida alohida iqtisodiy tashkilotlarning aktivlari va ular bilan bogliq ishlab chiqarish chiqimlari tavsifini toldirish hisobiga ularning chegaralarini belgilovchi sabab va omillarni tushuntirib berish mumkin; davlatning iqtisodiy jarayonlardagi roli va orni bozorning yechilmagan muammolarini bartaraf qilishdangina emas, balki jamiyat uchun eng kam transaksiyaviy talafotlar bilan uning meyor va qoidalarining bajarilishini taminlashdan ham iboratdir. Boshqaruvning doimiy ozgarib boruvchi tashkiliy shakllariga qarab, odatda, birinchi galda institusional muhitning alohida elementlari transformatsiyasi bashorat qilinadi. U kopincha obektiv tusga ega va jamiyat (davlat)dagi afzalliklar tizimidagi ozgarishlar bilan yoki narxlarning ozgarishi bilan belgilanadi. Shu bois, odatda, institutlarning va demak, institusional muxitning obektiv dinamikasi sharoitida maqsadli rejalashtirish doirasi juda tor bo`lib, davlat meyoriy-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va ularni qabul qilish jarayonida alohida meyor va qoidalarni tayyorlashni oz ichiga oladi. Bunda quyidagi holatlar alohida ahamiyat kasb etadi: alohida davlat tashkilotlarining institusional muxitni ijtimoiy farovonlikning pasayishiga va «rentaga yonaltirilgan» deb atalmish xulq-atvorning kuchayishi uchun sharoit vujudga kelishi tomon ozgarishiga olib keluvchi kuchi va tasirini cheklashga intilishi; u yoki bu meyoriy hujjat tasiriga bogliq transaksiyaviy chiqimlarni hisobga olish va baholash hamda ularning alohida tashkilotlar tomonidan ham, davlat tomonidan ham sarf-xarajatlarni oz ichiga oladigan umumiy miqdorini kamaytirishga intilish. Obektiv umumiqtisodiy dinamikadan keng kolamli ijtimoiy-iqtisodiy ozgarishlarni amalga oshirish bilan bogliq bolgan diskret dinamikaga otishda vaziyat tubdan ozgaradi. Ushbu ozgarishlar asosiy iqtisodiy institutlar, birinchi galda, mulkchilik institutining ozgarishiga bogliq. Bunday sharoitda nafaqat institutsional muhitda, balki iqtisodiyotning butun tashkiliy tuzilmasi doirasida ham ozgarishlar yuz beradi. Diskret ozgarishlar muammosining murakkabligi, uning kop qirrali tusi ularni amalga oshirishni bashoratlash zaruratini keltirib chiqaradi. Bunda zarur boshlangich institutsional tuzilmaning shakllanishini taminlovchi omillar va shart-sharoitlarni toliq hisobga olish ham, ushbu ozgarishlarni amalga oshirishning vaqtinchalik doiralari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Xususiy mulkchilik institutining qaror topishi nazorat organlarining tegishli tizimi shakllanishi bilan uzviy bogliqdir. Shubhasiz, yuqorida qayd etilgan shartsharoitlarni qoniqtiradigan yetarlicha to`liq va samarali institutsional muhitni yaratish uchun ancha vaqt kerak boladi. Diskret ozgarishlar jarayonida yangi institutlarning paydo bolishi, oxir oqibat, iqtisodiy osish va jamoat farovonligining osishi uchun sharoit yaratilishiga olib kelishi lozim. Institutsional tuzilmaning shakllanishi muvaffaqiyatsizlikka uchrasa - iqtisodiy osish va jamoat farovonligini taminlashga emas, balki oldin yaratilgan va toplangan ijtimoiy boylikning qayta taqsimlanishiga yonaltirilgan institutlar paydo bo`ladi. Institutlar va institutsional ozgarishlarning samarasiz tizimi shakllanishining sabablari nafaqat shakllangan tizimning toliq emasligida, balki uning elementlari shakllanishi ketma-ketligining vaqt olchamida buzilishida hamdir. Iqtisodiy islohotlar esa kop jihatdan institutsional muhitdagi ozgarishlar bilan belgilanadigan yangi imkoniyatlarni royobga chiqarishga bogliq. Milliy iqtisodiyotning bozor munosabatlariga otishi sharoitida ishlab chiqarishni tarkibiy qayta qurish va yirik xojalik majmualarini boshqarish muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur muammoning yechimi umumrespublika bozorining muvaffaqiyatli qaror topishi uchun zarur sharoit yaratish bilan birga talay mintaqaviy vazifalarni amalga oshirish uchun ham zarur zamin yaratadi. Bunda mintaqalar ikki tomonlama rol oynaydi: ular bozor munosabatlari shakllanadigan va amal qiladigan boshliq vazifasini otaydi va, shu bilan birga nisbatan mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sifatida maydonga chiqadi, ushbu tizimlarning rivojlanishi esa hududlar manfaatiga boysundiriladi. Shundan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda tarmoqli hududiy majmualarni boshqarish konsepsiyasini ishlab chiqish zarur va u bozorning shakl- lanishi va faoliyatini, shuningdek, mintaqaning kompleks rivojlanishini kozda tutishi kerak. Umuman olganda, moddiy ishlab chiqarishni ishlab chiqarish boginlari - korxonalar yigindisi sifatida qarash mumkin, bu korxonalar yirik xojalik tuzilmalari (birlashmalar, tarmoqlar, hududiy majmualar va hokazolar)ni tashkil qiladi. Korxonalar iqtisodiy aloqalarning turli-tumanligi va maqsadlarning bir xil emasligi oqibatida turli xojalik tuzilmalari (ham tarmoqli, ham hududiy) tarkibiga. kirishi mumkin. Bunday tashkiliy va iqtisodiy alohida ajralgan kichik xojalik tizimlarining yoki turli darajadagi boginlarning jami, shuningdek, ular ortasidagi murakkab tashkiliy va boshqa aloqalar xojalik subektlarining tashkiliy tarkibini hamda ularning ierarxiyasi darajasini aks ettiradi va moddiy ishlab chiqarishning tashkiliy tuzilmasini tashkil qiladi. U qator muhim jihatlarni oz ichiga olib, bu jihatlar ishlab chiqarishni boshqarish jarayonini va umuman xojalik mexanizmini tahlil qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish ixtisoslashuvining chuqurlashishi, kooperatsiya aloqalari rivojlangan alohida korxonalarning ajralib chiqishi xojalik faoliyati differensiatsiyasini keltirib chiqaradi.Shu bilan bir vaqtda, barqaror ilmiytexnikaviy, ishlab chiqarish va xojalik aloqalari negizida oxirgi maqsadga erishishni taminlaydigan turli faoliyat turlarining integrasiyasi ham kuzatiladi. Natijada iqtisodiy va boshqaruv funksiyalarining integrasiyasi hisobiga yuqori ishlab chiqarish samaradorligiga erishayotgan xojalik majmualari paydo boladi. Bunday majmualar turli tashkiliy shakllarda birlamchi boginlarni birlashtiradi va yuqoriroq darajadagi xojalik subektini tashkil qiladi. Xojalik tizimlari (tarkibiy boginlar)ning xarakteri va shakllari, shuningdek, zamonaviy sharoitlardagi ular ortasidagi aloqalar ancha murakkablashdi. Bozor iqtisodiyotiga otishda bir nechta iqtisodiy ukladli kop darajali xojalik tizimlari shakllanadi, qaror topayotgan barqaror ishlab chiqarish, texnikaviy va iqtisodiy aloqalar esa maqsadlar mushtarakligi bilan ham, tashkiliy birlik bilan ham taminlanadi. Ushbu munosabatlarga integrasiyalangan birlamchi boginlar yigindisining kiritilishi endi mutlaq emas, balki birlamchi boginning xususiy iqtisodiy va, demak, tashkiliy oziga xosligini belgilaydi. Asosiy bogin tashkiliy shakllarining rivojlanishi tarmoqli boshqaruv tizimini qayta qurish bilan bevosita bogliq. Mazkur muammo ustida ishlayotgan aksariyat mualliflarning fikrini umumlashtirib, quyidagilarni qayd etishni lozim topdik: Yirik ishlab chiqarish-xojalik majmualari, shuningdek, tarmoqlararo majmualar (sanoat korporasiyalari, konsernlar, xojalik uyushmalari, konsorsiumlar va hokazolar)ning paydo bolishi ishlab chiqarishdagi obektiv integrasiyaviy jarayonlarni aks ettiradi, ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish va ishchanlik faolligini oshirish asnosida ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtirishga komaklashadi. Mamlakat uchun yangi bolgan tuzilmalar, asosan, bevosita davlat tasirida bolmasdan, tijorat asosida faoliyat yuritadi. Bu amalda ozini-ozi boshqarish uchun sharoit yaratadi. Bozor munosabatlari sharoitida ittifoq yoki uyushmaga birlashgan korxonalarning kelishilgan qaroriga muvofiq, shartnomada korsatilgan ishlab chiqarish-xojalik vazifalarini markazlashtirilgan bajarilishi, shuningdek, moliyaviy, mehnat, moddiy vaboshqa resurslarning ulushli asosda birlashtirilishi ittifoq yoki uyushmalar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Konsernlar, xojalik uyushmalarining yuqori darajadagi funksional xizmatlarining aksariyati «xizmat korsatuvchi» tashkilotlar sifatida faoliyat yuritadi va bu prinsipial ahamiyatga ega. Ular ishlab chiqaruvchi firmalar bilan shartnoma asosida ozini ozi moliyalash va o`zini ozi qoplash sharoitida ishlaydi. Natijada oz mustaqil iqtisodiy manfaatlariga ega bolgan mustaqil tashkilotlarning ozaro bogliq va bir-birini toldiradigan yagona zanjiri amal qiladi. Download 48.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling