O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Buxgalteriya” fanidan Bajardi: bia-95-2 talabasi Abduqahhorov Eldor Abduxoliq oʻgʻli Prezintatsiya


Download 1.02 Mb.
bet5/5
Sana25.09.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1687392
1   2   3   4   5
Bog'liq
Buxgalteriya

Yakuniy balans korxona faoliyati yakunlanayotganda, moliyaviy-xo‘jalik yili yakunlari bo‘yicha tuziladi. Yil davomida oraliq balanslar (kvartal, yarim yillik, to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha) tuziladi. Yakuniy balans korxonaning xo‘jalik yuritish va moliyaviy faoliyati haqidagi hamma ma’lumotlarni o‘zida jamlaydi va yil yakuni bo‘yicha buxgalteriya hisobida aks etadi.

Tugallash (likvidatsiya) balansi korxona faoliyati tugatilayotganda uning mulkiy holati va manbalarining shu davrdagi ahvolini tasniflash uchun tuziladi. Likvidatsiya balansiga asosan likvidatsiya komissiyasi korxonani tugatish paytidagi kreditorlik va debitorlik qarzlari miqdorini aniqlaydi. Keyin kreditorlar bilan o‘zaro hisob-kitob qiladi, debitor qarzlarni undiradi. Korxonani tashkil qilishda ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo‘shilgan badallarni qaytaradi. So‘ngra korxonada qolgan mulklarni uning ta’sischilari o‘rtasida taqsimlaydi, ya’ni o‘zaro hisob-kitob qiladi.

Buxgalteriya balansini shakllantirish prinsiplarining mazmunini ko‘rib chiqamiz 1.Balansning to‘g‘riligi.Balansni shakllantirishning ushbu prinsipi ular asosidako‘rsatkichlar shakllanadigan hisob va dastlabki hujjatlarning ishonchliligini ta’minlaydi. Agar qandaydir xo‘jalik faktlari tegishli tarzda tasdiqlanmagan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan holatlar mavjud bo‘lsa, korxona balansida chalkash (buzib ko‘rsatilgan) ma’lumotlar aks ettiriladi. 2.Balansning haqqoniyligi.Ushbu prinsip hisob obyektlari bahosi bilan balans-ning tegishli satrlarida aks ettirilgan ma’lumotlar bilan muvofiqligini anglatadi. 3.Balansning birligi.Ushbu prinsip buxgalteriya balansi hisob va baholashningyagona prinsiplari asosida shakllanishini bildiradi. 4.Balansning davomiyligi.Balans shakllanishining ushbu prinsipi har bir keyin-gi balans o‘zidan oldingi balans ko‘rsatkichlaridan kelib chiqishini anglatadi. Misol uchun, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yakuniy balans hisobot yili uchun boshlang‘ich balans bo‘lishi kerak. 5.Balansning aniqligi.Ushbu prinsip buxgalteriya balansini tuzgan hamda unio‘qiydigan va tahlil qiladigan shaxslarning barchasi tushunishi uchun qulayligi bilan izohlanadi.

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling