Buxgalteriya balansining maqsadi – xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi uning resurslarini va moliyaviy tarkibini anglab yetishga imkoniyat berishi uchun hisobot vaqtidagi moliyaviy ahvolni aks yettirishdan iborat. Balansning jamlangan qatorlari bo‘yicha tasnifiy jihatlarini quyida ko‘rib o‘tishimiz mumkin. - Buxgalteriya balansi — buxgalteriya hisoboti aniq hisobot sanasida yakunlovchi, mablagʻlarning sarflanishi, manbai va maqsadini taʼriflovchi, jamlovchi, umumlashtirilgan jadvalda pul hisobida aks ettiruvchi hujjat. Buxgalteriya balansi korxona, tashkilot, firma va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning mulkiy holatini qiymat koʻrinishida taʼriflab beradi. Buxgalteriya balansi umumlashtirilgan jadval shaklida korxonaning mulklari tarkibini, ularning joylashtirilishini, manbalarini, mablagʻlarning sarflanishi va safarbar etilishini hisobot sanasida qiymat jihatidan aks ettiradi. Buxgalteriya balansi 2 qismdan iborat boʻlib, chap tomoni aktiv, oʻng tomoni passiv.
Aktiv
|
Summa
|
Passiv
|
Summa
|
1.Asosiy vositalarMateriallar
2.Kassa
3.Xisob-kitob schyoti
4.Balans
|
350 000
100.000
10049 900
500 000
|
1.Ustav kapitali
2.Taksimlanmagan foyda
3.Bank kreditlari
4.Mol yetkazib beruvchilar bilan xisob-kitoblar
5.Balans
|
400.000
30.000 20.000
50.000
500 000
| Odatda joriy aktivlarning ikki turi tarkiblanadi: - - birinchi turi xo‘jalik yurituvchi subyekt aylanma mablag‘ining bir qismi bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektning me’yoriy operatsion sikli davomida olingan yoki iste’mol qilingan bo‘lishi lozim;
- - ikkinchi turi operatsiya aktivlari bo‘lmagan, lekin savdo yoki investitsiya maqsadlarida saqlab turilgan va ularni hisobot vaqtidan keyingi 12 oy davomida sotish kutilayotgan joriy aktivlar doirasidan iborat. Hisobot sanasidan keyingi 12 oy davomida olinadigan yoki iste’mol qilinadigan zaxiralar va debitorlik qarzlari ham joriy aktivlarga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |