O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
Innovatsion jarayonni loyihalashning mohiyati va vazifalari
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
Innovatsion jarayonni loyihalashning mohiyati va vazifalari.
Innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyati, bu faoliyat bilan band bo‗lgan tashkiliy tuzilmalar va ularning holatini boshqarish tamoyillari, usullari va. strategiyani tanlashda loyihalash davrining to‗rtta bosqichi ajratiladi: rejalashtirish; shartlarni belgilash va tashkil qilish; ijro etish; rahbarlik (3.2-rasm). 3.1-rasm. Innovatsiyalarni loyihalashdagi bosqichlari Davrning har bir bosqichida belgilangan vazifalar hal qilinadi. Birinchi bosqich – rejalashtirish bosqichida – strategiyani amalga oshirish rejasi tuziladi. Ikkinchisida – shartlar va tashkil qilish belgilanadi, ya‘ni innovatsion davrning har xil pallalarini amalga oshirish uchun resurslarni belgilash, xodimlar oldiga vazifalarni qo‗yish, ishni tashkil qilish ketadi. Ijro etish bosqichida tekshirishlar va ishlab chiqishlar bajariladi, reja amalga oshiriladi. Rahbarlik bosqichi nazorat va tahlilni harakatlarga tuzatish, kiritish va tajriba to‗plashni ko‗zda tutadi. Bu erda innovatsion loyihalar, innovatsion boshqaruv qarorlari, yangiliklarni qo‗llashning samaradorligi baholanadi. Innovatsionni, maqsadni va strategiyani tanlash Rejalashtirish Rahbarlik Shartlarni belgilash va tashkil qilish Ijro etish 66 Innovatsion jarayon (IJ) davriy xarakterga ega. IJ ni ifodalovchi faoliyat inson mehnatini taqsimlanishi natijasida ajralib chiqqan, bir birlaridan farqlanuvchi alohidagi vazifaviy, tashkiliy birliklarga bo‗linadi. IJ ning iqtisodiy va texnologik ta‘siri faqat yangi mahsulotlar yoki texnologiyalarda qisman ro‗yobga chiqadi. 7 U ancha ko‗proq yangi texnikani vujudga kelishining shart – sharoiti sifatida iqtisodiy va ilmiy – texnik salohiyati ko‗payishida namoyon bo‗ladi, ya‘ni innovatsion tizim va uning tarkibiy elementlarining texnologik darajasi oshadi, shuning bilan innovatsiyalarga moyillik ham oshadi. Innovatsion jarayonni umumiy ko‗rinishda zanjirga ko‗rinishida yozish mumkin: FT – AT – I – L – Q – O‗- SICH – M – Sot, (3.1) bu erda FT va AT – fundamental va amaliy tadqiqotlar; I – ishlama; L – loyihalashtirish; Q – qurilish; O‗ – o‗zlashtirish; SICH – sanoat ishlab chiqarish; M – marketing; Sot. – sotish. Bu zanjirni tahlil qilish uchun uning har xil elementlari o‗rtasidagi teskari aloqa omillaridan abstraklashish (predmetlar va ular o‗rtasidagi munosabatlarning bir qator xususiyatlaridan ularning muhim alomatlarini ajratish maqsadida xayolan chalg‗imoq), FT – O‗ davrasi uzunligini (u 10 yildan ko‗proq davom etishi mumkin) va pallalardan har biri (FT – AT; L - Q)ning nisbiy mustaqilligini hisobga olish zarur. Ilmiy faoliyat tushunchasi bilan bog‗liq fundamental (nazariy) tadqiqot har qanday innovatsion jarayonning boshlang‗ich bosqichi bo‗ladi. Albatta, davraning har bir alohida elementi fundamental tadqiqot bilan bog‗liq ilmiy faoliyat bilan to‗ldirilgan. SHu narsa xarakterliki, FT dan SICH gacha yangi mu‘lumotlarning miqdori kamayib boradi. Bunda tadqiqot faoliyati borgan sari ko‗nikmalar, tajribalar va standartli usullar bilan almashib boradi. Agar FT ning yakuniy natijasi haqida gap ketsa, unda faqat savol nazariyasi sohasidagi yangi, ajoyib, isbotlangan ma‘lumotlar va axborotlarni olish va qayta 7 Управление инновациями. Пер. с англ. – М.: Альпина Бизнес Букс, 2008 67 ishlashga qaratilgan tadqiqot faoliyatini ajratish kerak. Nazariy tadqiqot bevosita aniq amaliy vazifalarni echish bilan bog‗lanmagan, ammo xuddi uning o‗zi innovatsion jarayonning poydevoridir. SHuning bilan birga nazariy tadqiqotlarning zarurligi amaliyotning ehtiyojlari va predmet haqidagi oldingi bilimlarning sintezi bilan asoslanishi mumkin. Fundamental tadqiqotlar, qoidaga ko‗ra, amaliy tadqiqotlarda ro‗yobga chiqadilar, ammo bu narsa darhol sodir bo‗lmaydi. Faqat ba‘zi bir tadqiqotlar AT – I – L va h.k. ro‗yobga chiqadilar. Fundamental tadqiqotlar mavzularining taxminan 90 % salbiy natijaga ega bo‗lishi mumkin. Ijobiy natijaga ega qolgan 10 % dan hammasi ham amaliyotda qo‗llanilmaydi. Axir fundamental tadqiqotning maqsadi – jarayon (masala nazariyasi)ni anglash va rivojlantirishdir. Amaliy tadqiqotlar (AT) butunlay boshqa maqsadga qaratilganliklarga egalar. Bu ―bilimlarni moddiy holat‖ ga keltirish, ularni ishlab chiqarish jarayonida o‗zgartirish, yangi mahsulot, texnologik chizmalar va h.k. topshirishdir. Ishlamalar natijasida yangi mashinalar (uskunalar)ning konstruksiyasi yaratiladi va jarayon loyihalashtirish (L), ko‗rish, o‗zlashtirish (O‗) va sanoat ishlab chiqarishi (SICH) pallalariga o‗tadi. M va Sot pallalari to‗g‗ridan – to‗g‗ri innovatsion jarayon natijalarini tijoratli sotish bilan bog‗liqdir. Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling