O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/97
Sana25.08.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1670050
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   97
Bog'liq
Давлат-хариди

7.2. Auksionni o„tkazish tartibi 
 
Auksion davlat xaridlarining elektron tizimida boshlang‗ich narxni 
qadam-baqadam pasaytirish yo‗li bilan o‗tkaziladi. Auksionni o‗tkazish, 
kiritilgan ta‘minot summasiga muvofiq har bir lot bo‗yicha auksiondan 
foydalanish, auksion g‗oliblarini aniqlash, bitimni ro‗yxatdan o‗tkazish va 
shartnomani shakllantirish davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan 
avtomatik rejimda amalga oshiriladi. 
Davlat xaridlari tizimida ro‗yxatdan o‗tgandan so‗ng, ishtirokchi 
Hisob-kitob kliring palatasiga avans to‗lovini kiritadi. 
Bunda komission yig‗imlar – shartnoma qiymatining 0,15% miqdoriga 
teng. Zakalat qiymati – boshlang‗ich narxining 3% ni tashkil etadi. Zakalat 
mablag‗larini kiritmasdan siz elektron xaridlarida ishtirok etay olmaydi. 
Ishtirokchi elektron xaridlarda ishtirok etish uchun shaxsiy kabinetga 
elektron raqamli imzo yordamida kiradi. Har ikkala sayt bo‗yicha shaxsiy 
kabinetlar funktsional jihatdan o‗xshashdir. 
Elektron auksionda ishtirok etish uchun zarur lotni topish kerak 
bo‗ladi. Buning uchun shaxsiy kabinetning o‗ng tomon burchakdagi ―Filtr 
ko‗rsatish‖ tugmasi bosiladi va ―Filtr‖ bo‗limiga o‗tiladi.
Zarur parametrlar kiritiladi va ―Qidiruv‖ tugmasi bosiladi. Qidirishni 
quyidagi parametrlar bo‗yicha amalga oshirish mumkin: 
 lot raqami yoki nomi;
 tovar kategoriyasi


82 
 
 ro„yxatdan tovar tanlash 
 o„rtacha summasi 
 hudud 
 tuman 
 buyurtmachining stir 
 muddati 
Auksionni o‗tkazish chog‗ida ishtirokchilar auksion o‗tkazilishi 
to‗g‗risidagi e‘lon chop etilgan kundan e‘tiboran va u tamom bo‗ladigan 
paytga qadar butun muddat ichida narx bo‗yicha takliflarni cheklanmagan 
miqdorda berishga haqli.
Ishtirokchilarning nomi va ular bilan bog‗lanishga doir ma‘lumotlar 
auksion g‗olibi aniqlanadigan paytga qadar davlat xaridlarining elektron 
tizimida aks ettirilmaydi. 
Zarur lot tanlangandan so‗ng siz bevosita onlayn auksionda ishtirok 
etishingiz mumkin. Har ikki yo‗nalishda ham portalga joylashtirilgan lot 
15 kun davomida faol bo‗ladi. Shu vaqt mobaynida ishtirokchilar 
boshlang‗ich narxni 2% miqdorda bosqichma-bosqich pasaytirib borish 
yo‗li bilan narx taklif qiladilar. Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx
boshlang‗ich narxdan 15% va undan past miqdorda bo‗lsa, boshlang‗ich
va taklif etilgan narx o‗rtasidagi farq qilayotgan qiymatda qo‗shimcha 
zakalat kiritilishi talab etiladi. 
Auksion tugaydigan vaqt kelganda davlat xaridlarining elektron 
tizimi auksion o‗tkazilgan vaqt davomida berilgan takliflar orasida eng 
past narxni taklif qilgan taklifni avtomatik ravishda aniqlab oladi. Eng past 
narx ko‗rsatilgan taklifni bergan ishtirokchi auksion g‗olibi sifatida davlat 
xaridlarining elektron tizimi tomonidan saralab olinadi. Ijrochining nomi 
davlat xaridlarining elektron tizimida aks ettirilib, ushbu tizim tuzilgan 
bitimni avtomatik ravishda qayd etadi va davlat buyurtmachisining 
buyurtmanomasida bayon etilgan shartlarga muvofiq shartnomani 
shakllantiradi. 
Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan bo‗lsa yoki hech 
kim ishtirok etmagan bo‗lsa, auksion o‗tkazilmagan deb hisoblanadi va 
g‗olib aniqlanmaydi. Davlat buyurtmachisi auksionni uch ish kuniga 
uzaytirishi yoki xaridni Qonun talablariga muvofiq elektron do‗kon 
vositasida yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali amalga oshirishi 
mumkin. 
Auksionni uzaytirish avvalgi auksion tamom bo‗lgan paytdan 
e‘tiboran uch ish kuni ichida davlat buyurtmachisi tomonidan amalga 
oshiriladi. 


83 
 
Auksion uni o‗tkazish haqidagi e‘londa ko‗rsatilgan muddatda (sana 
va vaqt), biroq oxirgi taklif kelib tushgan vaqtdan so‗ng besh minutdan 
kam bo‗lmagan vaqtda tugagan deb hisoblanadi. Mazkur vaqt ichida yangi 
taklif berilgan taqdirda, ishtirokchilardan takliflarni qabul qilish muddati 
oxirgi taklif olingandan so‗ng yana besh minutga uzaytiriladi. Bunda, 
auksionning tugash muddati operatorning ish kuni va ish vaqtiga to‗g‗ri 
kelishi lozim. 
Ishtirokchi o‗zi etkazib berishi mumkin bo‗lgan tovar bo‗yicha 
buyurtmalarni qidirayotganda, tovarning etkazib berish shartlari, uning 
spetsifikasi va buyurtmachining alohida talablarini, albatta, ko‗zdan 
kechirishi lozim. Agar ishtirokchi bu shartlarni bajara olmasa yoki tovar 
belgilangan talablarga mos kelmasa, u insofsiz ishtirokchilarningyagona 
reestriga kiritilishi mumkin. 
Auksion natijasiga ko‗ra buyurtmachi va etkazib beruvchining 
shaxsiy kabinetida elektron shaklda shartnoma shakllanadi. Buyurtmachi 
va ishtirokchi o‗rtasida elektron raqamli imzo yordamida tuzilgan 
shartnoma haqiqiy deb hisoblanadi 
Agar auksionda bir ishtirokchi yoki umuman hech kim ishtirok 
etmasa, auksion o‗tkazilmagan, deb hisoblanadi. Bunday hollarda 
buyurtmachi 3 kun ichida auksionni 5 kunga uzaytiradi.Bu holatda ham 
savdo bo‗lib o‗tmasa, buyurtmachi 10 kunlik tanlov o‗tkazishi kerak 
bo‗ladi. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling