Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Savol: Bu bitim siz uchun foydalimi?


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

Savol: Bu bitim siz uchun foydalimi? 
 
KEYS STADI 
10.Davlat tasarrufidan chiqarilgan mebel ishlab chiqaruvchi kombinatga, jamoa 
tomonidan saylangan yosh mutaxassis raxbar bo’ldi. U o’ziga ishongan
mansabparast bo’lib, kombinat ishi ko’rsatkichlarini yuqoriga ko’tarish niyatida 
yonib ish boshladi. 
Direktor Yaponiyada bo’lgaida stol tennisi uchun raketkalar ishlab chiqarish 
bo’yicha litsenziya bilan qaytdi. Raketkalar ishlab chiqarish g’oyasi uni juda 
qiziqtirib qoldi. Bu juda keng iste’mol extiyojiga ega bo’lgan tovar, bozorda yaxshi 
raketkalar yo’q, xatto sifatsizlari xam kam degan xulosaga kelgan, o’zi xam tennis 
ishqibozi bo’lgan yosh raxbar asosiy ishlab chiqarishga xech qanday putur 
etkazmaydigan maxsulotni ishlab chiqarishga axd qildi. 
Raketkalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish qiyin emas, mebel tayyorlovchilar 
raketkani tayyorlashni tez o’zlashtirib oladilar, xom-ashyo asosiy ishlab chiqarish 
uchun zarur bo’lgan maxsulotdan iborat, xatto raketkalarni chiqindilardan xam ishlab 
chiqarsa bo’ladi, deb qaror qildi yosh raxbar. 
O’z maslakdoshlari: bosh injener, reja bo’limi xodimi va buxgalterni yig’ib, 
o’zaro maslaxatlashib olishdi. Bu ish samarali bo’ladi, degan xulosa qilindi. Yiliga 
million dona raketka ishlab chiqarilsa, ish xaqi xam bir necha millionni tashkil qiladi, 
deb xom cho’t qilindi. 
Lekin bu mutaxassislarni qanday raketkalarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish 
o’ylantirib qo’ydi. Yaponiya litsenziyasiga ko’ra ikki turdagi: qimmat- yuqori sifatli 
va arzonroq – sifati xam shunga yarasha raketkalar ishlab chiqarish ko’zda tutilgan. 
Qaysi turini va qancha miqdorda ishlab chiqarish foyda olib keladi? Degan savol 
ularni qiynab qo’ydi. 
Qimmat raketkalar albatta ko’p foyda olib keladi, lekin ular ommaviy extiyojga 
ega bo’ladimi? Qimmatlarini ko’p miqdorda ishlab chiqarsak, bir qismi sotilmay 
qolishi mumkin. Arzonidan ko’p ishlab chiqarsak, sifatli, qimmat raketkani 
xoxlovchilar uchun bunday raketkalar etmay qolishi mumkin. Shu bilan birga pulni 
yo’qotish tavakkalchiligi xam istisno emas, degan fikrlar mebel kombinati raxbari va 
mutaxassislarini qiynab qo’ydi. 
- kelinglar avvaliga qimmat raketkalarni uncha ko’p bo’lmagan miqdorda ishlab 
chiqaramiz, tavakkalchilikdan yo’qotishni xam minimallashtiramiz dedi, extiyotkor 
buxgalter. 
- Men bu fikrga qo’shilmayman dedi bosh muxandis. Men ishlab chiqarish 
xajmini yarmini qimmat raketkalar tashkil qilishi kerak, deb xisoblayman. Shunda 
yaxshigina daromad qilamiz. Albatta bu qaror xam tavakkalchilikka asoslangan,
lekin tavakkal qilmagan odam xech qanday yutmaydi, deb o’z fikrini ma’qulladi. 


285 
- Rejalashtirish bo’limi boshlig’i, tajribalariga asoslangan xolda, qarorni “oltin” 
o’rtasini qabul qilish, ya’ni ko’p xam emas, kam xam emas darajada ishlab chiqarish 
kerak dedi. 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling