Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

 
Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar 
2-mavzu bo’yicha 
KEYS STADI 
1.Jismoniy eskirish natijasida tovar narxi, uning foizi bir xil miqdorga kamaydi.
Savol: Tovarning dastlabki qiymati qancha bo’lgan? 
2. Korxonaning maxsulot, ishlar va xizmatlar realizatsiyasidan tushgan yillik 
daromadi 100 mln. so’mni tashkil qildi. Realizatsiya operatsiyalaridan tashqari 
tushgan daromad 150 mln. so’mni tashkil etdi. Korxonaning realizatsiya va 
realizatsiyadan tashqari operatsiyalarga xarajati 90 mln. so’mni va ish xaqiga 
xarajatlar 50 mln. so’mni tashkil etadi. 
Savol: Quyidagi ko’rsatkichlarni xisoblang: 
1. Yalpi daromad 
2. Foydaning soliqqa tortiladigan qismi 
3. Foyda solig’i (35 % soliq) 
4. Sof foyda 
5. Byudjetga to’lovlar, ish xaqi fondidan (39 % hisobidan) 
3. Korxona ta’minotchi korxonadan 240 mln. so’mlik maxsulotni sotib oldi. Bu 
maxsulotni boshqa korxonalarga 300 mln. so’mga sotadi. 
Savol: Qo’shimcha qiymat solig’i 20 % bo’lganda ta’minotchi korxona va sotib 
oluvchi korxona byudjetga qancha miqdorda qo’shimcha qiymat solig’ini to’laydilar? 
4. Davlat tasarrufidan chiqarilgan mebel ishlab chiqaruvchi kombinatga, jamoa 
tomonidan saylangan yosh mutaxassis raxbar bo’ldi. U o’ziga ishongan, 
mansabparast bo’lib, kombinat ishi ko’rsatkichlarini yuqoriga ko’tarish niyatida 
yonib ish boshladi. 


287 
Direktor Yaponiyada bo’lgaida stol tennisi uchun raketkalar ishlab chiqarish 
bo’yicha litsenziya bilan qaytdi. Raketkalar ishlab chiqarish g’oyasi uni juda 
qiziqtirib qoldi. Bu juda keng iste’mol extiyojiga ega bo’lgan tovar, bozorda yaxshi 
raketkalar yo’q, xatto sifatsizlari xam kam degan xulosaga kelgan, o’zi xam tennis 
ishqibozi bo’lgan yosh raxbar asosiy ishlab chiqarishga xech qanday putur 
etkazmaydigan maxsulotni ishlab chiqarishga axd qildi. 
Raketkalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish qiyin emas, mebel tayyorlovchilar 
raketkani tayyorlashni tez o’zlashtirib oladilar, xom-ashyo asosiy ishlab chiqarish 
uchun zarur bo’lgan maxsulotdan iborat, xatto raketkalarni chiqindilardan xam ishlab 
chiqarsa bo’ladi, deb qaror qildi yosh raxbar. 
O’z maslakdoshlari: bosh injener, reja bo’limi xodimi va buxgalterni yig’ib, 
o’zaro maslaxatlashib olishdi. Bu ish samarali bo’ladi, degan xulosa qilindi. Yiliga 
million dona raketka ishlab chiqarilsa, ish xaqi xam bir necha millionni tashkil qiladi, 
deb xom cho’t qilindi. 
Lekin bu mutaxassislarni qanday raketkalarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish 
o’ylantirib qo’ydi. Yaponiya litsenziyasiga ko’ra ikki turdagi: qimmat- yuqori sifatli 
va arzonroq – sifati xam shunga yarasha raketkalar ishlab chiqarish ko’zda tutilgan. 
Qaysi turini va qancha miqdorda ishlab chiqarish foyda olib keladi? Degan savol 
ularni qiynab qo’ydi. 
Qimmat raketkalar albatta ko’p foyda olib keladi, lekin ular ommaviy extiyojga 
ega bo’ladimi? Qimmatlarini ko’p miqdorda ishlab chiqarsak, bir qismi sotilmay 
qolishi mumkin. Arzonidan ko’p ishlab chiqarsak, sifatli, qimmat raketkani 
xoxlovchilar uchun bunday raketkalar etmay qolishi mumkin. Shu bilan birga pulni 
yo’qotish tavakkalchiligi xam istisno emas, degan fikrlar mebel kombinati raxbari va 
mutaxassislarini qiynab qo’ydi. 
- kelinglar avvaliga qimmat raketkalarni uncha ko’p bo’lmagan miqdorda ishlab 
chiqaramiz, tavakkalchilikdan yo’qotishni xam minimallashtiramiz dedi, extiyotkor 
buxgalter. 
- Men bu fikrga qo’shilmayman dedi bosh muxandis. Men ishlab chiqarish 
xajmini yarmini qimmat raketkalar tashkil qilishi kerak, deb xisoblayman. Shunda 
yaxshigina daromad qilamiz. Albatta bu qaror xam tavakkalchilikka asoslangan,
lekin tavakkal qilmagan odam xech qanday yutmaydi, deb o’z fikrini ma’qulladi. 
- Rejalashtirish bo’limi boshlig’i, tajribalariga asoslangan xolda, qarorni “oltin” 
o’rtasini qabul qilish, ya’ni ko’p xam emas, kam xam emas darajada ishlab chiqarish 
kerak dedi. 
Savol: Yosh raxbar qanday qaror qabul qilishi lozim? 
5. A- savdo firmasi B savdo firmasi bilan 100 mln.so’m miqdorga teng bo’lgan 
maxsulot partiyasini sotishi to’g’risida shartnoma tuzdi. Shartnomaga ko’ra, agarda A 


288 
firma shartnoma shatrlarini buzsa, o’z vaqtida tovarni etkazib bermasa, B firmaga 
shartnoma summasining 10 %i miqdorida ya’ni, 10 mln.so’m jarima to’lashi 
keltirilgan. B firma bir vaqtni o’zida boshqa V firmasi bilan sotib olmoqchi bo’lgan 
tovarini 2 barobar qimmatga sotish maqsadida, ya’ni 200 mln.so’mga shartnoma 
tuzadi. 
+ 10 mln.so’m 
- 10 mln.so’m 
+ 20 mln.so’m 


100 mln.so’m 
200 mln.so’m 
10%-10 mln.so’m 10%-20 mln.so’m 

Bu shartnomada xam B firma tomonidan V firmaga shartnoma sharti buzilganda 
10 % jarima to’lash keltirilgan, ya’ni 200 mln.so’mdan 10 % , 20 mln.so’m. Afsuski, 
B firma A va V firmalar o’zaro kelishib olganidan bexabar edi. Kelishuvga ko’ra, A 
firma B firmaga maxsulot sotish shartini buzib, unga shartnomaga ko’ra 10 mln.so’m 
jarimani to’laydi. Xech qanday maxsulot sotib ololmagan B firma V firmaga 
shartnomaga ko’ra tovar etkazib bermaganligi, va shartnoma shartini buzganligi 
uchun 20 mln.so’m jarima to’lashga majbur bo’ladi. A va V firmalar bunday 
“nopok” kelishuvdan tushgan mo’may pulni o’zaro teng bo’lishib olishdi. 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling