Tilidan olingan soʻz sanaladi


Download 23.05 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi23.05 Kb.
#1362362
Bog'liq
KBVTA ESSEY


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT YO`NALISHI
122-GURUH TALABASI JUMAYEVA SAYYORANING
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK ASOSLARI FANIDAN
TAYYORLAGAN ESSEYSI

MAVZU: Tadbirkorlik muhitini tashkil qilish



REJA:

  1. Tadbirkor tushunchasi va uning ahamiyati

  2. Tadbirkorlik muhitini tashkil etish

  3. Tadbirkorlik subyektlari haqida tushuncha

  4. Tadbirkorlik turlari va shakllari

"Tadbirkor" soʻzi fransuz tilidan olingan soʻz sanaladi. Bu soʻz birinchi marta Jak de Bruslon tomonidan tuzilgan va 1723-yilda nashr etilgan, Dictionnaire Universel de Commerce nomli fransuzcha lugʻatda paydo boʻlganini bilishimiz mumkin. „Sarguzashtchi“ atamasi koʻpincha Buyuk Britaniyada xuddi shu maʼnoga ishora qilish uchun ishlatilgan. Tadbirkorlikni oʻrganish klassik iqtisodda asos boʻlgan irland-fransuz iqtisodchisi Richard Kantillonning XVII asr oxiri va XVIIIasr boshlaridagi ishlariga toʻgʻri keladi. Uilyam Stenli Jevons „siyosiy iqtisod beshigi“ deb hisoblagan „Umumiy savdo tabiati“ (Essai sur la Nature du Commerce en Général) essesida Kantillon bu atamaga birinchi marta taʼrif bergan. Kantillon ushbu atamani ,,mahsulot uchun maʼlum bir narxni toʻlaydigan hamda uni belgilanmagan narxda qayta sotadigan, resurslarni olish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, shu bilan birga korxonaning xavf-xatarini tan olish“ deb taʼriflagan. U tadbirkorni - moliyaviy daromadni maksimal darajada oshirish uchun bor imkoniyatlaridan foydalanish yo'lida resurslarni ongli ravishda taqsimlaydigan tavakkalchi shaxs deb hisoblagan. Kantillon tadbirkorni tavakkal qilishga va noaniqlik bilan shugʻullanishga tayyorligini taʼkidladi, shu bilan birga u tadbirkorning funksiyasiga eʼtibor qaratdi , tadbirkor va pulni taqdim etgan mulkdorning funksiyasini ajratdi.
Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati bu- iqtisodiy foydadir) — oʻz tavakkalchiligi ostida amalga oshiriladigan, mulkka egalik qilish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishdan muntazam ravishda daromad olishga qaratilgan mustaqil faoliyat sanaladi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu lavozimda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.Tizimda foyda keltirmaydigan tovarlarni sotish kabi ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishning alohida hollari tadbirkorlik hisoblanmasligi aniq.Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tadbirkorning oʻzi tomonidan , tashqaridan jalb qilingan mulklar ya'ni nomoddiy aktivlari va mehnat resurslari ham qoʻllanilishi lozim. Sarflangan mablagʻlar oʻzini qoplashiga , ishlab chiqarilgan narsa foyda bilan sotilishiga kafolat yoʻq. Bu mulkni toʻliq yoki bir qismini yoʻqotish xavfi bilan bogʻliqdir.Tadbirkorlik faoliyatining samaradorligi nafaqat foyda miqdori, balki korxona qiymatining oʻzgarishi bilan ham baholanishi mumkin (korxonaning bozor qiymati, yaxshi niyatga ham bogʻliq boʻladi).
Odatda gʻoyani shakllantir quyidagi bosqichlar bilan ajralib turadi:

  1. Tadbirkorlik gʻoyasini yaratish;

  2. Gʻoyaning birinchi ekspert bahosi;

  3. Bozor maʼlumotlarini olish (talab va taklif oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash, narxlarni aniqlash va boshqalar);

  4. Gʻoyani amalga oshirish uchun xarajatlarni hisoblash;

  5. Gʻoyani amalga oshirish uchun bozor maʼlumotlari va xarajatlarini ekspert baholash;

  6. Tadbirkorlik qarorini qabul qilish, gʻoyani amaliy amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrish.

Tadbirkorlik faoliyati koʻpincha kichik biznes bilan bogʻliq boʻlsa, egasi ham yetakchi hisoblanadi. Katta kompaniyada boshqaruv funksiyalari koʻpincha yollangan menejerlar tomonidan amalga oshiradi ammo kompaniya asoschisi daromad olishi hammaga maʼlum. Faqatgina vaqti-vaqti bilan umumiy yigʻilishlarda ovoz berishadi.
Tadbirkorlik faoliyati shakllari:

  • Individual:

    • Yakka tartibdagi tadbirkor;

    • Yakka tartibdagi korxona;

  • Kollektiv;

    • Korporativ;

    • Kompaniya;

    • Umumiy sheriklik;

    • Imon hamkorligi;

    • Mas’uliyati cheklangan jamiyat;

    • Qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat;

    • Iqtisodiy hamkorlik;

    • Investitsion hamkorlik;

    • Nodavlat aksiyadorlik jamiyati;

    • Ommaviy aktsiyadorlik jamiyati;

    • Oilaviy biznes;

  • Davlat.

Biznesni boshlash uchun capital


manbalari quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • Oʻz mablagʻlari:

    1. Yakka tartibdagi tadbirkor uchun — uning shaxsiy mablagʻlari va jamgʻarmalari, oʻz mulki (bino, jihoz, avtomobil).

    2. Yuridik shaxs uchun — taʼsischilar tomonidan shakllantirilgan ustav kapitali koʻpincha oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Tadbirkorlik shakllari:
1.Konsalting firma tomonidan mijozlarni jalb etish usullari Konsalting xizmati bozorining o'ziga xos xususiyati shundaki, tadbirkorlikning bu turi bilan shug'ullanuvchi firma «O'z tovarining namunasini, xizmat namunasini ko'rsatish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun bunday firmalar oldida turgan, mijozlarni jalb etish masalasi, o'ta muhimdir. Mijozlarni jalb etish usullari turlichadir. Bularga oʻz imkoniyatlarini reklama qilish, mijozlari vositachilar orqali jalb etish, oldingi buyurtmachilar tavsiyasidan foydalanish kabilar kirishi mumkin.
2.Konsultativ tadbirkorlik
Konsultativ xizmat moqiyati va bosqichlari. «Konsultant lotincha so'z bo'lib, maslahat beruvchi ma'nosini anglatadi. Bu soʻz orqali ma'lum soha bo'yicha maslaxat beruvchi mutaxassis tushuniladi. Chet el amaliyotida boshqaruv masalalari bo'yicha pulli maslahat berish konsalting deb nomlanadi. Iqtisodiyot va boshharuv Yevropa Federatsiyasi konsultantlar Assotsiatsiyasining ta'biricha:
Menejment - konsalting mohiyati boshqaruv masalalari bo'yicha mustaqil maslahatlar berish va yordam ko'rsatish bo'lib, o'z ichiga muammolar va imkoniyatlarga baho berishda, zarur tadbirlar borasida tavsiyalar berishda va ularning bajarilishida yordam ko'rsatishda mujassamlangan.
3. Moliyaviy tadbirkorlik
Tijorat banklari. Yuqorida biz tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchilar tljorat banklari va fond birjalari bilan bog'liq holda ish olib boradilar degan edik. Bozorning bu institutlarining mohiyati nimada?
Tijorat banki — pul omonatlarini (depozit) qabul qilish va mijozlar topshirigiga ko'ra boshqa hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish ishlari bilan shug'ullanuvchi, asosan tijorat tashkilotlariga haq toʻlash asosida kredit beruvchi aksiyadorlik ko'rinishidagi moliya-kredit muassasadir. Tijorat bankining daromad manbal - depozit va qarz mablag'larning foiz stavkalari o'rtasidagi farqdir.
4.Tijorat tadbirkorligi Tovar birjalari. Tijorat tadbirkorligi bilan shug'ullanuvchilarning faoliyati tovar birjalari va savdo tashkilotlari bilan bog'liqdir.
Tovar birjasi - ulgurji tovar bozorining shunday ko'rinishiki, unda xaridor oldindan tovar namunasi bilan tanishmagan boʻladi. Tovar birjasida tijoratchi vositachilar va birja xizmatlari savdo-sotiq ishlarini birgalikda ishlab chiqilgan tartibga asosan amalga oshirish maqsadida ixtiyoriy birlashadilar. Tovar birjasining maqsadi erkin raqobatni boshqarish mexanizmini tashkil etib, uning yordamida, talab va taklifning o'zgarishini hisobga olgan holda, haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birja muntazam {faoliyat koʻrsatuvchi standartlar bo'yicha sotiluvchi ulgurji tovarlar g'alla, koʻmir, metal, neft, yoqoch va hk) bozorining rivojlangan shaklidir. Bunday birjalar koʻp yillardan buyon barcha iqtisodiy rivojlangan davlatlarda faoliyat ko'rsatmoqda.

Download 23.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling