Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Sog’liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda davlat


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

5. Sog’liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda davlat 
budjetining ahamiyati va ularni boshqarish. 
Uzoq yillar mobaynida davlat budjetining ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishda 
yagona manba bo’lib kelganligi hech kimga sir emas. Sog’liqni saqlash tizimi ham 
klassik ijtimoiy soha sifatida bir necha o’n yilliklar davomida to’lig’icha budjetga 
qaram soha bo’lib kelgan. Hozirgi kunda ham davlat sog’liqni saqlash tizimi 
xarajatlarining aksariyat qismini moliyalashga budjet mablag’lari safarbar etilmoqda. 
Xususan, soliqni saqlash sohasiga ajratilgan budjet mablag’lari davlat budjetidan 
amalga oshirilgan jami xarajatlarning: 
Hozirgi kunda davlat sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarining aksariyat qismini 
moliyalashga budjet mablag’lari safarbar etilmoqda. Xususan, soliqni saqlash 
sohasiga ajratilgan budjet mablag’lari davlat budjetidan amalga oshirilgan jami 
xarajatlarning 11-12 foizini tashkil qilgan (2.1-jadval). 
Sog’liqni saqlash muassasalari aholiga tibbiy xizmatlarni taqdim etuvchi 
tashkilotlar tizimini tashkil qiladi. Bu muassasalarni qurish, mavjudlarini saqlash
moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash, kadrlar masalasini hal qilish kabilar tarixan 


152 
davlat mablag’lari evaziga amalga oshirilib kelingan. Sog’liqni saqlash tizimining 
joriy va kapital xarajatlarini moliyalashtirishda davlat budjetining ahamiyati hali ham 
katta. Davlat budjetining ijtimoiy-madaniy sohalarni saqlash xarajatlari tarkibida 
sog’liqni saqlash xarajatlari xalq ta’limidan keyin 2-o’rinni egallaydi. Ular ijtimoiy-
madaniy sohalarga ajratilgan budjet mablag’larining o’rtacha 25-26 foizini tashkil 
qilgan.
Sog’liqni saqlash muassasalari bo’yicha eng katta o’rinni kasalxonalar, ikkinchi 
ambulatoriya poliklinika muassasalari, shuningdek, tez va shoshilinch tibbiy yordam 
muassasalari egallaydi.
3. Davlat sog’liqni saqlash muassasalarining tarkibi, ular xarajatlarini 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling