Ellinlashtirish – Sharqda yunon madaniyatining yoyilish jarayoni, aralash
madaniyatining – yunon va mahalliy sharq madaniyatining tashkil topish
jarayoni.
Eneolit (lotincha ―eneus‖ – ―mis‖ va ynuoncha ―litos‖ – ―tosh‖
so‘zlaridan) – mis – tosh asri.
Fetishizm (fr.fetich – tumor so‘zidan olingan) – jonsiz predmetlarga
e‘tiqod qilishni anglatadi.
Gava – So‘g‘diyonaning bir tomoni.
Vara, vara – choy atrofi mudoffa devorlari bilan mustahkamlangan qal‘a –
qo‘rg‘on.
Vis – urug‘, bir urug‘ joylashgan qishloq.
Vispati – urug‘ boshlig‘i.
Vrazana – bir qishloqda joylashgan bir necha urug‘lar uyushmasi.
Kaltaminor madaniyati – Amudaryoning quyi havzasida yangi tosh
(neolit) davrida daryo o‘zanlari va ko‘l yoqalarida makon topib, ovchilik
va baliqchilik bilan shug‘ullangan qabilalar madaniyati.
Kashavarz – ziroatkorlar
Korikor – xizmatkorlar
Kadivar – mute qo‘shchilar
Mezolit (―mezos‖ – ―o‘rta‖) – o‘rta tosh asri;
Migratsiya – xalqlarning ko‘chishi, siljishi.
Marokanda – Samarqandning yunoncha nomi.
Mouru – Marg‘iyona, ya‘ni Janubiy O‘zbekiston, Janubi – G‘arbiy
Tojikiston va Shimoliy Afg‘oniston hududlari.
Neolit (―neos‖ – ―yangi‖) – yangi tosh asri;
Nisaya – Niso, Ashgabat yaqinidagi qadimgi shahar, Parfiya davlatining
poytaxti.
Nmana – oila, nmanapata – oila boshlig‘I; agar u ayol boshlig‘i ayol
bo‘lsa, nmanapatna deb atalgan.
Nukleus – lotincha nukleus – yadro, tosh o‘zak demakdir.
Naf – ilk o‘rta asrlarda shahar va qishloq aholisi.
Ozod – mulkdorlar.
Ozodkor – shahar hunarmandlari
Poleolit (yunoncha ―paleos‖ ―qadimgi‖ va ―litos‖ – ―tosh‖ so‘zlaridan) –
Qadimgi tosh asri;
Parfiya – geografik hudud. Turkmanistoning Ashgabat viloyati va unga
yaqin bo‘lgan Shimoli – Sharqiy Eron erlari qaragan. Aholisi – parfiyliklar.
Qo‟lbuloq – qadimgi tosh (poleolit) davridagi oid arxeologik yodgorlik.
119
Do'stlaringiz bilan baham: |