O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti saidov Shavkat Jumaboyevich


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/34
Sana17.10.2023
Hajmi3 Mb.
#1706035
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
6cb21ceb5da1dbf9119022f8b24979e4 Markaziy Osiyo xakqlari tqrixi



O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI 
 
 
 
Saidov Shavkat Jumaboyevich 
MARKAZIY OSIYO 
XALQLARI TARIXI 
(Eng qadimgi davrlardan milodiy VII-VIII asrlargacha) 
5220200 – Tarix (Markaziy Osiyo xalqlari tarixi) ta‟lim yo

nalishi 
bakalavr IIbosqich talabalari uchun
O‘quv uslubiy qo‘llanma
TOSHKENT – 2010 



Saidov Sh.J. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi 
(Eng qadimgi davrlardan 
milodiy VII-VIII asrlargacha) 
5220200 – Tarix (Markaziy Osiyo 
xalqlari tarixi) ta‟lim yo‟nalishi bakalavr II-bosqich talabalari uchun 
O‗quv qo‗llanma. –T.: TDSHI, 2010. –140 b.
Ushbu o‗quv qo‗llanma Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi davridan, 
ya‘ni mintaqada kishilik jamiyatini paydo bo‗lishidan to Arab xalifaligigacha 
bo‗lgan tarixini o‗z ichiga oladi. Ma‘lumki, Markaziy Osiyo insoniyat 
sivilizatsiyasining eng qadimiy o‗choqlaridan bo‗lib, keyingi yillarda olib 
borilgan arxeologik va ilmiy tadqiqot izlanishlari buni yana bir marta 
tasdiqladi. Yaponiya, Avstraliya, Fransiya va Rossiyalik arxeologlarning O‗z-
bekiston olimlari bilan hamkorlikda o‗tkazilgan ilmiy ekpeditsiyalari juda 
samarali bo‗ldi. Mazkur hamkorlikning natijasi o‗laroq olingan ilmiy-amaliy 
yangiliklar ham o‗quv qo‗llanmada o‗z aksini topgan.
O‗quv qo‗llanmada mintaqada ro‗y bergan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy jarayonlar ilmiy va qiyosiy tahlil asosida xronologik izchil bayon 
qilingan. Shu jihatdan ham ―Tarix‖ yo‗nalishida ta‘lim olayotgan talabalar 
uchun nihoyatda zarur hisoblanadi. Tarixni bilish esa mamlakatimizning 
ushbu mintaqa xalqlari bilan diplomatik, iqtisodiy, madaniy aloqalarini 
yanada rivojlantirish va samarasini ta‘minlashga xizmat qiladi.Ayni shu 
ma‘noda Markaziy Osiyo – Oltoy mintaqasi, Sharqiy Turkiston, Mo‗g‗u-
liston, Dashti Qipchoq, Janubiy Osiyo va O‗rta Osiyo mintaqalarida 
joylashgan o‗nlab davlatlar, xalqlar, elatlar tarixini biladigan zamonaviy 
mutaxassislarni tayyorlash o‗ta dolzarbdir.
Shunday qilib, mazkur o‗quv qo‗llanma Markaziy Osiyo xalqlari tarixining 
eng qadimgi davrlaridan to ilk o‗rta asrlarigacha bo‗lgan voqealarni 
qamrab olgan bo‗lib, ―Markaziy Osiyo xalqlari tarixi‖ yo‗nalishida ta‘lim 
olayotganikkinchi bosqich talabalari uchun mo‗ljallangan. Qo‘llanmaga 
kiritilgan ma‘lumotlar, voqealar taxlili, tarixiy jarayonlarni xronologik, 
izchil bayon qilinishi talabalarga, shuningdek, tariximiz bilan qizi-
quvchilarga ham foyda keltiradi degan umiddamiz.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling