O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti saidov Shavkat Jumaboyevich
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
6cb21ceb5da1dbf9119022f8b24979e4 Markaziy Osiyo xakqlari tqrixi
Tayanch tushunchalar: Eneolit, Sarazm, Lavlakon, Beshbuloq, Anov,
Nomozgohtepa, metallurgiya, xumdon, sug‗orma dehqonchilik, ko‗p xonali uylar, misgarlik, degrezlik, kulba, xilxona, terrakota. Savol va topshiriqlar: 1. Eneolit davrida yashagan qabilalar mashg„ulotlari haqida gapirib bering. 2. Insonlar metalldan qanday foydalanishgan? 3. Eneolit davri madaniyati deganda nimani tushunasiz? 23 1.5. Markaziy Osiyoda bronza davri va ilk shaharsozlik O’quv maqsadi:Markaziy Osiyoda bronza davrining boshlanishi, shahar tipidagi aholi punklarini tashkil topishini ijtimoiy-iqtisodiy asoslari, dehqonchilikning keng yoyilishi, dastlabki mehnat taqsimoti, ortiqcha mahsulotning paydo bo‟lishi, urug‟ jamoasidan qo‟shni jamoasiga o‟tish- ning boshlanishi to‟g‟risida talabalarga atroflicha ma‟lumot berish, sivilizatsiya jarayonlari haqida to‟iq tasavvurga ega bo‟lish. Markaziy Osiyoda bronza asri o‗ziga xos alohida bir davrni tashkil qilib, aholining deyarli bir yarim ming yillik turmush tarzini o‗zida ifoda etadi (miloddan avvalgi III ming yillik o‗rtalaridan to I ming yillikning boshlariga qadar). Bronza asri tosh asriga nisbatan juda qisqa davrni o‗z ichiga oladi. Birinchi marta bronza mil. avv. III minginchi yillikda Old Osiyo va Hindistonda kashf etilgan. Arxeolog olimlarimizning Markaziy Osiyo hududida olib borgan ilmiy ishlari shuni ko‗rsatdiki, bronza davrida ovchilik va termachilik ijtimoiy va iqtisodiy hayotda o‗zining dastlabki rolini asta-sekin yo‗qotib borgan. Aholining asosiy yashash manbai deh- qonchilik va chorvachilik bo‗lib qoldi va bu esa metallga bo‗lgan talabni yanada oshirdi. Qadimgi "metallurglar" ma‘lum davrdan so‗ng qalayni misga qorishtirib bronza (jez) olishni kashf etganlar. Bronza egiluvchan metall bo‗lsada, ammo misga nisbatan ancha mustahkam metall. Bronza- dan keskir, ya‘ni o‗tkir tig‗ beradigan qurollar yasash mumkin bo‗lgan. Aynan bronzaning shu xususiyatlari qadimgi "metallurglar" diqqatini jalb etgan. Natijada bronza ibtidoiy xo‗jaliklarning hamma sohalariga kirib kela boshlagan. Insonlar hayotida tub ijtimoiy, iqtisodiy o‗zgarishlar, rivojla- nishlar sodir bo‗lgan. Bronza davriga xos ana shunday rivojlanishning belgilaridan biri sifatida - agrar xo‗jalik va hunarmandchilik sohasidagi yangiliklarni ko‗rsatish mumkin. Sug‗orma dehqonchilik o‗troq aholining uzviy turmush tarziga aylandi. An‘anaviy dehqonchilik hududlarida bronza davri ikki bosqichni tashkil etadi. Markaziy Osiyoning janubi-g‗arbidagi ilk dehqonchilik jamoalari tari- xining birinchi bosqichi - Nomozgoh VI va V bosqichlariga to‗g‗ri kelsa, ikkinchi bosqichi Nomozgoh IV bosqichiga mos tushadi. Ilk bronza davri Nomozgohning ikkinchi bosqichiga to‗g‗ri keladi. Rivojlangan bronza davri esa Nomozgoh III bosqichiga to‗g‗ri keladi.Bu davr sopol buyumlari odatda hech bir naqshsiz, kulolchilik dastgohida ishlangan. Kulolchilik charxi esa sopol ishlab chiqarishda Nomozgoh IV bosqichining so‗nggi fazasida qo‗llana boshlangan. Umuman, bu davr uchun muhtasham ibodat- xona va saroy tipidagi monumental inshootlar qurilishi xarakterlidir. O‗zbekiston hududida ham bronza davriga oid juda ko‗plab manzilgohlar aniqlangan. Ayniqsa, qadimiy So‗g‗diyona mintaqasida ilk shahar mada- niyatining ildizlarini o‗zida aks ettirgan yodgorliklar arxeologlar tomonidan 24 keng o‗rganilgan. Shuni qayd qilish kerakki, qadimgi So‗g‗diyona haqida gap ketganda ko‗z o‗ngimizda vatanimizning to‗rt viloyati -Samarqand, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo gavdalanadi. So‗g‗diyonaning o‗ziga xos tarixiy madaniy o‗lka sifatida tarkib topishi,rivojlanishi va gullashida Zarafshon daryosining ahamiyati beqiyosdir. Zarafshon daryosi tufayli So‗g‗dlik bobo- dehqonlar bronza davridayoq o‗troq manzilgohlari, ya‘ni qishloqlarga asos solishgan. Mazkur qishloqlarning qoldiqlari endilikda Zamonbobo va Sarazm madaniyatlari nomi bilan fanga kirtilgan. Yaqin kunlargacha So‗g‗dning bosh shaharlari bo‗lgan Samarqand va Buxoroning XXV asrlik tarixining ildizlari qaysi davrga borib taqalishini bilmas edik. Shuning uchun ham chet ellik ayrim tarixchilar o‗rtasida Sa- marqand va Buxoroga shahar madaniyati Eron ahamoniylari yoki yuno- nistonlik ellinlar tomonidan keltirilgan degan tasavvur paydo bo‗ldi. Zamonbobo va Sarazm yodgorliklarining topilishi ana shu g‗ayriilmiy fikrlarga nuqta qo‗ydi va So‗g‗dning shahar madaniyati aynan shu o‗l- kaning eneolit va bronza davri yodgorliklari - Sarazm va Zamonbobo madaniyatlari asosida kelib chiqqanligini isbotladi. Zamonbobo Zarafshonning quyi oqimi havzasida, uning qurib borayotgan o‗zanlaridanbirining yoqasida hosil bo‗lgan ko‗lning nomidir. 1950 yilda akademik Ya.G‗.G‗ulomov ana shu ko‗lning shimoliy sohilida qadimgi qabristonga duch kelgan. Shuningdek, u ko‗l yoqasida, cho‗l shamoli uchirib ketgan taqirlikda, usti ochilib qolgan bir necha qabrlarni uchratadi. Eneolit va ilk bronza davriga oid bo‗lganbu yodgorliklarda avval Ya.G‗.G‗ulomov, so‗ngra A.Asqarov qazishmalar olib bordi. Zamon- boboda o‗tkazilgan qazishmalar davrida 45 ta qadimgi mozor qoldiqlari topib o‗rganildi. Qabrlar hozirgidek lahad shaklida bo‗lib, skeletlar o‗ng va chap yoni bilan huddi ona qornida yotgan chaqaloq singari g‗ujanak bo‗lib yotganligi aniqlandi. So‗g‗diyonada ilk dehqonchilik madaniyatiningboshqa bir buyuk yodgorligi qadimgi Sarazm qishlog‗i hisoblanadi. Hozirgi Sarazm qishlog‗i Samarqandning Tojikiston bilan chegaradosh tumanida joylashgan. Sarazmda qadimdan o‗zbeklari yashab kelgan. Shu qishloqning Avazali uchastkasida istiqomat qiluvchi Ashurali Toyloqov 1976 yilning kuzida o‗z tomorqasi va qo‗shnilari hovlisidan topilgan sopol siniqlari, bronza bolta va pichoqlaridan iborat ashyoviy dalillar bilan Panjikent muzeyiga murojaat qilgan. Bu yodgolikda 1977 yildan buyon panjikentlik arxeolog Abdullo Isaqov arxeologik qazishmalar olib bormoqda. Kulbalar va xilxonalarni qazish vaqtida arxeologlar sirtiga rangli bezak solingan sopol parchalari, mis oyna, oltin va kumushdan yasalgan taqinchoqlar, qimmatbaho toshlar bronza, lazurit va serdalikdan yasalgan munchoqlar topganlar. Sarazmning birinchi bosqichga oid materiallar ko‗p jihatdan Janubiy Turkmanistonda topilgan va eneolit davriga oid yodgor- 25 liklarga aynan o‗xshab ketadi. Sarazmning ikkinchi boskichidan boshlab uy-joy qurulishida alohida xonalar o‗rtasida doira va to‗rtburchak shaklida ishlangan muqaddas otashkadalar (altarlar)ning paydo bo‗lishi qadimgi sarazmliklarning olovga sig‗inishidan darak beradi. Keyinchalik bu yerda ibodatxonalar qurila boshlagan. Bronza davrida dehqonchilik vohalarida alohida-alohida aholining joylashish tuzumi shakllandi. Aynan shu narsa shahar tipidagi aholi punkt- larining shakllanishiga shart-sharoitlarni yaratdi. Shahar tipidagi aholi punktlari yuzaga kelish omillarini bilish ham muhim ahamiyatga egadir. Birinchi omil - aholi zichligi va konsentratsiyalashuviga olib kelgan oziq- ovqat yetishtirish usulidir.Dehqonchilik vohalarida aholi zichligi ovchilik va termachilik davriga karaganda deyarli 100 barobar zichroq bo‗lgan. Shu sababli dehqonchilik jamiyatlarining ilk bosqichliridagiga nisbatan yirik aholi markazlari paydo bo‗ladi. Masalan, Turkmaniston miloddan avvalgi 4-3ming yillardayoq aholisi 2000 yoki undan ortiq dehqonchilik qishloqlari mavjud bo‗lgan . Ikkinchi omil - hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi. Ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ayrim aholi punktlari asosan maxsus ishlab chikarish, ya‘ni hunarmandchilik bilan shug‗ullanadigan aholi to‗plana boshladi. Hunarmandchilikning ajralishi jarayoni bilan shaharlarning paydo bo‗lishi jarayoni bir vaqtda borgan. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, dastlabki shahar tipidagi aholi punktlarida aholi hunarmandchilikdan ko‗ra ko‗proq dehqonchilik bilan shug‗ulanganlar. Shaharlarning asta sekin rivojlanib borishi bilan hunarmanchilik shahar hayotida toboro muhim mavqe‘ uynay boshlagan. Hunarmanchilikning yangi sohalar paydo bo‗la boshlagan. Umuman shahar va hunarmandchilik bir birlarining yuksalishiga sharoit yaratgan. Uchinchi omil - jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanish va shakllanib borgan boshqaruv organlaridir. To‗rtinchi omil - o‗zaro aloqalarning rivojlanishidir. Beshinchi omil - esa diniy tushunchadir. Sababi turli ilohlarga atab qurilgan ibodatxonalar hamma aholi punktlari uchun markaz bo‗lgan shaharlarda qad ko‗targan. Miloddan avvalgi IV – III ming yilliklarda janubiy Turkmanistonda birinchi loydan ishlangan g‗ildiraklar paydo bo‗lgan. Transportning rivoj- lanishi shaharlarga qishloq xo‗jaligi tumanining markazi, qo‗shimcha mahsulot to‗planadigan va taqsimlanadigan markaz vazifasini o‗tash imkonini ham yaratdi. Shaharlarning tashkil topishi va rivojlanishi sivilizatsiyaning tarkibiy qismidir. Ma‘lumki, sivilizatsiya kishilik jamiyati rivojining ma‘lum davrida paydo bo‗ladi. Sivilizatsiyaning yuzaga kelishida va rivojlanishida shahar yetakchi rol o‗ynaydi. Sababi, shaharlar sivilizatsiya paydo bo‗lishi 26 va rivojlanishini ta‘minlagan barcha jarayonlar kechgan markaz rolini bajargan. Shu sababli sivilizatsiya iqtisodiy, madaniy asoslarining va ilk tabaqaviy jamiyatlarning tashkil topishi shahar tipidagi aholi punktlarining tashkil topishi va rivojlanish bilan birga bog‗liq jarayon sifatida qaraladi. Bu jarayon fanda «shahar inqilobi» deb ataladi. Hunarmandchilikning ajralish jarayoni bilan shaharlarning paydo bo‗lishi jarayoni bir vaqtda borgan. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, dastlab shahar tipidagi aholi punktlarida aholi hunarmandchilikdan ko‗ra ko‗proq dehqonchilik bilan shug‗ullanishgan. Shaharlarning asta-sekin rivojlanib bo- rishi bilan hunarmandchilik shahar hayotida tobora muhim mavke‘ o‗ynay boshlagan. Hunarmandchilikning yangi sohalari paydo bo‗lgan. Umuman, shahar va hunarmandchilik bir-birlarining yuksalishiga sharoit yaratgan. Markaziy Osiyoda qadimgi shahar tipidagi aholi punktlarida hunarmand- chilikning metalurgiya va kulolchilik kabi tarmoqlari rivojlangan. Bronza davriga oid manzilgohlar hozirgi Xorazm va Qoraqalpog‗iston hududlaridan ham topilib o‗rganilgan. Amudaryo etaklaridagi Tozabog‗yob kanali yaqinidan topilgan Tozabog‗yob madaniyati, Amirobod kanali etakla- ridan topilib o‗rganilgan Amirobod madaniyati shular jumlasiga kiradi. Bu manzilgohda yashagan odamlar o‗troq holda urug‗ jamoa bo‗lib yashaganligi sug‗orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‗ullanganligi aniqlandi. Mamlakatimizning shimolidagi cho‗l va dasht joylarida chorvador urug‗ jamoalari va qabilalar yashagan. Ularda chorvachilik xo‗jalikning asosiy tarmog‗i bo‗lgan. Otliqlar-cho‗ponlar qoramol, ko‗y, echkilardan iborat podalarii uzoq joydagi yavlovlarga haydab borganlar. Bronza davri oxirlarida chorvador qabilalarning o‗z podalarini haydab o‗troq dehqon jamoalari yashaydigan vohalarga tinch yoki zo‗rlik bilan kirib borganligi ham kuzatiladi. Natijada etnik jarayonlar kuchayib shimol va janub qabillarining dastlabki aralashuvi yuz berib, hozirgi zamon o‗zbek va tojiklarining dastlabki etnik qatlami shakllana boshlagan. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling