O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti saidov Shavkat Jumaboyevich
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
6cb21ceb5da1dbf9119022f8b24979e4 Markaziy Osiyo xakqlari tqrixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II - bo‟lim: Markaziy Osiyo qadimgi davrda (eramizdan avvalgi I-mingyillik, milodiy IV asrlar) 2.1.Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalari: Katta Xorazm
Tayanch tushunchalar: Bronza davri, Oltoy Kureyka 3, ko‗za siniqlari,
nayza uchlari,tog‗li - Oltoy , Baliktiyul, Andronova madaniyati, Yettisuv, Karasuk madaniyati, Mo‗g‗iliston, Sharqiy Turkiston. Savol va topshiriqlar: 1. Bronza davrining o„ziga xos xususiyatlarini gapirib bering? 2. Bronza davriga oid Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston va Mo„g„iliston hududlaridagi manzilgohlar haqida ma‟lumot bering? 3. Aholining turmush tarzi va mashg„ulotlari qanday bo„lgan? 31 II - bo‟lim: Markaziy Osiyo qadimgi davrda (eramizdan avvalgi I-mingyillik, milodiy IV asrlar) 2.1.Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalari: Katta Xorazm vaQadimgi Baqtriya O’quv maqsadi: Ilk davlat uyushmalarini shakllanishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari, “Katta Xorazm” masalasi, qadimgi Xorazm davlati, qadimgi Baqtriyada shaharlar va shahar madaniyati, So‟g‟diyona, Sug‟diyonaning hududlari, aholisi, etnik tarkibi, din va madaniyat, qadimgi Marg‟iyona va uning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari, Murg‟ob vohasi, aholisi, hududi haqida batafsil ma‟lumot berish, mavzuda keltirilgan tarixiy, madaniy o‟lkalar, davlatlar, xalqlar to‟g‟risida atroflicha ma‟lumot berish. Miloddan avvalgi I ming yillikda Markaziy Osiyo hududlarida temirning ishlatilishi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tubdan o‗zgartirib yubordi. Natijada ishlab chiqarishning yuksalishi, mehnat unumdorligining oshishi, ortiqcha mahsulotning ko‗payishiga, aholi o‗rtasidagi mulkiy tabaqalanish- ning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Bu esa o‗z navbatida Markaziy Osiyo hududlarida qabila va xalqlarning ijtimoiy-siyosiy birlashmasi sifa- tida qadimgi davlat uyushmalarining shakllanishiga asos bo‗ldi. Baqtriya, Marg‗iyona va Katta Xorazm Markaziy Osiyodagi ilk davlat uyushmalari sifatida e‘tirof etiladi. Yirik davlat uyushmalarining tashkil topishida ichki ijtimoiy-iqtisodiy omillardan tashqari, tashqi sub‘ektiv omillar ham muay- yan rol o‗ynaganligini ko‗ramiz. Zardushtiylarning diniy kitobi bo‗lgan ―Avesto‖da Markaziy Osiyo va Sharqiy Eron hududlarida Ahamoniylar imperiyasi tashkil topgan vaqtga qadar qandaydir davlat tizimi bo‗lganligi haqida dastlabki ma‘lumotlar uchraydi. Ular harbiy-demokratiya tipidagi qabilalar ittifoqidan o‗sib chiqqan dastlabki davlatlar edi. Yunon mualliflari (Gerodot, Gekatey)ning xabariga ko‗ra, bu zaminda qabilalar konfederatsiyasi asosida tarkib topgan dastlabki davlatlar mavjud bo‗lgan. «Katta Xorazm» va «Baqtriya podsholigi» harbiy demokratik prinsiplar asosida tarkib topgan. Afsuski, yozma manbalarda ular haqida uzun-yuluq va juda qisqa ma‘lumotlar uchraydi. Ularning ba‘zilari esa afsonaviy xarakterda, zardushtiylik dinining bosh islohotchisi Zaratushtra nomi bilan bog‗liq xolda eslatiladi. «Avesto» berilgan ma‘lumotlarni mashhur xorazmshunos olim S.P.Tol- stov, Yevropa olimlaridan V.Xenning hamda I.Gershovichlar arxeologik izlanishlar va tarixiy-geografik ma‘lumotlarni solishtirib, «Katta Xorazm» davlati haqidagi o‗z qarashlarini bayon etganlar. Masalan, S.P.Tolstov 32 fikricha, «Avesto»da Zaratushtraning vatani Aranem Vayjo mamlakati bo‗ylab oqib o‗tgan Daitya daryosi – hozirgi Amudaryodir. Natijada qadimgi Xorazm Amudaryo xavzasida joylashgan viloyat ekan, Zaratushtra o‗z ta‘limotini shu zamindan chiqib boshqa viloyatlarga tarqatgan, degan xulosaga keladi. Biroq I.I.Xlopin «Katta Xorazm»ning yirik siyosiy birlashma sifatida ahamoniylardan oldingi davrda mavjud bo‗lganligi va Oksning Tajan-Xerirud daryosi bilan bir ekanligi haqidagi fikrni asossiz deb hisoblanishni shubha ostiga olgan. Oksni Atrek daryo- siga to‗g‗ri keladi deb hisoblagan. Uning fikricha, «Ahamoniylardan oldin- gi davrda Markaziy Osiyo hududida xalqlarning xorazmiylar boshchiligida hech qanday ilk davlat birlashmalari yo‗q edi». Shu bilan bir qatorda u ahamoniylardan oldingi davrda Markaziy Osiyoning janubida «bir nechta uncha katta bo‗lmagan markazlar», shu jumladan, Baqtriya mavjud bo‗lgan bo‗lishi mumkin deb hisoblaydi. Ammo «Katta Xorazm» Markaziy Osiyo- ning bapoyon kengliklarini, ya‘ni Oroldan Tajan (Xerirud) daryosining quyi oqimlarigacha bo‗lgan hududlarni qamrab olgan, Markaziy Osiyodagi ilk davlatlardan biri, siyosiy birlashma bo‗lganligiga hech qanday shudha bo‗lishi mumkin emas. Masalan, «Avesto»da «Katta Xorazm»ga tegishli viloyatlar sanab o‗tiladi. Bunga ko‗ra,Markaziy Osiyoning deyarli katta qismi «Katta Xorazm» tarkibiga kirganligini ko‗rishimiz mumkin. Mazkur ma‘lumotni yunon mualliflari tomonidan ham tasdiqlanadi. Gerodot «Katta Xorazm» davlatining ekin maydonlarini sug‗orish uchun Oks daryosiga to‗g‗on qurilganini bayon qilib o‗tgan. Olimlar OksniTejen daryosi bilansolishtirib, Hirot va Marv viloyatlari «Katta Xorazm» davlati tarkibida bo‗lgan, degan g‗oyani olg‗a suradilar. Demak, yunon tarixchisi Gerodotning ma‘lumotiga ko‗ra, miloddan avvalgi XIII-XII asrlarda Oks-Tejan vohasi hozirgi Turkmaniston - qadimgi xorazmliklarga qaragan. Manbalardan birida yuqorida aytib o‗tilgan ma‘lumotlarga o‗xshash fikrlar uchraydi. Markaziy Osiyoda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki, Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan viloyatlarida ilk davlat uyushmalari shakllana boshlagan. Aynan shu davlat uyushmalari "Avesto"da «daxyusasti» deb nomlanadi. Gerodot «Osiyoda shunday tekislik bo‗lib, u har tomondan tepalik bilan tutashgan, tepalikda esa beshta dara mavjud. Qachonlardir bu yerlar xorasmiylarga tegishli bo‗lgan va ayni xorasmiylarning girkanlarning, parfiyaliklarning, saranglarning va tamanlar yerlarining chegaralarida yotardi. Tekislikning tepalik bilan tutashgan yeridan katta Akes daryosi oqib o‗tardi. Dastlab daryo besh tarmoqqa bo‗lingan va u shu yerda 33 yashovchi "xalq"larning yerlarini ko‗kartirardi» degan. Gerodotning Osiyo haqidagi bunday ta‘rifini Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasini o‗rgangan tarixchi olim, geograf V.V Bartold inkor etgan va bu malumotni tahlil qilishdan voz kechgan (Bartold.V.V., 1965a, str.25-26. 100-101.). Aksariyat tadqiqotchilar bu ma‘lumotga ijobiy yondashadilar. Gerodot aytib o‗tgan Oks daryosini barcha tadqiqotchilar Tejen bilan tenglashtira- dilar. Bu haqida Gerodotdan ham avvalroq yozib qoldirgan yunon muallifi Gekatey (er.avv. taxminan 500y.) xorazmiylarni qisman tekislikda, qisman tog‗liklarda, parfiyaliklardan sharqda yashagan deydi. Bu zamonaviy Xorazm emas, balki Marvning bir rayoni bo‗lganligi aniq. I.Markvart yuqoridagi aytib o‗tilgan «Avesto»dagi Aranem-Vayjoni «Eron (oriy) yalangligi» degan ma‘noni anglatib, «Katta Xorazm» bilan aynan o‗xshash degan nazariyani olg‗a suradi. Uning aytishicha, «Katta Xorazm» Datya daryosi(Amudaryo) bo‗yida joylagan va u yerda qish 10 oyga cho‗ziladi, ya‘ni qish kattiq keladi degan edi. Biroq «Katta Xorazm» davlatining qachon inqirozga yuz tutganligi haqida biror fikr bildirish qiyin. Ammo shunisi aniqki, «Katta Xorazm»ga tegishli qator Janubiy viloyatlar Midiya davlati davridayok undan ajralib ketgan va keyinchalik Ahamoniylar davlati tomonidan bosib olingan. Miloddan avvalgi IV asrga kelib «Katta Xorazm»ning shimoliy qismida, Amudaryosining quyi xavzasidagi hududlarda Qadimgi Xorazm davlati tashkil topgan. Markaziy Osiyo hududida Ahamoniylarga qadar tashkil topgan ikkinchi davlatbu Baqtriya podsholigidir. Bu davlat haqidagi dastlabki ma‘lumotlar yunonistonlik Ktesiyda uchraydi. Boshqa bir yunon solnomachisi Diodor esa, Ktesiy hikoyalariga asoslangan holda Ossuriya podsxosi Ninning Baqtriyaga qilgan harbiy yurishlari haqida xabar beradi. Ktesiyning hikoyalarida tarixiy haqiqat bor. Uning ma‘lumotlari miloddan avvalgi XIII–VI asrlarga oid bo‗lib, ularda Baqtriyaning qudrati, shon-shuhrati, ming minglab shahar va qishloqlari, serunum yerlari va ko‗p sonli chor- valari haqida hikoya qilinadi. Keyingi yillarda qadimgi Baqtriya hududida olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari yunon mualliflarining «Qadimgi Baqtriya podsholigi» haqidagi hikoyalari zaminida tarixiy haqiqat borligiga ishora qiladi. Bunga misol qilib Janubiy Baqriyada Oltin-1 va Oltin-10 hamda Baqtra shahri vayronalarini, Shimoliy Baqtriyada esa Kuchuktepa, Qiziltepa, Tallashkan- tepa, Bandixon-2 kabi yodgorliklarni ko‗rsatish mumkin. Ularning har birida mahalliy hokimliklarning o‗rdasi bo‗lgan. Qadimgi Baktriya pod- sholigi esa ana shu tuman va viloyatlarni birlashtiruvchi harbiy-demokratik tipdagi konfederatsiya edi. 34 Miloddan avvalgiVIII-VII asrlarda bir butun yirik madaniyat markazi sifatida shakllangan yurtlardan biri Baqtriyadir. Uning hududini O‗zbekistonning Surxondaryo viloyati, Janubiy- G‗arbiy Tojikiston yerlari, Shimoliy Afg‗oniston tashkil etadi. Bu yurt o‗z vaqtida Eron ahamoniylar davlatiga tobe sifatida katta jarima to‗lardi. Shunday davlat uyushmalaridan yana biri Qadimgi Baqtriya saltanati bo‗lgan. «Avesto»da Baqtriya «go‗zal, tog‗lari yuksak ko‗tarilgan» deb tasvirlanadi. Baqtriya haqidaeng qadimgi ma‘lumotlar ahamoniylar bitik- larida, xususan, dunyoga mashhur Naqshi Rustam maqbarisi va Bexustun qoyasida uchraydi. Persepolda saroyidagi ganchkor rasmlarda baqtriyaliklar o‗n beshinchi qatorda idish ko‗targan holda va ikki o‗rkachli Baqtriya tuyalari bilan tasvirlangan. Baqtriya mustaqil satraplik sifatida Ahamoniylar imperiyasining iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol o‗ynagan. U haqidagi xilma xil malumotlar qadimgi yunon tarixchilari – Gerodot, Ktesiy, Strabon, Diador, Arrian, Kursiy Ruf, Gekatey, Skilak va boshqalarning asarlarida mavjuddir. Mualliflarning ta‘kidlashicha, mazkur mamlakatning qadimiy bo‗lib, mada- niyati yuksak darajada rivojlangan. Masalan, Ktesiy Ossuriya podsxosi Nin- ning Baqtriyaga qilgan yurishi, Baqtriya podsxosi Oksiart va uning xazinasi haqida xabar beradi. Ktesiy tomonidan tasvirlangan xalqlar orasida baqtriya- liklar birinchilardan bo‗lib tilga olingan. Baqtriyaning o‗zini esa u sharqqa joylashtiradi, g‗arb tomonidan Baqtriya «tekisligiga» boradigan yo‗lni «tog‗lar» to‗sib turishi, ulardan faqat «dovonlar» orqali o‗tib borilishi haqida yozib qoldirgan. Baqtriya Tanaisdan Xind daryosigacha cho‗zilgan. Tanais uni Yevropadan ajratib turadi. Bundan tashqari «Baqtriya» nomi Esxilning miloddan avvalgi 472 yilda sahnaga qo‗yilgan «Forslar» tragediyasida, shuningdek Gekatey, Skilak asarlarida ham uchraydi. Tadqiqotlarning chuqur tahlili qadimgi Baqtriya saltanatning hududlari Baqtriya o‗lkasi hududlaridan katta ekanligini ko‗rsatadi. Uning tarkibiga Marg‗iyona va So‗g‗d ham kirgan degan fikrni tasdiqlaydi. Shunisi e‘tiborliki, Baqtriya tabiiy boyliklari mamlakatning tashqarisiga, hatto Old Osiyogacha ma‘lum bo‗lgan. Ayniqsa, Badaxshon la‘li barcha Sharq hukmdorlari orasida yuksak qadrlangan. Shunday qilib, arxeologik va yozma manbalarning tahlili miloddan avvalgi birinchi ming yillikning boshlarida, Ahamoniylarning bosqinchiliklaridan ancha oldin qudratli harbiy-siyosiy uyushmalar, ilk davlatlar bo‗lganligini ko‗rsatadi. Mintaqadagi o‗troq va ko‗chmanchi xalqlarni birlashtirgan mazkur siyosiy uyushmalar ichki taraqqiyot natijasida va shuningdek g‗arbdan eramizdan 9-7 asrlarda mavjud bo‗lgan qudratli Ossuriya va Midiya 35 davlatlarining bosqiniga qarshi ittifoq sifatida tashkil topgan degan xulosaga kelish mumkin. Keyingi yillarda mamlakatimizda va xalqaro jamoatchilikda ―Avesto‖ yaratilganligining 2700 yilligi Qarshi shahri tashkil topganligining 2700 yilligi, Samarqand shahrining 2700 yilligi keng nishonlanganligi hududimizda sivilizatsiya asoslari bundan uch ming yillar oldin shakllan- ganligini aniq isbotlaydi. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling