O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


“Innovatsion iqtisodiyotning” xususiyatlari va rivojlanish jihatlari


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

7.2. “Innovatsion iqtisodiyotning” xususiyatlari va rivojlanish jihatlari 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7- fevraldagi farmoni bilan 
tasdiqlangan mamlakatimizni yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishlar 
bo‗yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljalangan «Harakatlar strategiyasi»ning uchinchi 
yo‘alishi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga qaratilgan 


114 
bo‟lib, bunda iqtisodiyotni erkinlashtirish va rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri 
ekanligi qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi bugun xalqaro hamjamiyatning va 
global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning 
tasdig‗ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy 
topgan yetakchi davlatlar ko‗magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‗yicha dasturlarning 
amalga oshirilayotganida, 2017-2021 yillarga mo‗ljallangan mamlakatni yanada 
taraqqiy ettirishning beshta ustuvor yo‗nalishlarning yurtimizda muvaffaqiyatli 
amalga oshirilayotganida yaqqol ko‗rishimiz mumkin. Globallashuv sharoitida 
mamlakatning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, 
innovatsiyalarni keng joriy etish va shular asosida resurslardan oqilona foydalanish 
barqaror rivojlanish va aholi turmush darajasini oshirishning garovidir.
 
7.3. “Innovatsion iqtisodiyotning” shakllanishida axborot-
kommunikatsion texnologiyalarning o„rni va uning rivojlanish tendensiyalari 
An‘anaviy iqtisodiyotdan bilimlarga asoslangan iqtisodiyotga o‗tish ta‘lim, 
innovatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga (AKT) uzoq muddatli 
investitsiyalar sarflashni, shuningdek, resurslarni samarali yo‗naltirish va 
joylashtirishni ta‘minlaydigan tegishli iqtisodiy hamda institutsional sharoitlarni talab 
etmoqda. Jahon tajribasi shuni ko‗rsatadiki, zamonaviy iqtisodiyotning innovatsion 
yo‗nalishdagi rivojlanishi, asosan, yuqori texnologiyalarga asoslangan kichik firma 
va kompaniyalar tufayli amalga oshmoqda. Xolisona aytganda, kichik biznes 
korxonalari, start-up, inkubator singari laborotoriyalar innovatsion jarayonlarni 
rivojlantirish uchun tabiiy va qulay soha hisoblanadi. Shu tufayli mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
korxonalarida innovatsion g‗oya va ishlanmalarni qo‗llab-quvvatlash nuqtai 
nazaridan davom ettirish, makroiqtisodiy darajada resurslarni tejash, ayniqsa 
nomoddiy resurslardan samarali foydalanishga katta e‘tibor qaratish lozim. 
O‘zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini 
mustahkamlashga yo‗naltirilgan tarkibiy o‗zgarishlar va yuksak texnologiyalarga 


115 
asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini jadal rivojlantirish 
siyosatini asosiy ustuvor yo‗nalish sifatida davom ettirishni taqozo etib, istiqbolli 
iqtisodiyot sifatida innovatsion iqtisodiyotni nazarda tutish maqsadga muvofiqdir. 
Innovatsion iqtisodiyotga erishish uchun: birinchi navbatda, ta‘lim, fan va ishlab 
chiqarish o‗rtasida hamkorlik munosabatlarini o‗rnatish; ikkinchidan, hamkorlik 
munosabatlaridan kelib chiqqan holda korxona tomonidan innovatsion mahsulot 
ishlab chiqarishni moliyalashtirish; uchinchidan, fan-texnika yutuqlarini korxona 
ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish imkoniyatini yaratish; to‗rtinchidan, 
innovatsion mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga imtiyozlarni yaratish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish lozim.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling