O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

bozorlari - xorijiy valyutaning milliy valyutaga talab va taklif asosida xosil bo‘luvchi 
kurs bo‘yicha oldi-sotdisi amalga oshiriladigan markazlardir. Milliy valyuta bozorlari 
rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan barcha davlatlarda mavjud. Jahon fond 
bozorlari- aksiyalar , obligatsiyalar, opsionlar, fyucherslar kabi qimmatli qog‘ozlar 
bilan o‘zaro oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxona muassasalar va 
ishtirokchilarning jamlanmasidir. Jahon ssuda kapitallari bozori-xalqaro kredit 
operatsiyalari amalga oshiriladigan bozor yoki xalqaro ssuda kapitallari bozori.
 
6.4. Jahon kapital bozori tahlili. Kapital eksporti - xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning ilg„or shakli sifatida 
Kapital olib chiqish jahon xo‗jaligining chuqur rivojlanishi davrida tovar olib 
chiqish monopoliyasini sindirdi. Tovar olib chiqishni to‗ldiruvchisi va uning 
vositachisi bo‗lib, kapital olib chiqish xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida 
aniqlovchi omilga aylanib bormoqda. Kapital olib chiqish ma‘lum bir milliy davlat 
o‗z aylanmasidan bir qism kapitalni olib, uni boshqa bir davlatning ishlab chiqarish 
jarayoniga va aylanmasiga tovar yoki pul formasida joylashtirishida namoyon 
bo‗ladi. Kapital olib chiqishning asosiy sababi uning ma‘lum bir davlatlarda 
―nisbatan" ortiqcha bo‗lib qolishligidir. Ishbilarmonlik foydasi yoki foiz olish 
maqsadida kapital chet elga chiqariladi. Xalqaro kapital migratsiyasi- kapital egasi 
uchun foyda keltiruvchi, davlatlar orasidagi qarama-qarshi harakatdir. Har bir davlat 


101 
bir vaqtning o‗zida kapitalning importyori va eksportyori bo‗lib hisoblanadi. Amaliy 
hayotda investitsiya qilish zaruriyati o‗zida investitsion muhitning barcha qismlarini 
mujassamlashtirgan sabablar kompleksi va shuningdek ayrim bozorlarning nisbiy 
ustunligi tamoyillari bilan belgilanadi. 
Jahon ho‗jaligida kapital olib chiqish asosan quyidagi shakllarda amalga 
oshiriladi: 
- sanoat, savdo va boshqa korxonalarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri yo‗naltirilgan 
investitsiyalar; 
- portfel investitsiyalar (xorijiy obligatsiyalar, aksiya, qimmatbaho qog‗ozlar); 
- ssuda kapitalining sanoat va savdo korporatsiyalari, bank va boshqa 
moliyaviy tashkilotlariga o‗rta va uzoq muddatli kreditlari yoki zayomlari; 
- iqtisodiy yordam- tekinga va imtiyozli kreditlar shaklida (foizsiz, kam foizli). 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling