O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Xalqaro hukumatlararo va nohukumat tashkilotlar


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

 
5.4. Xalqaro hukumatlararo va nohukumat tashkilotlar
Global iqtisodiyotda muhim institutsional tuzulmalar sifatida ―Katta yettilik‖ 
guruhi (G-7), ―Katta yigirmalik‖ guruhi (G-20) keltirish mumkin. 
G-7 (Great 7 – Katta yettilik) Yaponiya, Kanada, AQSH, Buyuk Britaniya
Fransiya, Germaniya, Italiya kabi mamlakatlardan tashkil topgan. Aslida ―Katta 
yettilik‖ rasmiy maqoga ega emas: uning kotibiyati ham, boshqaruv idoralari ham 
yo‗q. G-7 tomonidan qabul qilinadigan qarorlar ham majburiy kuchga emas. Biroq, 
yettita ittifoqdosh mamlakatlar ularning mushtarak manfatlariga xizmat qiluvchi 
qat‘iy va buzilmas yozilmagan tartib-qoidalarga bo‗ysunadi.


95 
―Katta yigirmalik‖ guruhi (G-20) 1999- yilda global iqtisodiyotdagi asosiy 
muammolarni muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan.
Ushbu guruh tarkibiga yalpi ichki mahsuloti hajmi jahon yalpi ichki 
mahsulotning 90 foizini tashkil etadigan 20 ta rivojlangan va rivojlanayotgan 
davlatlardan iborat: Argentina, Avstraliya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, 
Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Meksika, Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabistoni, 
AQSH, Turkiya, Fransiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Janubiy Koreya, Yaponiya, 
Yevropa Ittifoqi. 
―Katta yigirmalik‖ guruhi faoliyati global moliyaviy-iqtisodiy muammolarni 
hal etishga qaratilgan bo‗lib, shu jumladan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi 
kurashish bo‗yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bu boradagi 
muammolarni birgalikda hal etish maqsadida bir necha sammitlar o‗tkazdi:
AQSH (Vashington, 2008- yil noyabr; Pittsburg, 2009- yil sentyabr);
Buyuk Britaniya (London, 2009- yil aprel);
Kanada (Toronto, 2010- yil iyun);
Janubiy Koreya (Seul, 2010- yil noyabr) va boshqa davlatlarda bo‗lib o‗tgan. 
 
Tayanch so„zlar: Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar, Mintaqaviy 
birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, nohukumat nodavlat tashkilotlari, 
institutsional omillar, iqtisodiy siyosat, barqaror rivojlanish. 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling