O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Nazorat savolllari: 
1. Indikatorlar tushunchasi va uning asosiy turlarini yoritib bering.
2. Global barqaror rivojlanish indikatorlari nimalardan iborat? 
3. Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorini yoritib bering. 
4. The Global Cleantech Innovation Index ko‗rsatkichlari qaysi sohaga tegishli? 
5. Ekologik xavfsizlik o‗lchovlari qaysi ko‗rsatkichlar bilan aniqlanadi? 
6. Ishlab chiqarishning transmilliylashuv indekslari qanday aniqlanadi? 
7. Moliyaviy globallashuv indekslarini izohlab bering. 
8. Ishlab chiqarishning transmilliyshuv indekslari va ularning mohiyati. 


86 
9. Tashqi savdo, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining indekslariga 
izoh bering. 
10. Milliy iqtisodiyot globallashuvining asosiy ko‗rsatkichlariga nimalar kiradi? 
11. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga baho berish uslub 
 
 


87 
5-bob. GLOBAL IQTISODIYOTNING INSTITUTSIONAL JIHATLARI 
Reja: 
5.1. ―Institut‖ tushunchasi va global iqtisodiyotning institutsional jihatlari. 
5.2. Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar va ularning faoliyat 
yo‗nalishlari.
5.3. Mintaqaviy iqtisodiy birlashmalar.
5.4. Xalqaro hukumatlararo va nohukumat tashkilotlar (G7, G20 va 
boshqalar).
5.1. Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar va ularning faoliyat 
yo„nalishlari 
Institutsional jihatlar. Keng ma‘noda, "institutlar‖ – bu ijtimoiy makonga 
taalluqli tuzilmalarning bir ko‗rinishi bo‗lib, jamiyat hayotining mazmunini aks 
ettiradi. Institutlarning muhim xususiyatlari quydagilardan iborat: 
jamiyatdagi asosiy iqtisodiy sub‘ektlarning rag‗batlantiruvchi omillarini 
belgilab beradi;
jismoniy 
va 
inson 
kapitalini 
rivojlantirishga, 
ishlab 
chiqarishni 
modernizatsiyalashga, zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga, ishlab chiqarishni
tashkil etishga ko‗mak beradi; 
samarali makroiqtisodiy, tashqi iqtisodiy, investitsion va sanoat siyosatini 
shakllantirishiga ta‘sir ko‗rsatadi; 
mamlakatning barqaror rivojlanishida va raqobatdoshligini ta‘minlashda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi paytda xalqaro tashkilotlarning roli kuchayib bormoqda. Ularning 
xalqaro munosabatlarda va jahon siyosatida tutgan o‗rniga, maqsad va vazifalariga 
qarab bir necha guruhga ajratish mumkin
27

27
Ўзбекистон Республикаси Президенти И. Каримовнинг БМТ Cаммитининг Минг йиллик 
ривожланиш мақсадларига бағишланган ялпи мажлисидаги нутқини ўрганиш бўйича ўқув-
услубий мажмуа. Тошкент. 2010. (Электрон ресурс).


88 
1. Ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar: BMTning ixtisoslashgan tashkilotlari, 
jumladan, YUNESKO (ta‘lim, fan va madaniyat), FAO (oziq-ovqat va qishloq 
xo‗jaligi), YUNIDO (sanoat taraqqiyoti), YUNKTAD (savdo va rivojlanish), JSST 
(sog‗liqni saqlash), YUNEP (atrof muhit bo‗yicha), YUNISEF (bolalar masalasi), 
Islom xamkorlik tashkiloti va boshqalar.
2. Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar: Evropa Ittifoqi, MDH, SHHT (SHanxay 
hamkorlik tashkiloti), ASEAN va boshqalar. 
3. Iqtisodiy xalqaro tashkilotlar: Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, JST 
(Jahon savdo tashkiloti), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, YTTB 
(Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki), OTB (Osiyo taraqqiyot banki), ITB (Islom 
taraqqiyot banki) va boshqalar. 
Globallashuv davrining yana bir o‗ziga xos xususiyati, XX asrda global 
iqtisodiyotning yangi mexanizmlari va institutlari paydo bo‗ldi, ularsiz bugun global 
iqtisodiyotning faoliyatini tasavvur qilib bo‗lmaydi. Xalqaro valyuta jamg‗armasi, 
Jahon Banki, Jahon savdo tashkiloti, Bazeldagi Xalqaro hisob-kitoblar banki, 
BMTning mintaqaviy iqtisodiy komissiyalari, ―Katta yettilik – G7‖ va ―Katta 
yigirmatalik – G20‖larning muntazam uchrashuvlari, Iqtisodiy hamkorlik va 
taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamda bir qator boshqa institutlar shular 
jumlasidandir
28

Globallashuv milliy iqtisodiyotlarni jahon iqtisodiyoti bilan birlashishi orqali 
texnologiya, ishlab chiqarish, moliya va iste‘mol bozorlarini qamrab oladi. Ikkinchi 
jahon urushi 1945- yil nihoyasiga etganda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tomondan 
xalqaro birlashuv tarafdorlari ko‗paydi.
Shu sababli? Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil etilib, Xalqaro 
Valyuta Jamg‗armasi (XVM-IMF), Jahon Banki va Jahon Savdo Tashkiloti (WTO) 
jahon iqtisodiyotida bozor asoslarini ishlashini ta‘minlash maqsadida shakllantirildi.
BMTning 1944- yil AQSHning Bretton-Vuds shahrida o‗tkazilgan xalqaro 
valyuta-kredit masalalari bo‗yicha konferensiyasida BMTning ixtisoslashgan organi 
28
Мировая экономика в век глобализации: Учебник / О.Т. Богомолов – М.: ЗАО 
―Издательство ―Экономика‖, 2007. – С. 27/


89 
sifatida Xalqaro valyuta jamg‗armasini tashkil etish bo‗yicha qaror qabul qilindi. 
Uning vazifasi xalqaro va milliy valyuta-moliya tizimini qayta tiklash va 
barqarorlashtirish edi. Shuningdek, bu konferensiyada investitsiyalash va kreditlash 
faoliyatini kengaytirishda xususiy kapitalning ham ishtirok etishi uchun Xalqaro 
tiklanish va taraqqiyot banki ham ta‘sis etildi. Mana shu voqea xalqaro moliya 
muassasalarining vujudga kelishining debochasi bo‗ldi. 
Global iqtisodiyotda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni qamrovi jihatidan ikki 
guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh BMT doirasida faoliyat olib boradigan 
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bo‗lib, ularga BMTga a‘zo bo‗lgan barcha mamlakatlar 
a‘zo bo‗lishi mumkin va biror-bir geografik chegaralashga tobe emas. Jahon Banki, 
XVJ, WTO, UNCTAD, UNDP (BMTnin Taraqqiyot dasturi), FAO (Oziq-ovqat va 
qishloq xo‗jaligi tashkiloti) kabi tashkilotlar bunga misol bo‗ladi. 
Ikkinchi guruhga kiruvchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar ma‘lum bir guruh 
mamlakatlarningina a‘zo bo‗lishi mumkin bo‗lgan tashkilotlardir. Chunki bular 
mintaqa bazasida iqtisodiy birlashma yoki hamkorlik xususiyatiga ega tashkilotlardir.
Ushbu tashkilotlar doirasiga Yevropa Ittifoqi, NAFTA va bir qator boshqa 
mintaqaviy integratsion tashkilotlar kiradi. Ular qatoriga Islom hamkorlik tashkiloti 
(IHT), ma‘lum bir mahsulot ishlab chiqarib eksport qiluvchi (masalan, neft eksport 
qiluvchi mamlakatlar tashkiloti – OPEC), Arab valyuta jamg‗armasi yoki ma‘lum bir 
geografik mintaqada joylashishi (Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti) kabi 
ba‘zi tashkilotlar kiradi. 
Bugungi kunda global iqtisodiyotda xalqaro maqomga ega bo‗lgan bir nechta 
mintaqaviy kredit tashkilotlari faoliyat ko‗rsatadi. Mazkur tashkilotlar, asosan, 
hududlar miqyosida faoliyat ko‗rsatsa-da, keyingi yillarda ularning hudud doirasidan 
tashqarida ham faolligi ortib bormoqda. Ushbu tashkilotlar qatoriga quyidagilar 
kiradi: Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki (ITB), Amerikalararo 
taraqqiyot banki, Afrika taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki.
O‗tgan asrning 60-yillariga kelib yirik mintaqaviy banklarning paydo 
bo‗lishiga bir qancha sabablar ta‘sir ko‗rsatdi. Ushbu sabablar ichki va tashqi omillar 
ta‘sirida vujudga kelgan. Ichki sabablarga quyidagilarni keltirish mumkin: 


90 
- mustamlakalar tizimining parchalanishi;
- rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon rivojlanishidagi o‗rnining ortishi va 
ularning yangi iqtisodiy tartib uchun kurashining kuchayishi; 
- mintaqaga xos bo‗lgan maxsus vazifalarini yechishga bo‗lgan ehtiyoji;
- xorijiy raqobatga qarama-qarshi turish va milliy iqtisodiyot muammolarini 
birgalashib, kelishilgan holda yechish maqsadida rivojlanayotgan mamlakatlarning 
hududiy hamkorligi va iqtisodiy integratsiyalashuvini rivojlantirish va boshqalar. 
Tashqi sabablar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
- globallashuv jarayonlar bilan birgalikda mintaqaviylashuv jarayonlarning 
kuchayishi; 
- global iqtisodiyotda mavjud bo‗lgan murakkab qaltisliklar va tahdidlarga 
birgalikda qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish va keng qamrovli hamkorlikni 
rivojlantirish. 
Jahondagi xalqaro moliya tashkilotlarini qamrov nuqtai nazaridan uch turga 
bo‗lish mumkin bo‗lib, ular: 
- global (jahon miqyosidagi) tashkilotlar, bularga Xalqaro Valyuta 
Jamg‗armasi, Jahon Banki guruhi va boshqalar kiradi; 
- mintaqaviy tashkilotlar, misol uchun, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, 
Osiyo taraqqiyot banki va hokazo; 
- ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, masalan, Islom taraqqiyot banki (ITB) va 
boshqalar. 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling