Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1


Download 45 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi45 Kb.
#1507263
Bog'liq
Ilmiy rahbar xulosasi


Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Xaydarova Shohista Davranovna “Yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida amalga oshirish” mavzusidagi magistrlik dissertasiyasi ishi

XULOSASI



Hozirgi kunda respublikamizda yengil sanoat korxonalarning faoliyatini samarali tashkil etish uchun korxonalar o’rtasida sof raqobatni amalga oshirish borasida ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmonining 22-maqsadida milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish yuzasidan ham topshiriqlar berib o‘tilgan.
Mazkur Farmon doirasida “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” ishlab chiqildi va unda iqtisodiyotga innovatsiyalarni keng joriy qilish, sanoat korxonalari va ilm-fan muassasalarining kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish. Innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlarda mavjud analoglaridan 50 foizgacha arzonlashtirilgan va sifatli, xomashyo narxiga nisbatan 2-3 baravar yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish, shu jumladan umumiy qiymati 165,9 milliard so‘mlik jami 195 ta loyihani amalga oshirishga eʼtibor qaratilmoqdi. Shu jihatdan magistrant Sh. Xaydarovning magistrlik dissertatsiyasi dolzarb hisoblanadi.
Magistrant tadqiqot ishini yozish jarayonida o’z oldiga Yengil sanoat korxonalarini kuzatish, tahlil qilish, statistik ma’lumotlarni umumlashtirish, yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini baholash uslubini takomillashtirish, marketing samaradorligini aniqlash, zamonaviy yondashuvlar va talablarni hisobga olish, korxonalarda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning korxonaladagi ish jarayonida ulushlarini aniqlash, korxonalarning raqobatbardoshligi marketing strategiyalari asosida sifat jihatidan yaxshilash borasida tadqiqot davomida ularga batafsil to’xtalib o’tgan.
Tadqiqot ishning obyekti Uz-charmxolding, “ZIF” tekstil, “Amudar” O‘zbekiston-Angliya qo‘shma korxonalarida yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan jarayoni hisoblanadi.
Tadqiqot ishining predmeti esa yengil sanoat tarmog‘i korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishning shakl, metod, vosita va yo‘llari hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strstegiyalari mexanizmlarini talomillashtirishga doir masalalar tahlili va yechimlari, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning kirish qismida belgilangan talablar asosida magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi, tadqiqot obyekti va predmeti, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ilmiy yangiligi, tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari, tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili), tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi, tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati, ish tuzilmasining tavsifi yoritilgan.
Tadqiqot ishining “Yengil sanoat tarmog‘i korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari” nomli birinchi bobida, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar yengil sanoat tarmog‘i korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning nazariy-uslubiy asoslari, yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini baholash uslubini takomillashtirishda marketing samaradorligini aniqlash va baholashning uslullari, yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning xorijiy tajribalari batafsil yoritib berilgan.
Tadqiqot ishning “Yengil sanoat korxonalarini diversifikatsiyalash orqali raqobatbardoshlikka ta’sir etuvchi omillar tahlili” iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlarining mohiyati, yengil sanoat tarmog‘ini raqobatbardoshligini ta’minlashda paxta –to‘qimachilik va moda industriyasi imkoniyatlari, korxonada tovarlarni sotish usullari va ko‘rsatkichlari tahlili aniq jadval diagrammalar asosida ifodalab tahlil qilingan.
Tadqiqot ishning “Yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyasi asosida takomillashtirish va raqobatni ta’minlash yo‘llari” nomli yakunlovchi uchinchi bobida esa, yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida takomillashtirish masalalari yoritilgan.
Magistrlik dissertatsiyasini yozishda ilmiy adabiyotlar va xorijiy manbalardan hamda statistik ma’lumotlardan keng foydalanilgan. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, mazkur tadqiqot ishi dolzarb mavzu bo’yicha yozilgan va magistrant tomonidan bildirilgan tavsiyalar bugungi kundagi ushbu tizimda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qilishi mumkin.
Umuman olganda, Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi magistranti Xaydarova Shohista Davranovnaning “Yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida amalga oshirish” mavzusida yozgan magistrlik dissertatsiyasi qo’yilgan talablarga javob beradi va himoyaga tavsiya etiladi.

Ilmiy rahbar

PhD T.Mamadjanova

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling