O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Markaziy Osiyoning geosiyosiy, geoiqtisodiy, geostrategik xususiyatlari


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

 
8.4. Markaziy Osiyoning geosiyosiy, geoiqtisodiy, geostrategik xususiyatlari 
Markaziy Osiyo iqtisodiy jihatdan ham ulkan zaxiralarga ega ekani ma‘lum. 
Mintaqaning iqtisodiy salohiyati uning geosiyosiy ahamiyatini belgilovchi eng 
muhim omillardan hisoblanadi. Shu tufayli mintaqa iqtisodiy salohiyatining 
geosiyosiy ta‘sir doirasiga tortilishi mumkin bo‗lgan jihatlariga nazar tashlash joiz. 
Ma‘lumki, ―manfaatlar to‗qnashuvi‖ ancha yillar mobaynida Afg‗oniston 
hududida ro‗y berib keldi. Endilikda so‗z bu to‗qnashuv sahnasining Kaspiy atrofi 
yoki mintaqaning boshqa hududlariga ko‗chish ehtimoli haqida bormoqda. Markaziy 
Osiyoda vujudga 
kelishi 
mumkin 
bo‗lgan vaziyatni AQSHning taniqli 
tadqiqotchilaridan biri – Z. Bzejinskiy ―Buyuk shaxmat taxtasi‖ asarida o‗ziga xos 
tarzda talqin qiladi. Shu nuqtai nazardan yangi-yangi energetika zaxiralarini izlab 
topishga bo‗lgan ehtiyoj yetakchi davlatlarni ushbu zaxiralarga boy hududlar tomon, 
xususan Markaziy Osiyo tomon chorlashi aniq. Tabiiy zaxiralarga boy va ayni paytda 


126 
millatlararo munosabatlar, tarixiy hududlar masalalari jihatdan notinch bo‗lgan 
mintaqada millatlararo, hududiy negizda turli nizolarni keltirib chiqarishga urinishlar 
bo‗lishi mumkin
32
.
Ma‘lumki, mintaqa ulkan xom ashyo zaxirasiga ega. Qozog‗iston, 
Turkmaniston va O‗zbekistonda aniqlangan neft zaxiralari yer yuzidagi butun 
zaxiralarning taxminan 2,7 foizini, gaz zaxiralari esa 7 foizini tashkil etadi. 
Turkmanistonda gazning ulkan zaxiralari aniqlangan. O‗zbekistonda 1 trln. AQSH 
dollari miqdorida neft va gaz zaxiralari mavjudligi aniqlangan
33

O‗zbekiston oltin zaxiralari 13,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi, dunyoda 
to‗rtinchi o‗rinda turgan davlat hisoblanadi, ishlab chiqarish bo‗yicha esa 7 o‗rinni 
egallaydi. Shuningdek, O‗zbekistonda boshqa nodir metallarning yirik zaxiralari 
mavjud
34
.
Yer qa‘ridagi temir rudasi zaxiralarining 8% Qozog‗iston hududiga to‗g‗ri 
keladi. 
O‗zbekiston va Tojikistonda yirik uran rudasi konlari mavjud. Masalan 
O‗zbekiston uran qazib chiqarish bo‗yicha yer yuzida 7 o‗rinda turadi
72

Ana shunday ulkan imkoniyatlarga ega bo‗lishiga qaramasdan, Markaziy 
Osiyo mamlakatlarining jo‗g‗rofiy jihatdan noqulay shart-sharoiti, aniqrog‗i, 
energetik zaxiralarning iste‘mol bozoridan uzoqda joylashgani hamda ushbu bozorga 
chiqish yo‗llarining murakkab geosiyosiy xarakteri tufayli mavjud geostrategik 
salohiyatdan 
foydalanish 
imkoniyatlari 
cheklangan. 
Markaziy 
Osiyodagi 
davlatlarning birortasi ham ochiq dengizga chiqish yo‗llariga ega emas. 
Boshqacha aytganda, hozirgacha Markaziy Osiyoga asosan havo yo‗llari 
orqaligina bemalol kirish mumkin. Mintaqaning Xitoy, Hindiston, Eron va Rossiya 
o‗rtasida joylashgani yetakchi davlatlarning ushbu hudud markaziga yo‗nalish uchun 
o‗ziga xos murakkabliklar tug‗diradi. Chunki tabiiy zaxiralardan foydalanish, neft va 
gaz quvurlarini biror bir yo‗nalish orqali ochiq dengiz portlariga olib chiqish uchun 
bir nechta davlat hududidan o‗tish va buning uchun yetakchi transmilliy 
32
 
http://www.hydromuseum.ru/ru/encyclopedia/glossary/Zapasi_energeticheskih_resursov/
 
33
 
http://svom.info/entry/586-mir-i-energeticheskie-resursy/
 
34
 
https://www.spot.uz/ru/2018/07/11/gold/
 


127 
kompaniyalari bilan shartnoma tuzgan holda amalga oshirishga to‗g‗ri keladi. 
Qolaversa, bunday loyihalar yetakchi davlatlar manfaatlarining to‗qnashuviga olib 
kelmagan taqdirdagina kutilgan samara berishi mumkin. 
Ma‘lumki, dunyodagi eng yirik neft va gaz zaxiralari Kaspiy dengizi tubi va 
atrofida, ayniqsa, Tengiz va Qorachig‗anoq konlarida joylashgan. Shu bois 
dunyodagi yetakchi davlatlar bir necha yillardan buyon Kaspiy dengizi ostidagi neft 
zaxiralarini o‗zlashtirish uchun keskin kurash olib borayotgani mintaqa atrofida turli 
―siyosiy o‗yin‖lar uyushtirayotgani bu hududdagi vaziyatni izdan chiqarmoqda. 
Avval boshda Kaspiyning xalqaro mavqei muammosi paydo bo‗lgan bo‗lsa, keyinroq 
uning ―dengiz‖ yoki ―ko‗l‖ ekanligini qaytadan belgilab olish masalasi ko‗tarildi. 
Undan keyin Kaspiy neft zaxiralaridan o‗zaro foydalanish bo‗yicha Qozog‗iston, 
Rossiya, Eron, Ozarbayjon va Turkmaniston o‗rtasida vujudga kelgan keskin vaziyat 
haligacha o‗z yechimini topgani yo‗q. 2002 yil may oyida Ozarbayjon poytaxti Boku 
shahrida bo‗lib o‗tgan va muvaffaqiyatsiz yakun topgan Kaspiy bo‗yidagi to‗rt davlat 
rahbarlarining uchrashuvini misol tariqasida keltirish mumkin. Ma‘lumki, Eron 
prezidenti tadbirlar tugamasidanoq Ozarbayjonni tark etgan, Rossiya prezidenti esa 
jurnalistlarga bergan intervyusida boshqa ishtirokchilarni ―zaif muzokarachi‖lar 
(―слабые переговорщики‖), deya ta‘riflagan edi. 
8.1-jadval 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling