O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Globallashuv indeksi bo„yicha dunyo mamlakatlari reytingi
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi
Globallashuv indeksi bo„yicha dunyo mamlakatlari reytingi
(2013, 2016- yillar) № 2013 yil № 2016 yil Mamlakat Indeks Mamlakat Indeks 1 Belgiya 92,30 1 Shveysariya 89,35 2 Irlandiya 91,79 2 Niderlandiya 89,14 3 Niderlandiya 91,33 3 Belgiya 88,95 4 Avstriya 89,48 4 Shvetsiya 88,17 5 Singapur 88,89 5 Buyuk Britaniya 87,20 6 Daniya 88,12 6 Daniya 86,99 7 Shvetsiya 87,63 7 Avstriya 86,40 8 Portugaliya 87,07 8 Germaniya 85,30 9 Vengriya 86,85 9 Fransiya 85,19 10 Shveysariya 86,28 10 Finlandiya 85,13 Shu jumladan: 82 Qozog‗iston 58,04 81 Qozog‗iston 64,39 87 Qirg‗iziston 56,12 86 Qirg‗iziston 63,14 54 Tojikiston 40,79 163 O‗zbekiston 46,93 70 Turkmaniston 36,06 67 Tojikiston 46,36 74 O‗zbekiston 34,41 84 Turkmaniston 42,02 Manba: http://gtmarket.ru/ratings/kof-globalization-index/info Indeksni shakllantirishda manba sifatida Jahon Banki, Xalqaro valyuta jamg‗armasi, BMT, Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda statistika institutlari ma‘lumotlarining ixtisoslashtirilgan bazalaridan foydalaniladi. Globallashuv indeksi bo‗yicha 2013- va 2016- yillarda birinchi o‗ntalikda o‗rin olgan mamlakatlar ro‗yhati – jadvalda keltirilgan. Uchinchidan, global raqobatbardoshlik indeksi (The Global Competitiveness Index) Kolumbiya universiteti professori Ksave Sala-i-Martin (Xavier Sala-i-Martin, Columbia University) tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan bo‗lib, Jahon iqtisodiy 71 forumi (World Economic Forum) 2004- yildan boshlab aniqlanib kelmoqda 25 . Jahon iqtisodiy forumi fikricha, mamlakatning raqobatbardoshligi davlatning va uning institutlarini barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlab berishi bilan belgilanadi. Institutsional omillar bilan birgalikda ta‘lim va ishchi kuchining malakasini oshirish, yangi texnologiyalar va bilimlarga ega bo‗lish ham asosiy omillar sifatida e‘tiborga olinadi. Jahon iqtisodiy forumi tadqiqotlariga ko‗ra, mamlakatlarning reytingi ikkita indeks bilan aniqlanadi: Global raqobatbardoshlik indeksi (Global Competitiveness Index, GCI); Biznesni raqobatbardoshlik indeksi (Business Competitiveness Index, BCI). Global raqobatbardoshlik indeksi 113ta ko‗rsatkichdan iborat bo‗lib, turli rivojlanish darajasida turgan mamlakatarning raqobatbardoshligini batafsil yoritib beradi. Barcha ko‗rsatkichlar 12 ta guruhga kiritilgan: 1. Institutlar sifati. 2. Infratuzilma. 3. Makroiqtisodiy barqarorlik. 4. Sog‗liqni saqlash va boshlang‗ich ta‘lim. 5. Oliy ta‘lim va kasbiy tayyorgarlik. 6. Tovar va xizmatlar bozorining samaradorligi. 7. Mehnat bozorining samaradorligi. 8. Moliya bozorining rivojlanganlik darajasi. 9. Texnologik rivojlanganlik darajasi. 10. Ichki bozorning hajmi. 11. Korxonalarning raqobatbardoshligi. 12. Innovatsion salohiyat. 25 Индекс глобальной конкурентоспособности. http://gtmarket.ru/ratings/global-competitiveness-index/info |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling