O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Jamoatchilik fikrini yaratish. «Seylz promoushn» va  «Pablik


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/55
Sana20.10.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1713046
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
MARKETING

10.2. Jamoatchilik fikrini yaratish. «Seylz promoushn» va  «Pablik 
rileyshnz» tadbirlari 
Seylz promoushn tadbirlarining iqtisodiy samarasi iste‘molchilar bilan 
ishlashda individuallik darajasi, ularga psixologik ta‘sir ko‗rsatish darajasi, 
reklamaning takroriyligi va ishonchliligiga bog‗liq bo‗ladi. Bu tadbirlarni tashkil 
etish va amalga oshirishda bir nechta vazifalar bajariladi. Avvalo, bu tadbirlar uchun 
javobgarlikni muayyan shaxslar zimmasiga yuklash, so‗ngra maqsadlarni belgilash 
lozim. Seylz promoushn reklama faoliyatining boshqa turlariga, jumladan, ommaviy 
axborot vositalaridagi reklamaga qo‗shimcha ekanligi sababli tadbirlar kompleksli 
reklama kampaniyalarini qo‗llab-quvvatlovchi tarzda tashkil etiladi. Ular quyidagi 


100 
maqsadlarga birgalikda erishish uchun reklamaning boshqa turlari bilan 
muvofiqlashtirilishi lozim: 
• yagona tovar markasi bilan belgilangan tovarlarni tarqatish tarmoqini 
kengaytirish; 
• mavjud tovarlarni sotish kanallaridan foydalangan holda innovatsiyalarni 
namoyish etish, bozorga yangi va istiqbolli modellarni kiritish yo‗lidagi to‗siqlarni 
olib tashlash; 
• tovarni ilgari sotib olgan yoki undan qoniqqan shaxslar tomonidan xarid 
qilish sonini oshirish; 
• yangi tovar namunasi, yangi tovar belgisi yoki yangi tovarni kiritish, ilgari 
ma‘lum bo‗lgan tovarni modifikatsiyalash, mavjud tovardan foydalanishning yangi 
usullarini joriy etish; 
• raqobatbardoshlikni oshirish, bozorda egallab turgan o‗rinni mustahkamlash; 
• mavjud sotuv kanallari yangi tovarni qabul qilishlari va unga ishonishlari 
uchun ularni rag‗batlantirib turish; 
• raqobatchi reklama kampaniyalarining hatti-sharaktlarini kamaytirish; 
• sotuv jarayoniga jalb qilingan shaxslarning bilimlarini kengaytirish, 
shuningdek, iste‘molchilarni tovarning mavjudligi, tovar narxi, uning xususiyatlari va 
afzalliklaridan xabardor qilish; 
• tovarning nufuzi yuqori bo‗lishini ta‘minlash; 
tovar obrazini yaxshilash, uni qo‗llash imkoniyatlarini kengaytirish yo‗li 
bilan qo‗shimcha iste‘mol qiymatini yaratish; 
• sotuv tizimi xodimlari va iste‘molchilarni bilvosita mukofotlash yo‗li bilan 
narx uchun kurashda o‗z pozitsiyalarini himoya qilish; 
• tovarni o‗tkazish tarmog‗i va iste‘molchilarning firma va uning sotilayotgan 
tovariga bo‗lgan munosabatlarini yaxshilash; 
• tijorat agentlari faoliyatining samaradorligini oshirish. 
Iste‘molchilarni ayniqsa qimmatli tovarlar va katta to‗lovlar rag‗batlantiradi. 
O‗tqazuvni rag‗batlantirishning ko‗pon, maxsus marka va sovg‗a kabi shakllari 
bevosita sotuv bilan bog‗liq. bunday xarajatlar sotuvdan tushuvchi mablag‗ning 


101 
qat‘iy belgilangan qismi bo‗lib, firma bu xarajatlarni sotuv yakunlanmaguncha 
amalga oshirmaydi. Sotuv kanali ishtirokchilarining ishlab chiqaruvchilar bilan 
yaxshiroq hamkorlik qilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda sotuv 
vitrinalarni bezash, ishlab chiqaruvchilarning chegirma ko‗ponlari taqdim etishi, 
savdo xodimlarini birgalikda o‗qitish va savdo chegirmalarini taqdim etish orqali 
rag‗batlantiriladi. 
«Pablik rileyshnz» tadbirlari. «Pablik rileyshnz» tushunchasi XIX asrning 
boshlarida AQShda paydo bo‗ldi. Bu atamaning muallifi Mustaqillik 
Deklaratsiyasining muallifi, AQShning uchinchi prezidenti Tomas Djefferson 
hisoblanadi. Bu so‗zlar bilan u jamoatchilik ishlaridan yaxshi xabardor, jamiyatga 
xizmat qilish fikri bilan yonib turuvchi, jamoatchilik fikrini mustaqil ravishda 
shakllantirishga qodir shaxslarni tavsiflagan. Keng ma‘noda «Pablik rileyshnz» o‗nta 
asosiy yo‗nalishni qamrab oladi: 
• Jamoatchilik fikri. 
• Jamoatchilik munosabatlari. 
• Hukumat aloqalari. 
• Jamoatchilik hayoti. 
• Sanoat aloqalari. 
• Moliyaviy munosabatlar. 
• Xalqaro aloqalar. 
• Iste‘molchilar bilan munosabatlar. 
• Tadqiqot va statistika. 
• Ommaviy axborot vositalari. 
Pablik rileyshnz sanoat va tijoratda boshqaruv funksiyalaridan biridir. Sanoatda 
pablik rileyshnzning ikkita vazifasi mavjud. Birinchi vazifa uchta asosiy jamoatchilik 
guruhi – o‗z xaridorlari, o‗z aktsiyadorlari va o‗z xizmatchilari bilan aloqa 
o‗rnatishdan iborat. Muvaffaqiyatga erishish uchun ushbu guruhlar o‗rtasida 
hamkorlikni yo‗lga qo‗yish va o‗zaro tushunishni ta‘minlash zarur. Ikkinchi vazifa 
esa jiddiy raqobatchilik sharoitlarida kompaniya tovar va xizmatlarini sotish bozorini 
kengaytirishda namoyon bo‗ladi.


102 
Shu tariqa, pablik rileyshnzning maqsadi o‗zaro tushunishni ta‘minlash 
hisoblanadi. E.Berneys ishlab chiqqan konsensus nazariyasiga asosan pablik 
rileyshnz ikkita funksiyani bajaradi: 
• jamoatchilikni axborot bilan ta‘minlash; 
• jamoatchilikning ishonchiga ko‗maklashish, uning tasavvuriga ta‘sir 
ko‗rsatish. 
Pablik rileyshnz mutaxassislari amalda korxonalar ma‘muriyati fikr va 
qarashlarining jamoatchilik fikri bilan birlashtirishga xizmat qiladi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling