O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/55
Sana20.10.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1713046
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
MARKETING

 
10.3. Tovar belgisi 
Tovar assortimenti tez-tez yangilanib turgan sharoitlarda muayyan tovar 
obrazini yaratishga ommaviy yondashuvdan tovarlar guruhining yig‗ma obrazini 
yaratishga o‗tish yaqqol ko‗zga tashlanmoqda. Bu yig‗ma obraz ishlab chiqaruvchi 
firma obrazi – bir daraja yuqori turuvchi obrazning bir bo‗g‗ini hisoblanadi. 
Iste‘molchining esida qoluvchi tovar belgisi–firma yoki tovarning emblemasi 
bo‗lib, ko‗pincha bitta belgiga birlashib ketadi hamda vaqt o‗tishi bilan tashqi 
ko‗rinishi o‗zgaruvchi tovarlarga iliq munosabatning o‗zgarmasligini ta‘minlaydi. 
Tovar belgisi (markasi) deganda sotuvchining mahsuloti yoki xizmatini tanib 
olishga yordam beruvchi nom, belgi, ramz yoki ularning birikmasi tushuniladi. 
Ishlab chiqaruvchi bitta kompaniyaning o‗zi bir nechta tovar belgisiga ega bo‗lishi 
mumkin. xalqaro miqyosda global, mintaqaviy va mahalliy tovar belgilarini farqlash 
mumkin. Ichki bozorda foydalaniluvchi yoki maqsadli tashqi bozor uchun maxsus 
ishlab chiqilgan savdo markalari mahalliy tovar markalari hisoblanadi. Mintaqaviy 
savdo markalari ma‘lum bir mintaqalarni qamrab olsa, global markalar jahon 
bozorida tovarning global imidjiga ega bo‗lish maqsadida ishlab chiqiladi. 
Savdo markasini yaratish kompaniyadan kommunikatsiya sohasida, jumladan, 
reklama siyosatida bir qator qarorlar qabul qilish talab qilinadi. Bu qarorlarsiz savdo 
markasi muvaffaqiyatga erisha olmaydi. 
Tovar siyosatining muvaffaqiyati ko‗p jihatdan mamlakatdagi tovar 
belgilarini muhofaza qilish qonunlariga bog‗liq bo‗ladi. Xalqaro intellektual 


103 
qaroqchilikdan murakkab asbob-uskunalar va qimmatbaho tovar ishlab 
chiqaruvchilargina aziyat chekadi deyish noto‗g‗ri bo‗lar edi. Bunday tovarlar bilan 
bir qatorda unchalik qimmat bo‗lmagan tovarlar ham qalbakilashtiriladi, masalan, 
Head and Scholders shampunlari. 
Tovar belgilari va ixtirolarni himoya qilish masalalarini tartibga soluvchi 
asosiy xalqaro kelishuv 1983 yilda qabull qilingan sanoat mulkini himoya qilish 
bo‗yicha Parij konvensiyasi hisoblanadi. Konvensiyaning asosiy maqsadi sanoat 
namunalari va ixtirolarni patentlash, firma, tashkilot va fuqarolarning tovar 
belgilarini boshqa mamlakatda ro‗yxatga olish uchun imtiyozli sharoitlar 
yaratishdan iborat. Parij konvensiyasi yagona xalqaro tovar belgisi yaratilishini 
ko‗zda tutmaydi. Konvensiyaning asosiy tamoyillaridan biri milliy rejim tamoyili 
hisoblanadi. 
Konvensiya ustivorligi qoidasi konvensiyaning eng muhim qoidasidir. 
Konvensiyada ustivorlik qoidasining kiritilishini quyidagicha izohlash mumkin: 
tovar belgisiga egalik huquqi yoki patentni kim birinchi bo‗lib ariza bersa o‗sha 
oladi. Ariza berishda birinchi bo‗lish ixtironing yangiligini ta‘minlab, bu patent 
berishda zarur shart hisoblanadi. Ishtirokchi davlatlardan birida tovar belgisi yoki 
ixtironi ro‗yxatga olish uchun ariza bergan shaxs boshqa mamlakatlarda ariza 
berilgandan so‗ng bir yil muddat davomida ustivorlik huquqidan foydalanadi. 
Xalqaro bozorda tovar belgilarining ro‗yxatga olinishi milliy qonunchilik va 
xalqaro kelishuvlar qoidalari asosida amalga oshiriladi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling